Galaxy Watch4 44 mm
key features
-
Tana tarkibi
-
Kundalik faoliyat va fitnessni kuzatib borish
-
Silliq va Anʼanaviy
Galaxy Watch4
Sizni juda yaxshi biladigan soat
Koʻpchiligimiz oʻzimiz haqimizda koʻproq bilib olishni istaymiz, shuning uchun biz oʻzimizning eng yaxshi versiyamiz boʻla olamiz. Shu sababli salomatligingiz sari safaringizda sizga sherik boʻlishi uchun butunlay yangi Galaxy Watch4 smart-soatini ishlab chiqdik. 1
Design Your Own
FITNES
Fitnes
qoʻlingiz
yetadigan
joyda
TANA TUZILISHI
Tanangizni
shunchaki eshitmang.
Uni biling
Tana tuzilishini qulay oʻlchaydigan birinchi smart-soat yordamida fitnesda muvaffaqiyatingizni kuzatib boring. Maqsadlaringizga yetish uchun tanangizdagi yogʻ foizi, skelet mushagi, tanadagi suv va boshqalarni bilib oling. Samsung BioActive Sensor va eng tezkor chipimiz Galaxy Watch smart-soatiga eng katta innovatsiya kiritadi. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
15 soniyada ikki barmoq yordamida BIA oʻlchamini oling. Har qanday vaqtda, hamma joyda.
Yangi Samsung BioActive Sensor salomatlik maqsadlaringizni boshqarishda sizga xabar berish uchun real vaqtda tana tuzilishingizni yozib boradi.
Salomatlik maqsadlaringiz
sari muvaffaqiyatlaringizni
kuzatib boring
Vazningiz, tanangizdagi yogʻ foizi va skelet mushagi uchun rejalar oʻrnating. Muvaffaqiyatlaringizni kuzatib boring va ragʻbatingizni oshirish uchun Galaxy Watch4 soatiga eslatmalar oling. Yutuqlaringizni nishonlar bilan boyiting va mutlaqo sogʻlom badanni shakllantiring. 2, 3, 4, 5, 7, 11, 12
Qaymoqrang tasmali yashil Galaxy Watch4 tana tuzilishi maqsadlariga erishganlikni bildirish uchun “Ajoyib” degan xabarni aks ettiradi.
Vazningiz, tanangizdagi yogʻ foizi va skelet mushagi uchun rejalar oʻrnating. Muvaffaqiyatlaringizni kuzatib boring va ragʻbatingizni oshirish uchun Watch soatiga eslatmalar oling. Yutuqlaringizni nishonlar bilan boyiting va mutlaqo sogʻlom badanni shakllantiring. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 10
GURUH MASHGʻULOTI
Mashgʻulot oʻtaydigan doʻstlaringiz
doim yoningizda
Following the text message, there are two emotes; a gush of wind and a set of eyes glancing left.
See you at the finish line, David!
12:45 PM
The front of a Galaxy Watch4 with a green band is shown, and its watch face displays "3rd place" in a walking Group Challenge with friends. Around the watch are diverse people cropped in a circle. There are text bubbles on the top left and bottom right, each pointing to its speaker.
Two exclamation point emotes are used before and after the words "Look out".
Ehtiyot boʻl Isabella yetib olyapti...
12:46 TK
Galaxy Watch4 yordamida doʻstlaringiz va oilangiz bilan har bir qadamingizdan zavqlaning. Qadamlaringizni kuzatib boring va jonli xabarlar doskasi orqali doʻstlaringiz bilan qiziqarli musobaqalashing. Mashqlarni qiziqarli, ruhlantiruvchi va ijtimoiy foydali qilish uchun vazifalar xotira yorliqlari va ballar tizimi bilan keladi.
KUNDALIK FAOLIYAT VA FITNESNI KUZATISH
Mashgʻulot nomini bering.
Bu uni kuzatib bora oladi.
