Apple TV ilovasi va AirPlay funksiyasi

Apple TV ilovasi yoki AirPlay funksiyasini qo'llab-quvvatlovchi Apple qurilmasi bo'lishidan qat'iy nazar, ularning barchasi Samsung Smart TV bilan muammosiz ishlaydi.

Apple TV sizning Samsung Smart TV televizoringizda

Apple TV+ original serial va filmlari. 1 Sport musobaqalarining eksklyuziv to'g'ridan-to'g'ri translyatsiyalari. Sizga kerakli premium kanallar. Xarid qilish yoki ijaraga olish uchun minglab filmlar. Bularning barchasi sizning Samsung Smart TV televizoringizdagi Apple TV ilovasida.

AirPlay sizning Samsung Smart TV televizoringizda

Videoni katta ekranda tomosha qiling

Oldindan o'rnatilgan AirPlay funksiyasi2 bilan siz osonlik bilan iPhone, iPad va Mac qurilmalaringizdan Samsung Smart TV televizoringizga film va dasturlarni namoyish etishingiz mumkin.

iPhone ekranida "Samsung TV" yozuvining yonida tasdiq belgisi paydo bo'lib, bu AirPlay yordamida qurilmaning muvaffaqiyatli ulanganini bildiradi. Aloqa o'rnatilgandan so'ng Samsung televizorining ekranidagi kontent o'zgaradi va unda skeytbordda turli amallarni bajarayotgan odam namoyish etiladi.

Sevimli foto va video suratlaringizni namoyish eting

Sevimli foto va video suratlaringizni (albomlar, slaydlar va esdaliklar bilan birgalikda) Samsung Smart TV televizoringizga ulashing. Yoki do'stlaringiz va oila a'zolaringizga o'z taassurotlarini televizoringizda ulashishiga yordam bering.

iPhone ekranida ko'rsatilayotgan tasvir shu vaqtning o'zidayoq Samsung televizori ekranida namoyish etilmoqda. Ko'zini yopayotgan ayol tasviri paydo bo'lmoqda, so'ngra bloklar bilan o'ynayotgan odam tasvriri hamda undan keyin och sariq rangdagi stul tasviri namoyish etilgan.

Barcha atrofdagilar bilan kontent ulashing

Apple qurilmangizda bajarayotgan vazifangizni atrofdagi barcha bilan ulashishni istaysizmi? Buning uchun uni Samsung Smart TV televizoringizda aks ettirishingiz kifoya. Bu juda qulay!

Apple qurilmasidagi grafik va tahliliy materiallar Samsung Smart TV televizorida aks ettirilmoqda.

Musiqani butun xonadoningiz bo'yalb ijro eting

Sizga Samsung Smart TV televizorida musiqani qanchalik oson yoqish mumkinligi albatta yoqadi. AirPlay yordamida musiqani xonadoningizdagi har bir Samsung Smart TV televizorida bir vaqtning o'zida ijro etishingiz hamda har bir xonada tovushni sozlashingiz mumkin.

Iphone da musiqa ijro etilmoqda. Xuddi shu musiqa Samsung Smart TV televizorida AirPlay orqali ijro etilmoqda.

Smart televizorlar bilan tanishing

  • Izoh

  • Ekran o'lchami

  • Barchasidan ustun, mutlaqo yagona
  • 98/85/75/65"
  • Bizning eng ilg'or 4K tajribamiz
  • 75/65/55/50/43"
  • Ajoyib Samsung OLED tajribasidan bahramand bo'ling
  • 77/65/55"
  • Yorqin, uzoq muddatli rang
  • 98/85/75/65/55/50/43"
  • Shaxsiy san'at galereyasi
  • 75/65/55/50/43/32"
  • Portativ aqlli proyektor
  • 100~30"
  • Televizorning o'ziga xos dizayni
  • 43"
  • Maxsus uy kinoteatri
  • До 120/130"
  • Aylanadigan ekran
  • 43"

*Tasvir namuna sifatida taqdim etilgan. Tashqi ko'rinishga va tuzilishxususiyatlariga tegishli, qurilmaning xususiyatlariga ta'sir o'tkazmaydigan har qanday o'zgarishlar oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

* Apple va AirPlay — bu AQSH va boshqa mamlakat va mintaqalarda ro'yxatdan o'tkazilgan Apple Inc. savdo belgisi hisoblanadi.

* Ekrandagi kontent tasvirlari modellashtirilgan va qat'iy tarzda namuna maqsadida keltirilgan.

* Funksiyani qo'llab-quvvatlash aniq modelning xususiyatlari va mintaqaga bog'liq.

1. Apple TV+: Apple TV+ obunasi talab etiladi. Apple TV+ xizmati ayrim mintaqalarda amal qilmasligi mumkin.

2. AirPlay: AirPlay uchun iOS 12.3 va undan yangi versiya yoki macOS 10.14.5 va undan yangi versiya talab etiladi. Apple AirPlay funksiyasidan foydalanish uchun uni Menyu > Sozlamalar > Barcha sozlamalar > Ulanish > AirPlay sozlamalari yoqilganligiga ishonch hosil qiling. AirPlay funksiyasidan foydalanish uchun televizor va Apple qurilmasi bir xil Wi-Fi tarmog'iga ulangan bo'lishi kerak. Faqat mos qurilmalar uchun. AirPlay funksiyasi 2018 yilgi Smart TV modellaridan boshlab amal qiladi.