Smart Home

SmartThings bilan yanada ko'proq imkoniyatlar! Haqiqiy aqlli ulanishga ega bo'lish uchun televizoringizdagi SmartThings ilovasi yordamida maishiy qurilmalaringizni ulang. AI Energy Mode yordamida elektr sarfini nazorat qiling va elektr xarajatlarini Samsung televizoridan turib kuzatib boring.

Sizning uydagi eng yaxshi yordamchingiz

Devorda Samsung Smart TV televizori ulangan bo'lib, unda SmartThings asosiy ekrani namoyish etilmoqda. Ekranda televizor yorlig'i paydo bo'lmoqda. Tez orda ekranda SmartThings logotipi paydo bo'lib, undan konditsioner, shift ostidagi chiroq, mikroto'lqinli pech, robor changyutgich, havo tozalagich va stol ustidagi chiroqqa chiziqlar tarqaladi. Yuqorida SnartThings tomonidan boshqariladigan maishiy texnikaning yorliqlari paydo bo'lib, televizorning uydagi turli texnikani boshqarish imkoniyatlarini ifoda etadi. Ekranning quyi qismida SmartThings logotipini ko'rish mumkin. Uning yonida Matter logotipi ham namoyish etiladi.

SmartThings ilovasi

SmartThings1 televizor yonidagi barcha qurilmalarni aniqlash, ulash va taqdim etish imkoniyatini beradi. Aqlli uy va IoT uchun xalqaro tan olingan standart — Matter ni qo'llab-quvvatlovchi oldindan o'rnatilgan IoT xab bilan qo'shimcha adapter yoki xab dan foydalanmasdan keng ko'lamdagi ulanish imkoniyatlaridan zavq olishingiz mumkin.

"Aqlli uyni"
televizor yordamida boshqaring

Samsung Smart TV televizorining ekranida SmartThings Device sahifasi namoyish etilgan bo'lib, unda barcha ulangan maishit qurilmalarni ko'rish mumkin. Har bir qurilmada suhbat pufakchalari paydo bo'lmoqda: lampa chiroq yoqilganligi, televizor SmartThings ishga tushirilganligi, sovutgich eshigi yopilganligi, havo tozalagich esa "avtomatik" rejim haqida xabar bermoqda. Ekranning chap qismidagi yorliq o'zgarib, elektr to'ki belgisini ko'rsatmoqda. So'ngra ekranda suhbat pufakchalari paydo bo'lib, har bir maishiy qurilmaning elektr iste'moli haqidagi ma'lumotni ko'rsatmoqda. Televizor 21,0 kVt-s, konditsioner — 52,5 kVt-s, sovutgich — 47,9 kVt-s, kir yuvish mashinasi — 28,2 kVt-s, quritish mashinasi — 30,6 kVt-s, havo tozalagich — 15,6 kVt-s energiyani iste'mol qilmoqda.

3D Map View

Sizning qulayligingiz uchun yaratilgan 3D Map View funksiyasi SmartThings yordamida barcha qurilmalaringizni boshqarish va nazorat qilish imkoniyatini beradi. Siz uyingizni yuqoridan ko'ra olishingiz hamda barcha SmartThings qurilmalarini bir qarashda qamrab olishingiz mumkin.

AI Energy Mode rejimi va SmartThings
yordamida elektr energiyasini tejash

AI Energy Mode rejimi

Bugungi kunda energiya samaradorligi har doimgidan-da dolzarb.
AI Energy Mode rejimi 2 faol tarzda elektr energiyasini tejash hamda ushbu tejamkorlikni nazorat qilish imkoniyatini beradi. Tashqi yorqinlik darajasi hamda foydalanuvchi odatlari avtomatik tarzda aniqlanib va tahlil qilinib, umumiy energiya sarfini kamaytirish uchun foydalaniladi.

Dastlab AI Energy Mode rejimi Smart TV televizorida yoqilmagan. Telefon ekranida elektr energiysining iste'molini optimallashtirish bilan bog'liq sozlamalar namoyish etilmoqda. Tugmani bir marta bosish orqali AI Energy rejimi O'chirilgan holatdan Yoqilgan holatga o'tib, Smart TV faol tarzda energiya iste'molini optimallashtirayotganini ko'rsatmoqda. AI Energy Mode rejimi ishga tushirilganda elektr energiyasining iste'moli sezilarli darajada kamaymoqda, yorqinlik darajasi esa kunduzgi rejimdan kechkiga o'tmoqda. Shu vaqtning o'zida ekranda "Moslashuvchan yorqinlik" yozuvi paydo bo'lmoqda.