Soat va telefoningizda faoliyatingiz va fitnes natijalaringizni kuzatib boring. Qadamlaringizni sanang, kaloriyani tekshiring va GPS yordamida harakatingizni kuzating. Galaxy Watch4 kun tartibingizni kuzatish uchun jismoniy harakatni aniqlaydi va mashgʻulotingiz haqida yanada aniq hisobot berish uchun 90 tadan ortiq mashqni qoʻllab-quvvatlaydi. 13
YUGURISH VA VELOSIPEDDA SAYR
Yuguruvchilar va velosipedchilar uchun
kengaytirilgan axborot
Badaningiz mashgʻulot paytida qanday ishlashini oʻlchang va tin olganingizda pulsingizni tekshiring. Galaxy Watch4 soatidagi kengaytirilgan indeks va intervalli mashqlar tufayli mashgʻulotlaringizni optimallashtirishingiz va yangi maqsadlar sari chiniqishingiz mumkin. 5
Intervalli mashq Yugurish va velosipedda sayr qilishga oid intervalli mashqlar uchun davomiylik, masofa va raqamlar toʻplamini Galaxy Watch4 soatida oʻrnating. Shundan keyin baland va oʻrta jadallikdagi mashqlarda bilagingizdagi murabbiy koʻrsatmalariga amal qiling.
SALOMATLIK
Sizni kuzatib boruvchi soat
QON BOSIMI VA EKG
Siz istagan barcha maʼlumotlar
EKG va qon bosimini real vaqtda oʻlchovchi Samsung BioActive Sensor sensorini kutib oling. Kalibrlashdan keyin sensorlar qon bosimingizni tezkorlik bilan tekshirib beradi. Siz, shuningdek, EKG orqali noodatiy yurak urishi va ritmini tekshirishingiz va osonroq ulashilishi uchun maʼlumotni telefoningizga yuborishingiz mumkin. 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23
PPG Sensor sifatida maʼlum Optik yurak urishi sensori yordamida Qon bosimini oʻlchang.
EKG Elektr yurak sensori yordamida EKG oʻlchaydi.
KENGAYTIRILGAN UYQU
Galaxy soatida eng toʻliq uyqu tahlili
A silver Galaxy Watch4 device is shown with a silver band tied round and its watch face displaying the sleep tracking feature.
Uyquni kuzatib boruvchi dam olayotgan vaqtingizda uyqu bosqichlaringizni aniqlaydi va toʻliq tahlil qiladi. Yaxshilangan oʻlchash variantlari qondagi kislorod darajasi va xurrak otish odatingizni (sizga aytmay turib) tekshirishga imkon beradi. Shuningdek, yaxshiroq uyqu sifati va davomiyligi boʻyicha Milliy uyqu fondidan kengaytirilgan maʼlumotlar oling. 5, 24, 26, 27, 28, 29
UYQUNI TARBIYALASH
Sogʻlom uyqu yoʻlida sizning murabbiyingiz
Uyquni tarbiyalash funksiyasi bilan sogʻlom uxlash odatlarini qanday shakllantirishni bilib oling. Uyqu rejimlaringizni kuzatish va uyquga oid soʻrovnomalarni oʻtkazish orqali, biz yaratgan dastur uyqungiz turini bildiradigan 1 tadan 8 tagacha boʻlgan jonzotlar misolida uyqu timsollarini tayinlaydi. Shundan keyin u foydali uyqu maslahatlari, maqsadlar va nazorat roʻyxatlarini oʻz ichiga olgan 4-5 haftalik murabbiylik dasturini taqdim etadi. 5, 24, 30, 31, 32
Uyqungiz turiga
mos uyqu
timsolini
toping
DIZAYN
Dizayn oʻz holatiga qaytadi
Two Galaxy Watch4 devices are shown, a pink gold color on the left and a silver color on the lower right. Each has a watch face that is showing different colored designs to tell time.
DIZAYN
Silliq, Qulay, Anʼanaviy
Galaxy Watch4 silliq Zirhli alyumin metall hoshiyasi bilan oddiy dizayni bilan farq qiladi. U mashgʻulotlaringiz va kundalik vazifalaringizga yuqori sifatli tashqi koʻrinish va funksionallikni taklif qiladi.
