Sizning Galaxy.
Sizning yo'lingiz.

One UI 6 da siz o'zingiz istagan g'oyalarni osonlik bilan amalga oshirishga yordam beruvchi yangi funksiyalar paydo bo'ldi. Kundalik tajribangizni o'z foydalanish odatlaringizga moslashtiring. Yanada samaraliroq bo'ling. Shaxsiy ma'lumotlaringiz esa doimo himoyalangan.

Video Galaxy Z Flip5 uchun turli tashqi ekranlarning namoyishi bilan boshlanadi. Galaxy Z Flip5 smartfoni Samsung Eco-Friends kabi turli fonlar va chexollar bilan birgalikda ko'rsatilgan. Video Galaxy o'zaro ulanish imkoniyatlarini ifodalovchi bir nechta Galaxy qurilmalarini namoyish etilishi bilan yakunlanadi. Video Galaxy Z Flip5 uchun turli tashqi ekranlarning namoyishi bilan boshlanadi. Galaxy Z Flip5 smartfoni Samsung Eco-Friends kabi turli fonlar va chexollar bilan birgalikda ko'rsatilgan. Video Galaxy o'zaro ulanish imkoniyatlarini ifodalovchi bir nechta Galaxy qurilmalarini namoyish etilishi bilan yakunlanadi.
Foydalanuvchiga moslashtirish

Sizning telefoningiz,
sizning ko'rinishingiz,
sizning uslubingiz

O'lchamlar, rang va soat joylashuvini sozlash orqali o'z uslubingizdagi qulflash ekranini yarating. Yoki Flex Window va Watch Face uchun bizning ko'plab variantlarimizni tomosha qiling va o'z uslubingizga mos grafika va funksiyalarga ega ekranni tanlang.

Galaxy z Flip5 telefoni tashqi ekranni ko'rsatish uchun yopilgan holatda, Galaxy S23 Ultra smartfonida to'rtburchak ekran ko'rsatilgan, Galaxy Watch soati esa dumaloq ekranni ko'rsatish uchun vertikal ravishda o'rnatilgan. Uchala qurilmadagi ekranlar turli xil sozlash parametrlarini ko'rsatish uchun o'zgaradi. Birinchidan, qurilmalar yashil rangdan sezilarli darajada foydalangan holda hayvonlarning rasmlarini namoyish etadi. Keyinchalik, qurilmalar ko'k va binafsha ranglardan intensiv foydalanadigan tungi fon rasmlarini namoyish etadi va Galaxy Watch uyqu mashqlari rejimiga o'rnatiladi. Keyinchalik, telefonlarda tennis va skeytbord hamda osmon ko'k ranglaridan intensiv foydalanish bilan sport mavzusidagi fon rasmlari namoyish etiladi, soat esa rangli raqamli soat formatiga o'rnatiladi. Nihoyat, telefonlar odamlarning fotosuratlarini namoyish etadi va soatlar pushti rangdan sezilarli darajada foydalanadigan klassik analog soatni namoyish etadi. Galaxy z Flip5 telefoni tashqi ekranni ko'rsatish uchun yopilgan holatda, Galaxy S23 Ultra smartfonida to'rtburchak ekran ko'rsatilgan, Galaxy Watch soati esa dumaloq ekranni ko'rsatish uchun vertikal ravishda o'rnatilgan. Uchala qurilmadagi ekranlar turli xil sozlash parametrlarini ko'rsatish uchun o'zgaradi. Birinchidan, qurilmalar yashil rangdan sezilarli darajada foydalangan holda hayvonlarning rasmlarini namoyish etadi. Keyinchalik, qurilmalar ko'k va binafsha ranglardan intensiv foydalanadigan tungi fon rasmlarini namoyish etadi va Galaxy Watch uyqu mashqlari rejimiga o'rnatiladi. Keyinchalik, telefonlarda tennis va skeytbord hamda osmon ko'k ranglaridan intensiv foydalanish bilan sport mavzusidagi fon rasmlari namoyish etiladi, soat esa rangli raqamli soat formatiga o'rnatiladi. Nihoyat, telefonlar odamlarning fotosuratlarini namoyish etadi va soatlar pushti rangdan sezilarli darajada foydalanadigan klassik analog soatni namoyish etadi.
Nightografiya

