Galaxy Tab A7 Lite LTE

SM-T225NZSASKZ

Rang tanlang

Rang :

Xotira tanlang

  • A person wearing a backpack and holding a pile of papers and textbooks. At the front of the pile is Galaxy Tab A7 Lite.
    To‘liq sho‘ng‘ish ta’sir kuchiga ega displey
  • A person wearing a backpack and holding a pile of papers and textbooks. At the front of the pile is Galaxy Tab A7 Lite.
    Ixcham dizayn
  • Battery cut-outs within the 5,100mAh typography are filled with green to show how much power you get.
    15 Vt tezkor quvvatlantirish

Galaxy Tab A7 Lite

* Sotuvdagi mahsulotlar tasvirdagidan farq qilishi mumkin.

Xohlagan joyingizda o‘ynang

Displey 8,7 duym │ Og‘irligi 371 g │ Metall korpus

O‘yin va filmlardan olinadigan yorqin taassurotlar uchun keng 8,7 dyuymli ekran. Ingichka rom planshet o‘lchamini o‘zgartirmagan holda ekranni kattalashtirishga imkon berdi. Planshetning ixcham va qulay korpusi tufayli hatto soatlab ishlasangiz yoki o‘ynasangiz ham qo‘lda ushlash juda qulay.

* Tasvirlar faqat namoyish qilish uchun mo‘ljallangan va modellashtirilgan.* ** Aylana burchaklarni hisobga olmagan holda diagonal bo‘yicha to‘rtburchak sifatida o‘lchanadi. Aylana burchaklar sababli mavjud ko‘rish maydoni kichikroq.

Siz uchun yaratilgan

Yuqori texnik xususiyatarga ega aktual qulay dizayn. 8 mm qalinlikdagi ixcham planshet atigi 371 g vaznga ega bo‘lib, har qanday sumkaga osongina sig‘adi. Kulrang yoki kumushrang planshetni tanlang.

* Mavjud ranglar mamlakat va yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi mumkin. ** Qalinligi va og‘irligi qurilma konfiguratsiyasi va ishlab chiqarish jarayoniga qarab farq qilishi mumkin.

Qo‘l ishoralari orqali oson boshqaruv

Planshetni bir qo‘lda boshqarish oson. Ishoralar asosidagi menyu bosh barmoqning birgina harakati bilan yaqinda ochilgan ilovalarni ko‘rishga, orqaga qaytishga yoki asosiy menyuga o‘tishga imkon beradi. Galaxy Tab A7 Lite ning ko‘pgina qulay funksiyalari sizning ixtiyoringizda.

* Funksiyani Galaxy Store orqali yuklab olishingiz mumkin. ** Barcha keltirilgan funksiyalar, imkoniyatlar, kontent turlari, foydalanuvchi interfeyslari va afzalliklar oldindan ogohlantirishsiz o‘zgarishi mumkin, ulardan foydalanish imkoniyati mamlakat/mintaqa, qurilma modeli va operatsion tizim versiyasiga qarab farqlanishi mumkin.

Taassurotlarni tasvirga olish uchun mo‘ljallangan kamera

Galaxy Tab A7 Lite kamerasi yordamida eng yaxshi lahzalarni saqlang. Ajoyib manzara yoki portretlarni tasvirga olishni istaysizmi? Unda ushbu planshet siz uchun. 8 MP asosiy kamera tufayli sizning xotiralaringiz yorqin, jonli va tiniqligicha qoladi.

* Tasvirlar faqat namoyish qilish uchun mo’ljallangan va modellashtirilgan.

Kinoga biletning hojati yo‘q

Ushbu ixcham planshet o‘z o‘lchamiga nisbatan aql bovar qilmas 8,7 duymli ekran bilan jihozlangan. Albomli ko‘rinish va to‘yingan stereo tovushni ta’minlovchi qo‘sh dinamiklar har qanday joyda va vaqtda film va seriallardan bahramand bo‘lishga imkon beradi.

