Samsung televizorida sozlamalarni qanday qayta tiklash
Oxirgi yangilanish sanasi : 30.09.2024
Sozlamalarni tiklashdan keyin televizor bilan nima bo'ladi
- Barcha Sozlamalar (tarmoq sozlamalaridan tashqari) zavod holatiga qaytariladi;
- Barcha sozlangan telekanallar o'chiriladi;
- Dasturiy ta'minot o'zgarishsiz qoladi.
Diqqat!
Televizoringiz sertifikatlanganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, zavod sozlamalarini tiklash Smart TV funksiyalarining cheklanishiga olib kelishi mumkin.
Televizoringiz seriyasini aniqlang va quyida tegishli ko'rsatmalarni oching.
Ko'rsatmalar pultidan boshqarish uchun ko'rsatilgan. Agar pult ishlamasa, televizor qutisidagi boshqaruv tugmalari yordamida sozlamalarni tiklashingiz mumkin. Jarayon bir xil bo'lib qoladi.
R, T, A, B, C seriyali (2019 va undan keyingi versiyalar) televizorni qanday tiklashni bilib olish uchun shu yerni bosing
1
Sozlamalarga kiring.
2
Umumiy va maxfiylik ni tanlang.
3
Qayta o‘rnatish ni tanlang.
4
PIN - kodni kiriting (agar kod o'zgarmagan bo'lsa, 0000 raqamini tering).
5
Tasdiqlash uchun Ha ni tanlang.
6
Sozlamalar tiklandi. Televizor o'chadi va yana yoqiladi.
E, F, H, J, K, M, N seriyali (2012-2018) televizorni qanday tiklashni bilib olish uchun shu yerni bosing
1
Televizor menyusiga o'ting: pultga qarab Menu tugmasini bosing, yoki Menyu/123 tugmasi va televizor ekranidan Menyu ni tanlang.
2
Qo'llab-quvvatlash-ni tanlang.
3
Diagnostikalash ni tanlang.
4
Qayta o‘rnatish ni tanlang.
5
PIN - kodni kiriting (agar kod o'zgarmagan bo'lsa, 0000 raqamini tering).
6
Tasdiqlash uchun Ha ni tanlang.
7
Sozlamalar tiklandi. Televizor o'chadi va yana yoqiladi.
B, C, D seriyali (2009-2011) televizorni qanday tiklashni bilish uchun shu yerni bosing
1
Barcha sozlamalarni tiklash xabari paydo bo'lguncha televizor pultidagi "EXIT" tugmasini 20-30 soniya bosib turing.
2
Qayta tiklashni tasdiqlash uchun "OK" ni tanlang.
3
Televizor o'chadi. Sozlamalar tiklandi.
2009 yildan oldin chiqarilgan televizorni qanday tiklashni bilish uchun shu yerni bosing
1
Televizor menyusiga o'ting.
2
O'rnatish ni tanlang.
3
Plug and Play ni tanlang.
4
"Plug and Playni ishga tushirish" xabari paydo bo'ladi, OK tugmasini bosing.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.