Hayratlanarli tungi tasvirga olish imkoniyati

Tungi vaqtda ham aniq foto va video tasvirlar oling. Zamonaviy tungi tasvirga olish funksiyasi sun'iy intellekt yordamidagi qayta ishlashdan foydalangan holda past yorug'likda ham yorqin ranglar va mayda tafsilotlarni ifodalash imkoniyatiga ega.

AI tahrirlash

Takomillashtirilgan sun'iy intellekt yordamida oson tahririlash

Tasvir sifatini oshirish, keraksiz obyektlarni o'chirish va fon xiralashishini tahrirlash kabi sun'iy intellekt yordamidagi tahririlash imkoniyatlaridan foydalaning.
Sun'iy intellekt yordamida tahrirlash funksiyasi siz ko'rayotgan tasvir va videoga asosan tavsiya etiladi hamda barchasi bir joyda jamlangan.

Yorqin rangli fonda kuchukcha ushlab turgan yosh bolaning tasviri hamda pastda sun'iy intellekt yordamida tahririlash parametrlari ko'rsatilgan. Portret effekti tanlangan bo'lib, bunda fon tasviri xiralashtirilib, yosh bola va kuchukcha umumiy tasvirda aniq ajralib turadi. Yorqin rangli fonda kuchukcha ushlab turgan yosh bolaning tasviri hamda pastda sun'iy intellekt yordamida tahririlash parametrlari ko'rsatilgan. Portret effekti tanlangan bo'lib, bunda fon tasviri xiralashtirilib, yosh bola va kuchukcha umumiy tasvirda aniq ajralib turadi.

*Tasvir namuna maqsadi uchun modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.

Video tahrirlash ilovasi

Yangi Samsung Studio. Ijodkorligingiz uchun yanada ko'proq imkoniyatlar

Mutlaqo yangi Samsung Studio ilovasi yordamida siz matn, stikerlar va audio kabi turli xususiyatlarga ega bir nechta videoni o'zingizga qulay joy va vaqtda ko'p oynali muhitda tahrirlashingiz mumkin. Bundan tashqari uning yordamida siz bir loyihani Galaxy Book, Galaxy smartfoni va Galaxy planshetlarida tahrirlashingiz ham mumkin.1

*Image simulated for illustrative purposes. Actual UI may be different.

Quick Share

Turli qurilmalar orasida bir zumdagi fayl almashinuvi

Quick Share bilan siz yaqin atrofingizdagi Galaxy qurilmalari va xatto boshqa ishlab chiqaruvchilar shaxsiy kompyuterlari bilan ham fayllarni almashishingiz mumkin. Shuningdek, Quick Share yordamida siz bir nechta kontaktlarga, uzoq masofada joylashganligi yoki Galaxy qurilmasidan foydalanmasligiga qaramasdan bir vaqtning o'zida fayllarni yuborishingiz mumkin.2

Planshetlar uchun yangi DeX

Maksimal ko'pvazifalilik

O'z planshetingizda DeX ni ishga tushiring hamda shaxsiy kompyuterdagi kabi bir nechta oynalar bilan ishlash imkoniyatiga oson ega bo'ling.3, 4

YU zonasi

O'z tezligingizda yuguring

O'zingizga mos yurak urish zonalarini yarating hamda yugurish vaqtida pulsingizni nazorat qilib, belgilangan faollik darajasini ushlab turing. 5