* Tasvirlar faqat namoyish qilish uchun mo‘ljallangan va modellashtirilgan.* ** Aylana burchaklarni hisobga olmagan holda diagonal bo‘yicha to‘rtburchak sifatida o‘lchanadi. Aylana burchaklar sababli mavjud ko‘rish maydoni kichikroq.

Yoqtirganlaringizni saqlab oling

3 + 32 Gb / 4 + 64 Gb o’rnatiladigan xotira │ 1 Tb MicroSD xotira kartasi

Galaxy Tab A7 hujjat, surat va videolarni yuqori tiniqlikda saqlashga yetadigan 32 yoki 64 Gb o‘rnatilgan xotira bilan ta’minlangan. MicroSD kartasi yordamida esa xotira hajmini 1 Tb gacha oshirishingiz mumkin. Qimmatli onlardan ayrilmang.

* Xotira mavjudligi va xususiyatlari mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. ** MicroSD kartasi alohida xarid qilinadi. 1 Tb gacha. Tashqi xotiradan fotosurat, video va boshqa mediafayllarni saqlash uchun foydalanish mumkin, lekin ilovalarni saqlash uchun qo‘llanilmaydi. Mavjudligi mamlakat va ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.

Akkumulyatorning oshirilgan avtonom ish davri

Galaxy Tab A7 Lite o‘zida yuqori samaradorlik va nozik dizaynni mujassamlashtirgan. 5100 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator quvvatni qayta to‘ldirish haqida uzoq vaqt unutishingizga imkon beradi, hatto siz doim yo‘lda bo‘lsangiz yoki ko‘p film tomosha qilsangiz ham.

* Boshqa laboratoriyalarda o‘tkazilgan sinovlar asosida olingan namunali qiymat. Namunali qiymat — bu IEC 61960 standartiga muvofiq ravishda sinovdan o‘tgan tanlab olingan akkumulyatorlar sig‘imining og‘ishi hisobga olingan taxminiy qiymat. Nominal (minimal) sig‘im - 4980 mА∙soat. Akkumulyatorning avtonom ravishda aniq ishlash muddati tarmoq ulanishlari, smartfondan foydalanish xususiyati va boshqa omillarga qarab farqlanishi mumkin.

* Boshqa laboratoriyalarda o‘tkazilgan sinovlar asosida olingan namunali qiymat. Namunali qiymat — bu IEC 61960 standartiga muvofiq ravishda sinovdan o‘tgan tanlab olingan akkumulyatorlar sig‘imining og‘ishi hisobga olingan taxminiy qiymat. Nominal (minimal) sig‘im - 4980 mА∙soat. Akkumulyatorning avtonom ravishda aniq ishlash muddati tarmoq ulanishlari, smartfondan foydalanish xususiyati va boshqa omillarga qarab farqlanishi mumkin.

Galaxy qurilmalarini birlashtiring

Galaxy qurilmalarini bitta tarmoqqa ulang. Samsung hisob qaydnomasiga kirib, Galaxy Tab A7 Lite ni telefonga ulang. Shunda siz bevosita planshetdan qo‘ng‘iroqlarga javob berishingiz va xabarlar jo‘natishingiz mumkin. Agar siz Wi-Fi zonasidan tashqarida bo‘lsangiz, planshetni Galaxy smartfoningizga ulang va ma’lumotlarni qiyinchiliklarsiz qurilmalar o‘rtasida uzating.

O‘zingizning YouTube Premiumingizni kashf eting

YouTube Premium xizmati va Galaxy mobil qurilmalari sevimli kontentingizni YouTube da uzluksiz ko‘ra olishingiz uchun birlashishdi. YouTube va YouTube Music dagi sevimli podkast, video va musiqangizdan reklamasiz, fon rejimida va hatto internetga ulanmasdan ham bahra oling. Galaxy Tab A7 Lite planshetini sotib olsangiz, 2 oy xizmatlardan bepul foydalanish sovg‘asini qo‘lga kiritasiz.

