SolarCell pulti

SolarCell Remote pulti bilan yanada mazmunli kelajak barpo eting. Bir martalik batareykalarni unutib, ekologik toza energiyaga o'ting. Tugmani bir bosishni o'zidayoq siz sevimli kontentingizni miriqib tomosha qilishingiz hamda o'zingiz uchun yangi intellektual funksiyalarni kashf etishingiz mumkin.

Masofadan boshqarish pulti quyosh nuridan hamda xona yorug'ligidan quvvat oladi

Avvalo ekranda "Solar" so'zi paydo bo'lib, so'ngra "Solar" so'zidagi "L" harfi o'rnini masofadan boshqarish pulti egallaydi. Pult matn ichidan paydo bo'lib, ekranning o'ng tarafiga o'tib ketadi. Uning harakati bilan bir vaqtda "SolarCell Remore" matni ham kengayib boradi.

SolarCell masofadan boshqarish pulti

Ekologiya himoyasiga SolarCell Remote masofadan boshqarish pulti yordamida o'z hissangizni qo'shing. 1 Orqa panelida quyosh batareyasi bilan jihozlangan mazkur innovatsion masofadan boshqarish pulti bir martalik batareyalardan foydalanmagan holda qulay zaryadlashni ta'minlaydi.

Ilovalarga tugmani bir marta bosish orqali
ega bo'lishingiz mumkin

Yanada sodda boshqaruv

Sevimli striming xizmatlaringizga o'tish uchun maxsus tugma yordamida yoqtirgan kontentingizni yanada qulay tomosha qilishingiz mumkin.

Siz nima istayotganingizni
aytishingiz kifoya

Bir nechta ovozli yordamchilar2

Bixby yoki Amazon Alexa — SolarCell Remote masofadan boshqarish pultiga oddiy buyruq berish orqali o'zingizga eng mosini tanlang. Dasturlarni izlang, ilovalarni oching hamda ovozli yordamchilar bilan qulaylikning mutlaqo yangi darajasini his eting.

SolarCell pultini qanday qilib Samsung televizoriga ulash mumkin

  • 1. Televizorni yoqing.
  • 2. Pultni televizorga yo'naltiring.
  • 3. [Qaytish] va [Ijro etish/Pauza] tugmalarini bir vaqtda bosing va ushlab turing.
  • 4. Televizoringiz ekranida pultingiz ulanganligi to'g'risidagi xabarni ko'rganingizda tugmalarni qo'yib yuboring.

Smart televizorlar bilan tanishing

  • Izoh

  • Ekran o'lchami

  • Barchasidan ustun, mutlaqo yagona
  • 98/85/75/65"
  • Bizning eng ilg'or 4K tajribamiz
  • 75/65/55/50/43"
  • Ajoyib Samsung OLED tajribasidan bahramand bo'ling
  • 77/65/55"
  • Yorqin, uzoq muddatli rang
  • 98/85/75/65/55/50/43"
  • Shaxsiy san'at galereyasi
  • 75/65/55/50/43/32"
  • Portativ aqlli proyektor
  • 100~30"
  • Televizorning o'ziga xos dizayni
  • 43"
  • Maxsus uy kinoteatri
  • До 120/130"
  • Aylanadigan ekran
  • 43"

*Tasvir namuna sifatida taqdim etilgan. Tashqi ko'rinishga va tuzilishxususiyatlariga tegishli, qurilmaning xususiyatlariga ta'sir o'tkazmaydigan har qanday o'zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

1. SolarCell Remote masofadan boshqarish pulti: pultni quyosh energiyasidan quvvatlash uchun uning quyosh panelini yuqoriga qaratib joylashtiring. Pultni xonada yoqilgan chiroq ostida yoki quyosh nurini qabul qilishi uchun oyna oldida qoldirishingiz kerak. Agarda pultning batareyasida zaryad qolmasa, uni USB-C simi yordamida quvvatlash mumkin. Pult batareyasining quvvat hajmini televizor menyusida tekshirish mumkin (Sozlamalar > Umumiy sozlamalar > Quvvat va energiyani tejash > Pultning amaldagi quvvat hajmi). SolarCell Remote pultning dizayni va tugmalarining joylashuvi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. SolarCell Remote pultining mavjudligi televizor modeliga bog'liqligi sababli, sizning qurilmangiz ta'riflangan sahifaga murojaat eting.

2. Bir nechta ovozli yordamchilar: Samsung ovozli yordamchi xizmatlarini o'z xohishiga ko'ra istalgan vaqtda oldindan ogohlantirishsiz yoki bildirishnomasiz to'liq yoki qisman o'zgartirish, to'xtatib turish yoki to'xtatish huquqini o'zida saqlab qoladi. Tasvirlarda ko'rsatilgan kontent, televizion xizmatlar va imkoniyatlar ayrim mintaqa va ayrim hududlarda mavjud bo'lmasligi mumkin. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Bixby yordamchisi Amerika va Britaniya ingliz, fransuz, ispan, nemis, italyan, xitoy va koreys tillaridagi ovozli buyruqlarni aniqlaydi. E'tibor bering, ayrim aksent, sheva va iboralar aniqlanmasligi mumkin. Amazon, Alexa va unga tegishli barcha logotiplar Amazon.com, Inc. kompaniyasi yoki uning filiallari savdo belgisi hisoblanadi.