Uyqu nazorati

Hayrli kunlar hayrli tunlardan boshlanadi

Uyquga ketishdan oldin Galaxy Watch soatini taqib oling va o'z uyquingiz sifatini nazorat qiling. Uxlashingiz haqidagi ma'lumotlarni olib, uxlash borasidagi individual tavsiyalarga qo'lingizdagi soatning o'zidayoq ega bo'ling hamda smartfoningizda ularni batafsil o'rganib chiqing.6

Jonli ulashish

Aloqa, munosabatlar va ishlashingiz uchun yanada quvonchli imkoniyat

Google Meet xizmatining jonli ulashish funksiyasi yordamida siz do'stlaringiz va hamkasblaringiz bilan real vaqtda videolar tomosha qilishingiz, o'yinlar o'ynashingiz yoki eslatmalarni tahrirlashingiz mumkin.7, 8

Bolalar hisob qaydnomasi

Oila uchun Galaxy

Farzandlaringiz Samsung Galaxy imkoniyatlaridan xavfsizlikda to'liq foydalanishlari uchun bolalar hisob qaydnomasini yarating. Natijada, siz ularning smartfondagi barcha faoliyatlarini nazorat ostiga olishingiz va ularning joylashgna joyini bilib borishingiz mumkin.9

Bixby matnli qo'ng'iroqlar

Qo'ng'iroqlarga matn ko'rinishida javob bering

Qo'ngiroqqa javob bera olmaysizmi? Bixby ovozli suhbatni matn ko'rinishida ifodalaydi, siz esa qo'ng'iroqlarni qabul qilib ularga matnli xabar ko'rinishida javob berishingiz mumkin.10

Galaxy smartfonida kiruvchi qo'ng'iroq tasvirlangan. Ekranda Bixby matnli qo'ng'iroq tanlangandan so'ng \"Javob berish\" tugmasi bosiladi. Ekran Bixby matnli qo'ng'iroqlari formatidagi xabarlar ko'rinishiga o'tadi, yuqorida esa ovozli qo'ng'iroqqa o'tish imkoniyati, pastda tezkor javob variantlari ham keltiriladi. Galaxy smartfonida kiruvchi qo'ng'iroq tasvirlangan. Ekranda Bixby matnli qo'ng'iroq tanlangandan so'ng \"Javob berish\" tugmasi bosiladi. Ekran Bixby matnli qo'ng'iroqlari formatidagi xabarlar ko'rinishiga o'tadi, yuqorida esa ovozli qo'ng'iroqqa o'tish imkoniyati, pastda tezkor javob variantlari ham keltiriladi.
Avto bloklash

Sizning shaxsiy hayotingiz. Xavfsizlikda.

Nomalum manbaga ega ilovalar va USB-kabel orqali yuborilgan zararli buyruqlarni bloklang hamda shubhali faolliklarni qayta tekshiring. Avto bloklash yordamida telefoningiz yanada xavfsiz bo'ldi.

Eng a'lo, eng yangi One UI 6 ga ega bo'ling

Navbatdagi One UI yangilanishi haqidagi Samsung Members bildirishnomalariga obuna bo'ling.

 