Oʻz tasmangizning uslubiga mos kelishi uchun Gibrid charm tasmasi va sport tasmasi kabi tasmalardan birini tanlang. Yuqori sifatli materiallar, qulay taqish va terlashga chidamli sirtlar bilan bilagingizga gʻamxoʻrlik qiling. 33, 34, 35
Galaxy Watch Design Studio
Time to find your personal style.
SOAT YUZI
Yangi kun.
Yangi soat yuzi
A Galaxy Watch4 device and its various watch face styles can be seen.
Didingiz, ob-havo yoki biror hodisaga mos kelishi uchun turli fonlar, shriftlar va ranglar bilan analog yoki raqamli soat yuzlarini tanlashingiz mumkin. Uslubingizni ifodalash uchun AR Emojilari bilan belgili soat yuzlarini qoʻshing, animatsion tasvirlar nima bilan mashgʻulligingiz, masalan, yugurish yoki musiqa tinglashni koʻrsatadi.
YANGI OPERATSION TIZIM
Bu haqiqiy jamoa
oʻyinchisi
The sideways view of a green Galaxy Watch4 device is displayed, and various app icons can be seen.
Samsung, Galaxy Watch4 soatining Wear operatsion tizimiga ega birinchi smart soat bilagingizda sevimli ilovalaringizdan bemalol foydalanishingizga imkon beradi. Salomatlik va fitnes ilovalarining yirik kutubxonasida oqimli musiqa ilovalaridan tortib har qanday ilovalardan keng doiradagi tanlovga ega boʻlasiz. 36, 37
Hayot Galaxy
bilan ochiladi
Hozirda biz yaxshiroq kelajakni yaratyabmiz
Global maqsadlarni qo'llab -quvvatlash osonlashdi.
Galaxy Watch uchun Samsung Global Goals ilovasida dunyoni bilagingizdan
yaxshiroq qilish uchun harakatga qo'shiling.
- Ranglar, oʻlchamlar, modellar va tasmalar mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
* Interfeys oʻzgartirilishi mumkin.
* Mavjud funksiyalar va ilovalar mintaqa, ulangan qurilma, OT yoki aloqa operatoriga qarab farq qilishi mumkin.
* Bu sahifadagi barcha rasmlar tasvirlash maqsadlari uchun mo‘ljallangan.
- Agar sizda implantatsiya qilingan yurak stimulyatori yoki boshqa implantatsiya qilingan tibbiy qurilma boʻlsa, tana tuzilishingizni OʻLCHAMANG.
- Homilador boʻlsangiz, tana tuzilishingizni OʻLCHAMANG.
- Agar siz 20 yoshdan kichik boʻlsangiz, oʻlchov natijalari aniq boʻlmasligi mumkin.
- Umumiy sogʻlomlashtirish va fitnes uchun moʻljallangan. Biror tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxis qoʻyish yoki davolashda foydalanishga moʻljallanmagan. Oʻlchovlar faqat shaxsiy maʼlumot olish uchun moʻljallangan. Maslahat olish uchun shifokor bilan maslahatlashing.
- BIA mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Barcha funksiyalar va interfeys oʻzgarishi mumkin.
- Android 6.0 yoki yangiroq, 1,5 GB RAM xotira yoki yuqori qurilmalarda ishlaydi
- Qurilmani faqatgina Google Mobile Services (GMS) mavjud boʻlgan smartfonga ulagach faollashtirish mumkin. Smartfoningizda Goodle Mobile Services(GMS) mavjudligini aniqlash uchun qurilma ishlab chiqaruvchisiga murojaat qiling.
- Mos qurilmalar va mavjud funksiyalar mintaqa, operator va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
- Faqat Galaxy Watch4 turkumida mavjud va mos mobil qurilma bilan juftlanishi kerak.
- Mos smartfonlar va mavjud funksiyalar mamlakat va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin.
- Galaxy Watch4 qurilmasining suvga chidamlilik darajasi ISO 22810:2010 standartiga boʻyicha 50 metrdir. Bu dayving yoki yuqori bosimli suv mashgʻulotlari uchun mos emas. Agar qurilma yoki qoʻllaringiz nam boʻlsa, foydalanishdan oldin yaxshilab quritish kerak.
