Agar Galaxy qurilmangizdagi tugmalar ishlamay qolsa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 31.10.2024

Agar siz qurilmangizda ovozni baland yoki pasaytirish uchun ovoz tugmalaridan foydalana olmasangiz yoki yon tugma orqali qurilmani o‘chira olmasangiz, avvalo bu muammo dasturiy ta'minot yoki apparat bilan bog‘liq ekanligini aniqlashingiz kerak. Tugmalar ishlamaslik muammosini bartaraf etish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Quyidagi tavsiyalarni bajarmasdan oldin, qurilmangizdagi dasturiy ta'minot va tegishli ilovalar yangilanganiga amin bo’ling. Mobil qurilmangizning dasturiy ta'minotini yangilash uchun quyidagi amallarni bajaring:

1-qadam. «Sozlamalar»ni oching > «Dasturiy ta'minotni yangilash».

2-qadam. «Yuklab olish va o‘rnatish» ni bosing.

3-qadam. Ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Samsung Members ilovasi orqali muammolarni diagnostika qilish

Avvalo, qurilmangizdagi tugmalar ishlamay qolishiga nima sabab bo‘lganini aniqlashingiz kerak. G‘ilof yoki to'plangan axloqsizlik tugmalarni bosishga to'sqinlik qilyaptimi yoki yo'qligini tekshiring.

Muammo qurilmangizning uskunasiga bog'liq bo'lsa, qo'llab-quvvatlash markazimizga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Ammo ta’mirlash xizmatiga murojaat qilishdan oldin tugmalar ishlamasligining sabablarini diagnostika qilib oling. Muammolar sababini aniqlash uchun quyidagi amallarni bajaring.

Samsung Members ilovasini oching Samsung Members ilovasini oching

1-qadam. «Sozlamalar»ni oching > «Dasturiy ta'minotni yangilash».

Samsung Members ilovasida yordam oling Samsung Members ilovasida yordam oling

2-qadam. «Yuklab olish va o‘rnatish» ni bosing.

Samsung Members - «Diagnostika» bo‘limida sinovlarni ko‘rish Samsung Members - «Diagnostika» bo‘limida sinovlarni ko‘rish

3-qadam. «Sinovlarni ko‘rish» ni bosing.

«Diagnostika» bo‘limida «Tugmalar» ni bosing «Diagnostika» bo‘limida «Tugmalar» ni bosing

4-qadam. «Tugmalar» ni tanlang va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Agar harakat talab qilinishi kerak bo‘lsa, servis markaziga murojaat qiling Agar harakat talab qilinishi kerak bo‘lsa, servis markaziga murojaat qiling

5-qadam. Agar ekranda «Harakat talab qilinadi» degan xabar chiqsa, servis markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.

Agar Samsung Members ilovasi apparat bilan bog‘liq muammo aniqlamagan bo‘lsa, barcha sozlamalarni tiklashni sinab ko‘ring.

«Sozlamalar»da «Umumiy sozlamalar» «Sozlamalar»da «Umumiy sozlamalar»

1-qadam. «Sozlamalar»ga o‘ting, so‘ngra «Umumiy sozlamalar»ni tanlang.

«Tiklash» ni tanlang «Tiklash» ni tanlang

2-qadam. «Tiklash» ni tanlang.

«Barcha sozlamalarni tiklash» ni tanlang «Barcha sozlamalarni tiklash» ni tanlang

3-qadam. «Barcha sozlamalarni tiklash» ni tanlang.

«Sozlamalarni tiklash» ni bosing «Sozlamalarni tiklash» ni bosing

4-qadam. «Sozlamalarni tiklash» ni bosing.

Ma'lumotlarni tekshiring va «Tiklash» tugmasini bosing. Ma'lumotlarni tekshiring va «Tiklash» tugmasini bosing.

5-qadam. Ekrandagi ma’lumotlarni o‘qib chiqing va «Tiklash» ni bosing.

Eslatma:
Agar «Barcha sozlamalarni tiklash» ni bajarsangiz, ma’lumotlaringiz o‘chirib yuborilmaydi.

Eslatma:
Qurilmaning skrinshotlari va menyusi qurilma modeliga va dasturiy ta'minot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!