Qanday qilib SmartThings yordamida AI Energy Mode rejimidan foydalanish mumkin

Energiya iste'molini osonlik bilan nazorat qilish va boshqarish imkoniyatini beruvchi AI Energy Mode rejimini ishga tushiring
hamda elektr energiyasini SmartThings ilovasi yordamida tejang.

Odam qo'lida smartfon ushlab turibti va uning ekranida SmartThings asosiy ekrani namoyish etilgan. Tugmani bir marta bosish orqali u "Hayot" kategoriyasiga o'tib, u yerda uyni boshqarish borasidagi turli imkoniyatlar ko'rsatilgan. So'ngra "Energiya" bo'limi tanlangandan so'ng real vaqtdagi elektr energiya iste'moli ko'rinadi. "Energiya" bo'limi tanlanganda ekranda uydagi turli qurilmalar tomonidan iste'mol qilinayotgan elektr energiyasi hajmi namoyish etilmoqda. Bunday qurilmalardan biri – bu televizor. Shundan so'ng foydalanuvchi AI Energy Mode rejimini ishga tushirmoqda.

Smart televizorlar bilan tanishing

  • Izoh

  • Ekran o'lchami

  • Barchasidan ustun, mutlaqo yagona
  • 98/85/75/65"
  • Bizning eng ilg'or 4K tajribamiz
  • 75/65/55/50/43"
  • Ajoyib Samsung OLED tajribasidan bahramand bo'ling
  • 77/65/55"
  • Yorqin, uzoq muddatli rang
  • 98/85/75/65/55/50/43"
  • Shaxsiy san'at galereyasi
  • 75/65/55/50/43/32"
  • Portativ aqlli proyektor
  • 100~30"
  • Televizorning o'ziga xos dizayni
  • 43"
  • Maxsus uy kinoteatri
  • До 120/130"
  • Aylanadigan ekran
  • 43"

*Tasvir namuna sifatida taqdim etilgan. Tashqi ko'rinishga va tuzilishxususiyatlariga tegishli, qurilmaning xususiyatlariga ta'sir o'tkazmaydigan har qanday o'zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

1. SmartThings ilovasi: Mavjud texnologiyalar, funksiyalar va imkoniyatlar mamlakat, xizmat ko'rsatuvchi, tarmoq holati va qurilmaga qarab farq qilishi hamda oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin. Wi-Fi, Bluetooth yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulanish hamda Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi. Ulanadigan qurilmalar alohida sotib olinadi. "Sokinlik texnologiyasi" dan foydalanish uchun SmartThings Maxfiylik Siyosatiga hamda qurilmani avtomatik ro'yxatdan o'tkazishga rozilik bildirish talab etiladi. Oldindan o'rnatilgan xab funksiyasi Samsung Smart TV televizorlarida 2022 yildan boshlab mavjud, ammo ayrim xususiyatlar modelga qarab farq qilishi mumkinligi sababli, batafsil ma'lumot olish uchun sizning qurilmangiz ta'riflangan sahifaga murojaat eting.

2. AI Energy Mode rejimi: AI Energy Mode rejimi faqat 2023 yilning 32 dyuymli LS03C va yangi CU7000↑ modelli televizorlar uchun amal qiladi. Haqiqiy energiya iste'molining pasayishi modelga bog'liq va ichki sinov natijalariga asoslanadi. Faqat ayrim mintaqalarda qo'llab-quvvatlanadi. AI Energy Mode rejimidan foydalanish uchun Smart Things ilovasi talab etiladi. E'tibor qiling, AI Energy Mode rejimi Game, Intelligent, Art, Screen Mirroring, Ambient yoki Retail Mode rejimlarini qo'llab-quvvatlamaydi. Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubi-G'arbiy Osiyo uchun: tashqi yorug'lik 120 lyuksdan yuqori bo'lgan sharoitlarda Ai energiya samaradorligi funksiyasining ayrim jihatlari ishlamasligi mumkin bo'lib, bu energiya tejashning pasayishiga olib keladi. Yevropa Ittifoqi, MDH, Afrika uchun: tashqi yorug'lik 80 lyuksdan yuqori bo'lgan sharoitda AI energiya samaradorligi funksiyasining ayrim imkoniyatlari ishlamasligi mumkin bo'lib, bu energiya tejashning pasayishiga olib keladi. Energiyani tejash darajasi mintaqaga, modelga, hajmga, ko'rish sharoitlariga yoki kontent turiga qarab farq qilishi mumkin.