- Velosipedda sayr uchun moʻljallangan soat va smartfonning oʻzaro harakati funksiyasidan Samsung Health 6.21 yoki uning yangiroq talqini oʻrnatilgan Galaxy Watch4 soatlarida foydalanish mumkin.
- Android 6.0 yoki yangiroq talqindagi kamida 1,5 GB RAM xotiraga qurilmalarda ishlaydi.
- Tasvir modellashtirilgan. Foydalanuvchi tajribasi/interfeysi o‘zgarishi mumkin
- EKG va BP funksiyasi faqat 22 yoshdan foydalanishi mumkin. To'g'ri qon bosimi ko'rsatkichlari uchun qon bosimi monitori va qo'l manjeti tomonidan har 4 haftada kalibrlash talab qilinadi. Android 7.0 yoki undan yuqori versiyada ishlaydigan Galaxy smartfoni kerak.
- Foydalanuvchilar dam olish vaqtida qon bosimini an'anaviy manjet bilan o'lchagandek o'lchashlari va ishlayotgan, chekish yoki spirtli ichimliklarni iste'mol qilganda o'lchashdan bosh tortishlari kerak.
- Funksiya va ilovaning mavjudligi mintaqa, ulangan qurilma, SW versiyasi va operatorga qarab farq qilishi mumkin.
- O‘lchangan qon bosimi tarixini ulangan smartfondagi Samsung Health Monitor ilovasida ko‘rib chiqish mumkin.
- Samsung Health Monitor ilovasidan foydalanish uchun Galaxy Watch va Samsung Galaxy smartfoni talab qilinadi. Tibbiy qurilma sifatida ruxsat olish/roʻyxatdan oʻtish boʻyicha mamlakat cheklovlari tufayli Samsung Health Monitor ilovasi faqat xizmat mavjud mamlakatlarda sotib olingan soatlar va smartfonlarda ishlaydi.
- Qo'llab-quvvatlanadigan soatlar: Galaxy Watch4 Classic, Galaxy Watch3, Galaxy Watch Active2 va keyinroq chiqarilgan Galaxy Watch va Active modellari (Galaxy Fitdan tashqari)
- Qo'llab-quvvatlanadigan smartfonlar: Android N OS yoki undan yuqori versiyasiga ega Samsung Galaxy smartfoni
- Samsung Health Monitor qon bosimi ilovasi 39 mamlakatda (Avstriya, Ozarbayjon, Belgiya, Braziliya, Bolgariya, Chili, Xorvatiya, Kipr, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Gruziya, Germaniya, Gretsiya, Gonkong, Vengriya, Islandiya) mavjud. , Indoneziya, Irlandiya, Italiya, Koreya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va BAA, 2021-yil 11-avgust holatiga ko‘ra).
- Qon bosimi ilovasi roʻyxatdan oʻtish/tasdiqlash talab qilinadigan va olinadigan mamlakatlarda “tibbiy qurilma” hisoblanadi. Qon bosimi ilovasining mavjudligi mamlakatga qarab farq qilishi mumkinligini unutmang. Iltimos, “Ishlatishdan oldin ehtiyot choralari” va “Qanday foydalanish” 1~4-bosqichlarni o‘qib chiqqandan so‘ng foydalaning.
- Qon bosimi ilovasi gipertoniya yoki boshqa yurak kasalliklari yoki 22 yoshdan kichik foydalanuvchilar bilan bog'liq diagnostika maqsadlari uchun mo'ljallanmagan. Foydalanuvchilar malakali sog'liqni saqlash mutaxassisi bilan maslahatlashmasdan, qurilma chiqishi asosida talqin qilmasliklari yoki klinik choralar ko'rmasliklari kerak. Qon bosimi ilovasi diagnostika yoki davolashning an'anaviy usullarini almashtirish uchun mo'ljallanmagan.
- Mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
- Qon kislorodi faqat fitnes va sog'lomlashtirish maqsadlari uchun mo'ljallangan va har qanday tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. O'lchovlar faqat sizning shaxsiy ma'lumotingiz uchun. Iltimos, maslahat uchun malakali tibbiy mutaxassis bilan maslahatlashing.