* YouTube Premium ilovasining mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanuvchilar YouTube Premiumda hisob qaydnomasi yaratishlari lozim. ** Taklif faqat 05.03.2022 yilgacha faollashtirilib, 05.04.2022 gacha toʻlov amalga oshirilgan qurilmalarni qamrab oladi. *** YouTube Premium Google LLC savo belgisi hisoblanadi. **** Foydalanish haqida toʻliq maʻlumot https://www.youtube.com/premium/restrictions saytida keltirilgan.

* YouTube Premium ilovasining mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Foydalanuvchilar YouTube Premiumda hisob qaydnomasi yaratishlari lozim. ** Taklif faqat 05.03.2022 yilgacha faollashtirilib, 05.04.2022 gacha toʻlov amalga oshirilgan qurilmalarni qamrab oladi. *** YouTube Premium Google LLC savo belgisi hisoblanadi. **** Foydalanish haqida toʻliq maʻlumot https://www.youtube.com/premium/restrictions saytida keltirilgan.

Bolalar raqamli maydonchasi

Samsung Kids – bu o‘yinlar va ta’lim olish uchun xavfsiz makon. Shunchaki tezkor ulanish panelidagi Samsung Kids belgisiga bosing, nativ ilovalarni tanlang va virtual olam qahramonlari bilan tanishishni boshlang. Ota-ona nazorati funksiyasi sizga planshetdan foydalanish va o‘yin vaqtini kuzatish imkonini beradi.

Ko‘p darajali himoya tizimi

Ma’lumotlarning xavfsizligi va maxfiyligini Samsung Knox ko‘p darajali himoya tizimi ta’minlaydi. Sizning ma’lumotlaringiz zararli DT va xakerlik hujumlaridan Knox innovatsion platformasi yordamida ishonchli himoyalangan.

* Tasvirlar faqat namoyish qilish uchun mo’ljallangan va modellashtirilgan.

Texnik xususiyatlari

  • Protsessor 2.3GHz, 1.8GHz
  • Displey 8.7" (220.5mm)
  • Orqa kamera - aniqligi 8.0 MP
  • Ogʻirlik (g) 371

Qo'llab-quvvatlash

Mahsulot haqida savolingizga javob toping

Mahsulotni qo‘llab-quvvatlash Ko'proq kontent
Foydalanuvchi uchun qo'llanma va yuklab olish uchun materiallar
  • Statement of Compliance
    INGLIZ
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
    INGLIZ
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
    QOZOQ
  • Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
    MO'G'ULISTON
Ko'proq kontent

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

* Asosiy funktsiya asosiy xususiyatdan farq qilishi mumkin

* Barcha tasvirlar faqat rasmlardir, barcha aksessuarlar alohida sotiladi.

* Qurilmaning barcha xususiyatlari va texnik xususiyatlari sotuvlar boshlanganda tegishli, ammo kelajakda ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin.

* Foydalanuvchi uchun mavjud bo'lgan ichki xotira miqdori qurilmaning umumiy xotirasidan kamdir, chunki xotiraning bir qismi operatsion tizim va qurilmaning ishlashini ta'minlaydigan ilovalar tomonidan egallaydi. Fotosurat dasturini yangilaganidan so'ng ham, foydalanuvchi xotirasining haqiqiy miqdori tashuvchiga bog'liq bo'lishi mumkin.

* Batareyaning haqiqiy sig'imi (Wh) kuchlanish qiymati bo'yicha iste'mol qilinadigan mahsulot bilan aniqlanadi. Ushbu qiymat qurilmada ko'rsatilgan sig'imning qiymatidan (Wh) farq qilishi mumkin, chunki birinchisi ushbu qurilma tomonidan iste'mol qilingan haqiqiy quvvat, ulangan qurilmalarning mavjudligi va ish sharoitlariga bog'liq.

* Tarmoq: Qo'llab-quvvatlanadigan chastota diapazoni mintaqaga va tarmoq provayderiga qarab farq qilishi mumkin.