Telefonni ulash

Aqlli texnologiyalar yordamida o'zingizni yaqinlaringiz yonida his eting. Telefoningizni Smart TV televizoriga ulang hamda sevimli kontent tomosha qilayotgan paytingizda yaqinlaringiz bilan yangi usulda muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Unutilmas onlaringizni ulashing hamda birdamlik hissini yanada mustahkamlang.

Kattaroq, yaxshiroq
ko'rinishga ega bo'ling

Screen Mirroring funksiyasi

Screen Mirroring funksiyasiga ega ulkan ekrandan taassurotlarga boy zavq oling.1 Istalgan film yoki sevimli dasturlaringizni tomosha qilayotganingizda telefoningiz ekranini Samsung Smart TV ekraniga ko'chiring. Yaxshilab joylashib oling hamda Smart View yoki AirPlay yordamida kontentni katta ekranda zavq bilan tomosha qiling.

Video qo'ng'irog'ingizni televizorga o'tkazing

Samsung Smart TV televizori ekranida to'rtta suhbatdosh video qo'ng'iroq orqali faol suhbat qurmoqda. So'ngra e'tibor aniq ishtirokchiga qaratilmoqda. Sahna o'zgargandan so'ng aynan ushbu ishtirokchi smartfon ekranida ko'rinmoqda. Samsung Smart TV televizori ekranida to'rtta suhbatdosh video qo'ng'iroq orqali faol suhbat qurmoqda. So'ngra e'tibor aniq ishtirokchiga qaratilmoqda. Sahna o'zgargandan so'ng aynan ushbu ishtirokchi smartfon ekranida ko'rinmoqda.

Telefon ekranini televizor ekraniga ko'chiring hamda do'stlaringiz bilan video qo'ng'iroqlar uchun sevimli ilovangiz2 orqali osonlik bilan suhbatlashing. Ulanishdan so'ng sizning video qo'ng'irog'ingiz televizor ekraniga ravon o'tib, sizga suhbatdan katta ekranda zavq olish imkoniyatini beradi.

Barchasini bir ekranda
tomosha qiling

Samsung Smart TV televizorining ikkiga ajratilgan ekranida foydalanuvchi smartfonida sport musobaqalarining natijalarini ko'rib borish bilan bir qatorda futbol o'yinini tomosha qilayotganligi ko'rsatilgan. Ekranni bo'lish funksiyasi bilan u ko'pvazifalilik rejimida ishlashi mumkin hamda katta ekranda futbol tomosha qilayotgan vaqtda sport musobaqalari natijalarini kuzatib borishi mumkin. Uning smartfonidagi kontent o'zgarmoqda va u do'stlari bilan video qo'ng'iroq orqali faol tarzda suhbatlashishni boshlamoqda. Samsung Smart TV televizorining bo'lingan ekranlaridan biri telefon kontentini ko'chirmoqda va video qo'ng'iroq eni katta ekranda ko'rinadi. Samsung Smart TV televizorining ikkiga ajratilgan ekranida foydalanuvchi smartfonida sport musobaqalarining natijalarini ko'rib borish bilan bir qatorda futbol o'yinini tomosha qilayotganligi ko'rsatilgan. Ekranni bo'lish funksiyasi bilan u ko'pvazifalilik rejimida ishlashi mumkin hamda katta ekranda futbol tomosha qilayotgan vaqtda sport musobaqalari natijalarini kuzatib borishi mumkin. Uning smartfonidagi kontent o'zgarmoqda va u do'stlari bilan video qo'ng'iroq orqali faol tarzda suhbatlashishni boshlamoqda. Samsung Smart TV televizorining bo'lingan ekranlaridan biri telefon kontentini ko'chirmoqda va video qo'ng'iroq eni katta ekranda ko'rinadi.

Multi View rejimi3

Bir vaqtning o'zida ham katta ekranda, ham mobil telefoningiz ekranida tomosha qiling. Telefoningizni ulashingiz kifoya va siz sport musobaqalarining natijalari yoki o'yin jarayoni bo'lishidan qat'iy nazar multi ekranli rejimning yangi darajasiga ega bo'lasiz. Shuningdek, kontent kombinatsiyalarini qo'shish hamda sozlashda optimallashtirilgan ko'pvazifalilik imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Smart televizorlar bilan tanishing

  • Izoh

  • Ekran o'lchami

  • Barchasidan ustun, mutlaqo yagona
  • 98/85/75/65"
  • Bizning eng ilg'or 4K tajribamiz
  • 75/65/55/50/43"
  • Ajoyib Samsung OLED tajribasidan bahramand bo'ling
  • 77/65/55"
  • Yorqin, uzoq muddatli rang
  • 98/85/75/65/55/50/43"
  • Shaxsiy san'at galereyasi
  • 75/65/55/50/43/32"
  • Portativ aqlli proyektor
  • 100~30"
  • Televizorning o'ziga xos dizayni
  • 43"
  • Maxsus uy kinoteatri
  • До 120/130"
  • Aylanadigan ekran
  • 43"

*Tasvir namuna sifatida taqdim etilgan. Tashqi ko'rinishga va tuzilishxususiyatlariga tegishli, qurilmaning xususiyatlariga ta'sir o'tkazmaydigan har qanday o'zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

1. Ekranni aks etish: Ekranni aks etish funksiyasidan foydalanish uchun mobil qurilma Screen Mirroring yoki Smart View funksiyalarini qo'llab-quvvatlashi kerak. iPhone uchun AirPlay funksiyasi foydalaniladi. Samsung televizori va mobil qurilma bitta tarmoqqa ulanganligiga ishonch hosil qiling.

2. Video aloqa ilovasi: Ekran tasvirlari namuna sifatida keltirilgan. Foydalanilayotgan mobil ilovaga qarab, katta ekranda aks ettirilayotgan tasvir farq qilishi mumkin.

3. Multi View rejimi: Multi View funksiyasi Q70C↑ modelidagi televizorlarda Android OS va iOS asosidagi smartfonlar bilan birgalikda qo'llab-quvvatlanadi. Q60C, CU8500 va CU8000 televizor modellarida u faqat Android OS asosidagi smartfonlar bilan qo'llab-quvvatlanadi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. E'tibor qiling, Multi View funksiyasi faqat Android 4.2 va undan yangi versiyalarda mavjud. iOS qurilmalar uchun AirPlay funksiyasi iOS 12.3 va undan yangi versiyalarda qo'llab-quvvatlanadi.