Oʻyin oʻynash uchun
eng yaxshi televizor

Oʻyinlar har qachongidan ham
jonliroq. Televizorlar borasidagi
tanlovingiz oʻyin oʻynash jarayonida
qanday qilib yanada yaxshiroq
taassurotlar bilan taʼminlay
olishini bilish uchun davomini oʻqing.

Oʻyin oʻynash uchun yangi televizor xarid qilishga tayyor boʻlganingizda mana bu jihatlar hisobga olinishi kerak:

Oʻyin tez orada boshlanadi - to'g'ri tanlov qilish uchun vaqtingiz bor!

Qulay ulanish

Xbox One, PS4 va Nintendo Switch kabi oʻyin konsollarida oʻynaganingizda eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan eng birinchi narsa – bu oʻyin muhitini sozlash qanchalik qulayligidir. Televizoringiz ulanishi bilan oʻyin konsolini avtomatik ravishda taniy olsa, qanchalar ajoyib boʻlardi? Bundan ham yaxshirogʻi shuki, televizor qaysi turdagi oʻyin konsoli ulanganini koʻrsatadi va har safar yoqilganda aynan oʻsha portga oʻtadi. Avtomatik aniqlash funksiyasidan, albatta, foydalaning.

Игровой телевизор с поддержкой функции автоопределения типа игровой консоли, подключенной через HDMI кабель, распознает ее уже в момент включения консоли. Игровой телевизор с поддержкой функции автоопределения типа игровой консоли, подключенной через HDMI кабель, распознает ее уже в момент включения консоли.

Optimallashtirilgan tasvir va ovoz

Qorongʻida berkinib olgan dushmanlarni koʻrish hech qachon oson boʻlmagan. Biroq dinamik qora ekvalayzer kabi texnologiya bilan bu muammo emas. Dinamik qora ekvalayzer oʻyindagi qorongʻi sahnalarni tahlil qilish va ulardagi obyektlarni aniqlash orqali ishlaydi. Soʻng u qorongʻilik darajalarini optimallashtirib, avvallari yaxshi koʻra olmagan narsalaringizni koʻrishga yordam beradi. Bundan tashqari, narsalarni yanada haqiqiyroq qilib koʻrsatuvchi HDR texnologiyasi va optimallashtirilgan ovoz sozlamalari ham zaruriydir. Siz oʻynash uchun tanlagan har qanday turdagi oʻyinga moslashadigan qilib optimallashtirilgan ovoz sharofati bilan barcha oʻyinlaringizdan toʻliq zavq olishingiz kafolatlanadi.

Qisqa tasvir kechikishi

Kiprik qoqmang! Sport, ekshn yoki FPS (birinchi shaxs sifatidagi mergan) oʻyinlarini oʻynayotganingizda bir soniya kechikish kim gʻolib yoki magʻlub boʻlishini belgilab beradi. Oʻyin uchun TV reaksiya vaqti bunchalik muhimligi va tasvir kechikishi qisqa boʻlgan televizorga ega boʻlish shart ekanining sababi shunda. Tezlikni oʻlchayotganda, tasvir kechikishi – pult tugmasini bosganingizdan keyin oʻyin reaksiya bildirganini koʻrguningizga qadar oʻtgan vaqt – ms (millisoniya)da oʻlchanadi. Tasvir kechikishi qanchalik qisqa boʻlsa, reaksiya bildirish darajasi shunchalik yuqori boʻladi. Shunday ekan, tasvir kechikishining qisqaligini taʼminlagan holda ekranga tasvirlarni uzilishlarsiz (FreeSynch) silliq uzatish xususiyatiga ega televizor, shubhasiz, yaxshiroq tanlovdir.

Одна и та же игровая сцена с разным значением входного лага. Игровая сцена справа отличается быстрой реакцией экрана по сравнению со сценой слева с высоким входным лагом. Одна и та же игровая сцена с разным значением входного лага. Игровая сцена справа отличается быстрой реакцией экрана по сравнению со сценой слева с высоким входным лагом.

Oʻyin rejimi

Oʻyinchilarga oʻyinni vaqt yoʻqotmasdan boshlashga yordam berish uchun Gaming TV qurilmalari Game Mode rejimini taklif etadi, rejim tasvir kechikishi qisqaligini taʼminlagan holda tasvir va ovoz kabi kerakli parametrlarni optimal darajaga avtomatik tarzda sozlaydi. Yodda tuting, yaxshilangan tasvir sifati tasvirning kechikish vaqtini oshirmasligi lozim, chunki haqiqiy Game Mode tasvirning kechikish vaqtiga taʼsir qilmasdan tasvir sifatini yaxshilaydi.

Изображение момента гонок на экране игрового телевизора в режиме Game Mode, благодаря чему игровая сцена отличается большей реалистичностью. Изображение момента гонок на экране игрового телевизора в режиме Game Mode, благодаря чему игровая сцена отличается большей реалистичностью.

Katta ekran

Televizor sotib olinayotganda “qancha katta boʻlsa, shuncha yaxshi” iborasi tez-tez quloqqa chalinadi – oʻyin oʻynash uchun eng yaxshi oʻlchamdagi televizorni tanlashda ham xuddi shunday. Ayniqsa, doʻstlaringiz bilan multipleyer oʻyinda poyga qilayotganingizda yoki uyingizda oilangiz bilan raqs musobaqasi uyushtirganingizda bu iboraning qanchalar haqiqat ekaniga ishonch hosil qilasiz. Kattaroq ekran har qanday oʻyinni yanada zavqli va hayajonli qiladi.

Nimani kutyapsiz?
Oʻzingiz uchun eng yaxshi Gaming TV qurilmasini tanlang.
Missiyangiz shu yerdan boshlanadi.