Samsung Galaxy smartfoniga masofadan ulanish orqali qanday yordam olish mumkin

Oxirgi yangilanish sanasi : 11.11.2024

Agar sizga texnik maslahat kerak bo'lsa, xizmat ko'rsatish markaziga borish o'rniga Smart Tutor ilovasini o'rnatishingiz mumkin.

Smart Tutor — bu Samsung Galaxy smartfonlari va planshetlarini masofadan sozlash va diagnostika qilish uchun mo'ljallangan dastur. U orqali Samsung texnik qo'llab-quvvatlash mutaxassisi o'z ishini tashxislash, mavjud bo'lganda muammolarni sozlash va hal qilish uchun to'g'ridan-to'g'ri smartfoningizga ulanishi mumkin.

Smart Tutor Ilovasi
  • Masofaviy ulanish xavfsiz ulanish orqali amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan ulanishlar haqidagi har qanday ma'lumot faqat Samsung serverlarida saqlanadi va hech qanday uchinchi tomon tashkiloti unga kirish huquqiga ega emas.
  • Samsung mutaxassislari qurilmangizga faqat har bir yangi ulanish uchun yangidan yaratilgan noyob PIN-kod orqali ulanishlari mumkin. Kodni kiritmaguningizcha, Samsung mutaxassisi qurilmangizga kira olmaydi.
  • Masofaviy ulanish sessiyasi davomida ekranning burchagida Smart Tutor ilovasi belgisi paydo bo'ladi.
  • Texnik faqat qurilmangiz ekranidagi tasvirшni ko'radi. Dasturlarni ishga tushirish va kamerani yoqish faqat sizning roziligingiz bilan amalga oshiriladi.

Smart Tutor ilovasini qanday o'rnatish kerak

Smart Tutor ilovasi Android 7 va undan yuqori operatsion tizimiga ega Galaxy smartfoni yoki planshetiga o'rnatilishi mumkin. Samsung mutaxassisini ulash uchun sizga barqaror va tezkor Internet kerak bo'ladi.

Smart Tutor ilovasini o'zingiz uchun qulay bo'lgan har qanday usulda yuklab olishingiz mumkin: Galaxy Store yoki Google Play ilova do'konlari yoki Samsung Members ilovasi orqali. Har bir usul haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi sarlavhani bosing.

Galaxy Store oching Galaxy Store oching

1. Galaxy Store ilovasini oching.

Lupa belgisini bosing Lupa belgisini bosing

2. Qidiruv so'zini kiritish uchun lupa belgisini bosing.

Qidiruv satriga "Smart Tutor" yozing va klaviaturadagi lupa belgisini bosing Qidiruv satriga "Smart Tutor" yozing va klaviaturadagi lupa belgisini bosing

3. Qidiruv satriga Smart Tutor ilovasi nomini kiriting va qidiruvni boshlash uchun klaviaturadagi lupa belgisini bosing.

Smart Tutor ilova kartasini oching Smart Tutor ilova kartasini oching

4. Smart Tutor ilovasi kartasini oching.

"O'rnatish" tugmasini Bosing "O'rnatish" tugmasini Bosing

5. O'rnatish tugmasini bosing. Yuklab olingandan va o'rnatgandan so'ng, Smart Tutor belgisi barcha ilovalar ro'yxatining oxirida paydo bo'ladi.

Google Play oching Google Play oching

1. Google Play ilovasini oching.

Lupa belgisini bosing Lupa belgisini bosing

2. Qidiruv so'zini kiritish uchun lupa belgisini bosing.

Qidiruv satriga "Smart Tutor" yozing va klaviaturadagi lupa belgisini bosing Qidiruv satriga "Smart Tutor" yozing va klaviaturadagi lupa belgisini bosing

3. Qidiruv satriga Smart Tutor ilovasi nomini kiriting va qidiruvni boshlash uchun klaviaturadagi lupa belgisini bosing.

Smart Tutor ilova kartasini oching Smart Tutor ilova kartasini oching

4. Smart Tutor ilovasi kartasini oching.

"O'rnatish" tugmasini Bosing "O'rnatish" tugmasini Bosing

5. O'rnatish tugmasini bosing. Yuklab olingandan va o'rnatgandan so'ng, Smart Tutor belgisi barcha ilovalar ro'yxatining oxirida paydo bo'ladi.

Samsung Members oching Samsung Members oching

1. Samsung Members ilovasini oching.

"Madad" bo'limiga o'ting "Madad" bo'limiga o'ting

2. Madad bo'limiga o'ting.

"Masofadan boshqarish" ni oching "Masofadan boshqarish" ni oching

3. Masofadan boshqarish bandiga o'ting va ustiga bosing.

"Masofadan boshqarish‘ni o‘rnatish" ni bosing "Masofadan boshqarish‘ni o‘rnatish" ni bosing

4. Masofadan boshqarish‘ni o‘rnatish ni bosing.

"Ishni boshlash" tugmasini bosing "Ishni boshlash" tugmasini bosing

5. Ilovani ochish uchun Ishni boshlash ni bosing. Yuklab olingandan va o'rnatgandan so'ng, Smart Tutor belgisi barcha ilovalar ro'yxatining oxirida paydo bo'ladi.

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!