Smartfonlar

Galaxy S24 | S24+ | S24 Ultra
 

Planshetlar

Galaxy Tab S9 | S9+ | S9 Ultra
 

Soatlar

Galaxy Watch6 | Watch6 Classic
 

Galaxy Buds

Galaxy Buds2 Pro
  • Tasvir tasviriy maqsadlar uchun modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqacha bo'lishi mumkin.
  • Mavjud funksiya va/yoki kontent qurilma modeli, mamlakar/viloyat va yetkazib beruvchiga qarab farq qilishi mumkin.
  1. Galaxy Book uchun Samsung Studio 2024 yilning birinchi yarmida taqdim etiladi. Bir loyiha faylini turli Galaxy qurilmalarida tahrirlash imkoniyati 2024 yilning birinchi yarmidan amal qiladi.
  2. One UI 2.1 va undan yangi versiya hamda Android Q OS va undan yangi versiyaga ega qurilmalar uchun mavjud. Quick Share uchun Bluetooth Low Energy hamda Wi-Fi talab etiladi. Galaxy Book, jumladan 2020 yil va undan so'ng ishlab chiqarilgan Qualcomm asosidagi shaxsiy kompyuterlar va boshqa ishlab chiqaruvchilarning Intel Bluetooth/Wi-Fi chipsetlariga ega Windows shaxsiy kompyuterlarini qo'llab-quvvatlaydi. (Operatsion tizim: Windows 10 2004 yoki undan yangi versiyalari, Bluetooth drayveri: Intel 22.50.02 yoki undan yangi versiya, Wi-Fi drayveri: Intel 22.50.07 yoki undan yangi versiya). QuickShare orqali bir vaqtning o'zida yuborish mumkin bo'lgan qurilmalar soni almashish qurilmasining Wi-Fi chipiga qarab farq qilishi mumkin. Haqiqiy tezlik qurilmaga, tarmoq holatiga va foydalanuvchi muhitiga qarab farq qilishi mumkin.iOS va Android qurilmalariga Quick Share yordamida QR kod yoki kontakrlar orqali yuborish mumkin: alohida fayllarning umumiy hajmi 3 GB dan oshmasligi kerak (kunlik fayllar jami 5 GB) va havolaning amal qilish muddati ikki kundan keyin yakunlanadi; Samsung hisob qaydnomasi va Internetga ulanish talab etiadi.
  3. Simsiz klaviatura alohida sotiladi.
  4. Galaxy Tab S8, S9, A9+ va x.k. kabi ayrim Galaxy Tab modellarida qo'llab-quvvatlanadi. DeX rejimidagi bir nechta oynalar soni cheklangan bo'lishi mumkin.
  5. Ochiq havoda yugirish rejimi tanlanganda yurak urish zonasini foydalanuvchiga moslashtirish amal qiladi. Barqaror 10 daqiqadan oshiqroq yugurishingiz talab etiladi. 6.24 yoki undan yangi versiyadagi Samsung Health ilovasi talab etiladi.
  6. Galaxy Watch4 va undan yangi modellarda qo'llab-quvvatlanadi.
    • Uyqu nazorati funksiyasi faqat umumiy salomatlik va fintes uchun mo'ljallangan.
    • Hech qanday kasallik va uyqu buzilishlarini aniqlash, diagnostika qilish va davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Tibbiy maslahat uchun shifokorga murojaat qiling.
    • 6.24 va undan yangi versiyadagi Samsung Health ilovasi talab etiladi.
    • Uyquni tartibga solish uchun kamida 7 kunlik tungi uyqu (5 ish va 2 dam olish kuni) haqidagi ma'lumot talab etiladi.
  7. Galaxy Z Fold5 uchun S Pen Fold Edition alohida sotiladi. Galaxy Z Fold uchun mo'ljallangan S Pen stilusidan foydalaning. Barcha boshqa stilus va ruchkalar ekranga zarar yetkazishi mumkin. Galaxy Z Fold5 smartfonida S Pen uchun oldindan o'rnatilgan stilus o'rni mavjud emas. S Pen stilusidan faqat asosiy ekranda foydalanish mumkin.
  8. Google Meet — bu Google LLC savdo belgisi hisoblanadi. Google Meet ilovasining amal qilishi bozorga qarab farq qilishi mumkin. Optimal internetga ulanish va Google hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazish talab etiladi.
  9. Koreya Respublikasi va AQSH da amal qiladi. Bolalar hisob qaydnomasini ota-onalarning qurilmalarida ochish mumkin.
  10. 'Bixby matnli qo'ng'iroqlari" Koreys, Ingliz (AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston), Nemis, Ispan, Fransuz, Italyan, Portugal tillarni qo'llab-quvvatlaydi.