Meros

Meros

Ilk qadamlar

Ilk qadamlar

1969 yilda boshlagan ishlarimiz o‘nlab yillar davomida rivojlanib, kengayib bordi. Koreys tilida "Samsung" so‘zi "uchta yulduz" degan ma‘noni anglatadi va bu nom asoschi Li Byon Xulning kompaniyaga bo‘lgan munosabatini – osmondagi yulduz kabi porlashi va abadiyligini anglatadi. O‘shandan beri biz imkoniyatlarning butun koinotiga g‘arq bo‘lib kelmoqdamiz. Biz o‘z brendimiz merosini baham koʻrishdan xursandmiz – bularning barchasi qanday boshlanganligi haqida hikoya qilib beramiz. Keling, avval kompaniyamizning muhim bosqichlari va logotipimizning yillar davomida evolyutsiyasi haqida bilib oling.

Za’faron rangdagi fonda oq randa yozilgan 1969-yil yozuvi raqamma-raqam ko‘rinib turibdi. Undan keyin Samsung kompaniyasi tarixidagi har bir yilni ifodalagan mahsulotlar kulrang bilan yozilgan har bir yil ustida ko‘rsatilgan. 1969-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan har bir yil uchun mahsulot fotosuratlari ko‘rsatilganidan keyin Samsung kompaniyasining eski logotiplari birma-bir paydo bo‘ladi. Za’faron rangdagi fonda oq randa yozilgan 1969-yil yozuvi raqamma-raqam ko‘rinib turibdi. Undan keyin Samsung kompaniyasi tarixidagi har bir yilni ifodalagan mahsulotlar kulrang bilan yozilgan har bir yil ustida ko‘rsatilgan. 1969-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan har bir yil uchun mahsulot fotosuratlari ko‘rsatilganidan keyin Samsung kompaniyasining eski logotiplari birma-bir paydo bo‘ladi.

Sizga qalban yaqin bo‘lgan uyga kelish

1970-yillarda maishiy texnikani ommaviy ishlab chiqarishni boshlaganimiz sababli birinchi global e’tirofga erishdik. Biz tezda eng yaxshi oq-qora televizor ishlab chiqaruvchisi bo‘ldik va yarimo‘tkazgichlar sanoatida yetakchi bo‘lish uchun zamin yaratdik. Samsung kompaniyasining tasavvurini aks ettiruvchi Uch Yulduz 1993 yilgacha bizning avvalgi logotiplarimizda ishlatilgan.

Biz uchun kichik qadam, boshqalar uchun katta sakrash

1980-yillar elektronika sanoati va Samsung uchun dinamik davr bo‘ldi. Biz ikkita tadqiqot va rivojlantirish markazlarini tashkil qildik, ular bugungi kunda bizning global yetakchi texnologiyalarimizning asosiga aylandi. Va bu yangi imkoniyatlarning boshlanishini nishonlash uchun logotipimizni tovar identifikatoriga qo‘shilgan obraz hissi qo‘shish uchun yangiladik.

Ilg‘or texnologiyalar uchun brend uslubi

1990-yillarda biz dunyoni ko‘plab ilk ixtirolar bilan tanishtirdik: dunyodagi birinchi 64M DRAM, raqamli televideniye, MP3 telefon va boshqalar. Global mijozlarimizga mukammallik taassurotini qoldirish uchun biz butunlay yangi rebrendingdan o‘tdik. Tovar rangimiz sifatida ko‘k rangni tanlaganimizdan so‘ng biz yangi logotip – ko‘k tasvirlar fonida oq xat belgisini ishlab chiqdik.

Shunchaki o‘ziga xos

Raqamli asrga kirib doimiy innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar orqali raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettirdik. Ammo biz bundanda yuqoriroqqa intilamiz. Dunyo bo‘ylab yetakchi brend bo‘lishga sodiq qolgan holda biz fon tasvirini olib tashlab, belgini Samsung Blue imzosiga o‘zgartirib, logotipimizni soddalashtirdik.

Barchadan oldinda bo‘lish

"Biz sekinlashayotganimiz yo‘q. Biz Galaxy Z seriyasi, Buypoke maishiy texnika va turmush tarzi televizorlari kabi mahsulotlar bilan mijozlarimiz uchun
yanada yaxshi tajriba yaratish va dunyoga ko‘proq ijodkorlik bilan shug‘ullanish majburiyatini olamiz.
Biz kelajakdagi hayot uchun ko‘proq darajada shaxsiylashtirilgan va moslashtirilgan tajribalar bilan o‘z chegaralarimizni kengaytirishda davom etamiz."

50 yil va hali hanuz rivojlanishda

Mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalarimizni davom ettirar ekanmiz, biz 5G/6G, AI va Robot kabi kelajakdagi texnologiyalarga sarmoya kiritamiz va texnologik sanoatdagi yetakchiligimizni oshiramiz.
Dunyo miqyosidagi mavjudligimizga mos kelish uchun bizda harflar belgisi bizni dunyo tanigan ""obraz"" sifatida namoyish etadi. Buning uchun biz harf belgisini faqat mijozlarimiz bilan uchrashadigan asosiy joylarda ishlatishga qaror qildik.