- Uyqu boshqaruvi funksiyasidan foydalanish uchun Galaxy Watch4 smartfon bilan juftlanishi kerak.
- Xurrak otishni aniqlash va yozib olishda yaxshiroq natija olish uchun smartfoningizni boshingizga yaqinroq barqaror joyga smartfonning pastki qismi boshingizga qaratgan holatda qoʻying.
- Xurrak otishni aniqlash uchun standart parametr oʻchiq. Foydalanuvchilar istalgan vaqtda Samsung Health ilovasining 6.18 yoki undan yuqori versiyasi yordamida smartfonlarida bu parametrni faollashtirishi mumkin.
- Milliy uyqu fondining kengaytirilgan maʼlumotlari faqat Galaxy Watch4 soati bilan juftlangan smartfonda mavjud.
- Faqat Galaxy Watch4 turkumida mavjud boʻlib, oxirgi dastur yangilanishini talab qiladi
- 6.21 yoki yangiroq talqindagi Samsung Health ilovasini talab qiladi.
- Android 8.0 yoki yangiroq operatsion tizim oʻrnatilgan Samsung Galaxy telefonini talab qiladi.
- Optimal oʻlchash tiniqligi uchun Galaxy Watch4 bilagingizga mahkam taqilgan boʻlishi kerak. Oʻlchashlarni amalga oshirmayotganingizda teringiz nafas olishi uchun tasmani biroz boʻshatishingiz mumkin. Umuman olganda soatingiz tasmasi juda tarang yoki juda boʻsh taqilgan boʻlmasligi kerak: bilagingizga qulay taqilganiga ishonch hosil qiling.
- Agar teringizda qizarish, qichishish yoki boshqa shilinishlarni sezsangiz Galaxy Watch4 soatini yeching va foydalanishni davom ettirish masalasida shifokor bilan maslahatlashing. Bunday reaksiya allergiyalar sababli, uzoq muddat taqib yurishdan, haddan ziyod tarang taqish yoki terlash, boshqa shilinishlar kabi taqish odatlaridan kelib chiqishi mumkin.
- Galaxy Watch4 va uning tasmalarini mayin va quruq sochiqda artish orqali toza holatda saqlang.
- Mavjud ilovalar mamlakat yoki mintaqaga koʻra farq qilishi mumkin.
- Samsung tomonigan ishlab chiqilgan Wear OS eng oxirgi Android versiyalari mavjud telefonlarda ishlaydi (Go edition va Google Play Store mavjud boʻlmagan telefonlardan tashqari). Mavjud funksiyalar platformalar va mamlakatlar orasida farq qilishi va shu bilan birga muvofiqlik oʻzgarishi mumkin.
Texnik xususiyatlari
-
NFC Ha
-
Bluetooth versiyasi Bluetooth v5.0
-
Oʻlchami (asosiy displey) 1.4" (34.6mm)
-
Protsessor 1.18GHz
-
ROM hajmi (GB) 16
-
Sensorlar Akselerometr, Barometr, Girosensor, Geomagnit Sensori, Yorug'lik sensori, Optik yurak urish tezligi sensori, Elektr yurak sensori, Bioelektrik impedans tahlili sensori
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (OS 5.0)
- Versiya 1.0
- 4.68 MB
- 03.12.2024
QOZOQ -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (OS 5.0)
- Versiya 1.0
- 5.08 MB
- 03.12.2024
Rus -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (OS 5.0)
- Versiya 1.0
- 4.85 MB
- 03.12.2024
MO'G'ULISTON -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (OS 5.0)
- Versiya 1.0
- 4.26 MB
- 03.12.2024
INGLIZ
Ko'p so'raladigan savollar
- Samsung Galaxy qurilmangiz quvvatlanmasa nima qilish kerak
- Agar Bluetooth garniturasi Samsung Galaxy ga ulana olmasa nima qilish kerak
- Agar Galaxy Watch Samsung smartfoniga ulanmasa nima qilish kerak
- Agar Galaxy Buds + quloqchinlari Samsung Galaxy smartfoniga ulanmasa nima qilish kerak
- Samsung Galaxy Buds + zaryadlanmayapti
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang