Agar Samsung Galaxy qurilmangizga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar kelmasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 07.11.2024

Qanday qilib sizga qo‘ng‘iroq qila olishmayotganini aniqlash mumkin? Kimdandir sizga qo‘ng‘iroq qilishini so‘rashingiz mumkin.
Agar Samsung smartfoningizga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar kelmasa, quyidagi amallarni bajaring:

1 Qurilmani qayta ishga tushiring.

Bu kichik bir nosozlik bo‘lishi mumkin.
«Quvvat» tugmasini bosib turing, ochilgan menyuda «Qayta yuklash» ni tanlang.

2 Qora ro‘yxat sozlamalarini tekshiring.

Agar biror raqam qora ro‘yxatga qo‘shilgan bo‘lsa, u raqamdan kelgan qo‘ng‘iroqlar avtomatik ravishda rad qilinadi.

3 «Bezovta qilmang» rejimini o‘chiring.

Ushbu rejimda smartfon qo‘ng‘iroqlar haqida bildirishnomalarni o‘chiradi: qo‘ng‘iroqlar keladi, lekin signal va bildirishnoma chiqmaydi. Ularni faqat «Telefon» ilovasini ochsangiz ko‘rishingiz mumkin.

4 Aviarejimni o‘chiring.

Aviarejimdagi smartfon kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmaydi.
Ekranning yuqorisidan ikki marta pastga tushiring, keyin tezkor kirish panelida «Aviarejim» funksiyasini o‘chiring.

samolyot rejimini yoqish
5 Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish sozlamalarini tekshiring.

Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish – bu kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishdir. Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish o‘chirilganiga amin bo’ling.

  • «Telefon» ilovasini oching, menyuga (uch nuqta) kiring.
  • «Sozlamalar» > «Qo‘shimcha xizmatlar» > «Qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirish» > «Ovozli qo‘ng‘iroq» ni bosing.
6 Agar qurilmangizda ikkita SIM-karta uyasi bo‘lsa, SIM-kartani boshqa uyaga soling.
Ehtimol, SIM-karta solingan uya shikastlangan bo‘lishi mumkin.
Agar qurilmangizda bitta uya bo‘lsa – bu qadamni o‘tkazib yuboring.
7 Qurilmangizni boshqa operatorning SIM-kartasi bilan tekshiring.

Ehtimol, sizning operatoringizda vaqtincha mobil tarmoq muammolari bo‘lishi mumkin.

8 Qurilmani xavfsiz rejimda tekshiring.

Yuklab olingan ilovalar telefonga kirishga ruxsat so‘rashi mumkin, shu jumladan qo‘ng‘iroqlarni bloklashga ham. Ilovalar qaysi ruxsatlarni so‘rashi haqida quyidagi maqolada o‘qing:

Bu ilovalar qo‘ng‘iroqlarga ta’sir qilayotganligini tekshirish uchun, qurilmani xavfsiz rejimda yuklang.

Agar xavfsiz rejimda qo‘ng‘iroqlar kelib tushsa, qurilmani qayta yuklang. So‘ng, yuklab olingan ilovalarni birma-bir o‘chirib tashlang, qo‘ng‘iroqlar kelishni boshlamaguncha. Yaxshisi yaqinda o‘rnatgan ilovalardan boshlang.

9 Tarmoq sozlamalarini tiklang.

«Sozlamalar» > «Umumiy» > «Tiklash» > «Tarmoq sozlamalarini tiklash» ni tanlang.

9 Umumiy tiklashni amalga oshiring.

Bu bosqich telefoningizni zavod sozlamalariga qaytaradi.

10 Samsung servis markaziga murojaat qiling.

Agar oldingi barcha qadamlar yordam bermasa, servis markaziga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.


Saytda ma'lumot qidirish juda uzoq vaqt talab qildi

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!