Qo'ng'iroqlar uzilib qolsa yoki Galaxy qurilmangizda tarmoq signali bo'lmasa nima qilish kerak
Agar qo‘ng‘iroqlar to‘satdan uzilib qolsa yoki Galaxy qurilmangizda tarmoq signali bo‘lmasa, bu qurilma sozlamalari yoki aloqa operatori bilan bog‘liq muammolar sababli yuzaga kelishi mumkin. Qurilmangiz holatini tekshirish uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Quyidagi tavsiyalarga amal qilishdan oldin, qurilmangizdagi dasturiy ta'minot va tegishli ilovalar yangilanganligiga amin bo’ling. Mobil qurilmangiz dasturiy ta'minotini yangilash uchun quyidagi amallarni bajaring:
1-qadam. «Parametrlar» > «Dastur yangilanishi»ni oching.
2-qadam. «Yuklab olish va o‘rnatish» tugmasini bosing.
3-qadam. Ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Qurilma sozlamalarini tekshiring
Qurilma sozlamalari qo‘ng‘iroq qilish yoki qo‘ng‘iroqlarni qabul qilishga xalaqit berishi mumkin. Qurilmada Aviarеjim yoqilmaganligiga va noma’lum yoki yashirin raqamlar bloklanmaganligiga amin bo’ling.
Aviarеlimni qanday o‘chirish kerak
Qurilma noma’lum yoki yashirin raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroqlarni bloklamayotganligiga amin bo’ling
Agar qo‘ng‘iroqlar uzilib qolsa yoki qurilmangiz tarmoq signalini yo‘qotishni davom etsa, tarmoq sozlamalarini tiklashingiz kerak bo‘lishi mumkin.
Eslatma.
- Tarmoq sozlamalarini tiklash Wi-Fi, Bluetooth va boshqa tarmoq ulanishlarining sozlamalarini ham tiklaydi.
Noto‘g‘ri APN (ulanish nuqtasi nomi) sozlamalari tarmoq ulanishini uzib qo‘yishi mumkin. APN sozlamalarini o‘zgartirish uchun quyidagi amallarni bajaring.
Muammo, qurilmaning sizda shartnoma bo‘lmagan operatorga ulanayotganligi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Operatorni tanlash uchun quyidagi amallarni bajaring.
Eslatma.
Ekran tasvirlari va menyular qurilmangiz modeli va dasturiy ta’minot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.