Agar Samsung Galaxyda mobil internet sekin ishlasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 16.12.2024

Ushbu maqolada siz Galaxy smartfoningizda mobil Internet sekin ishlasa, nima qilish kerakligini bilib olasiz.

Buning uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

1 Internetning qayerda sekin ishlayotganini tekshiring.
  • Agar internet bitta dasturda sekin ishlasa, muammo aynan shu ilovada bo‘lishi mumkin.
  • Agar internet bitta saytning o‘zida sekin ishlasa, saytning mobil versiyasidan foydalaning (agar saytda taqdim etilgan bo‘lsa) yoki bir necha soat kuting va saytni keyinroq tekshiring. Agar boshqa saytlarga kirish normal bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘ting.
2 Mavjud internet paketidan foydalanib bo‘lingan yoki yo‘qligini tekshiring.

Ba'zi tarif rejalari, agar tarifda belgilangan trafik tugasa, tezlikni cheklashni o‘z ichiga oladi. Shaxsiy kabinet yoki operatoringiz ilovasi orqali qancha trafik ishlatilganini tekshiring.

3 Qaysi tarmoq rejimida sekinlik kuzatilayotganini tekshiring.

Agar 2G tarmog‘i (tarmoq belgisi yonida G yoki E harflari) ishlatilayotgan bo‘lsa, tezlik standart cheklovlari tufayli yuqori bo‘lmaydi.

Shuningdek, agar smartfonda 2 ta SIM-karta o‘rnatilgan bo‘lsa, kerakli SIM-karta internetga chiqish uchun tanlanganligiga amin bo’ling.

4 Sana va vaqt sozlamalarini tekshiring.

Ba'zi holatlarda noto‘g‘ri sozlama tezlikning sekin bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Vaqtni avtomatik aniqlashni o‘chiring va sana hamda vaqtni to‘g‘ri sozlang.

5 Internetni bloklaydigan ilovalarni, masalan, antivirus yoki fayrvolni o‘chiring.
6 IMEI (seriya raqami) orqali qurilmaning sertifikatsiyasini va dasturiy ta'minot versiyasini tekshiring.

Yangilanishlarda xatolarni tuzatish va tizim ishini optimallashtirish muntazam ravishda amalga oshiriladi. Buning uchun:

  1. Parametrlar > Dastur yangilashi o‘ting.
  2. Yuklab olish va o‘rnatish tugmasini bosing.
  3. Ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Agar qurilma sertifikatlangan va dasturiy ta'minot yangilangan bo‘lsa, lekin mobil internet hali ham sekin bo‘lsa, keyingi bosqichga o‘ting.

7 Smartfonni xavfsiz rejimda ishlatib ko‘ring.
8 Boshqa operator orqali yoki Wi-Fi orqali tezlikni tekshiring.

Agar boshqa operator bilan (yoki Wi-Fi orqali) internet tezligi bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, bu vaqtinchalik muammo yoki operator tomonidan kelib chiqqan muammo bo‘lishi mumkin. Operatoringizga murojaat qiling yoki keyingi bosqichga o‘ting. 

9 Agar qurilmangizda Android 10-11 bo‘lsa, tarmoq parametrlarini tiklang.

Parametrlar > Umumiy boshqaruv > Tiklash menyusiga o‘ting.

Bu Bluetooth, Wi-Fi va mobil tarmoq sozlamalarini tiklaydi. Shaxsiy ma'lumotlar o‘chirilmaydi.

10 Ma'lumotlarni tiklashni amalga oshiring.

Past tezlikning sababi dasturiy nosozlik bo‘lishi mumkin. Dasturiy xatolikni chiqarib tashlash uchun ma'lumotlarni tiklashni bajaring. Tiklash paytida telefonning dastlabki holatiga qaytadi va barcha ma'lumotlar o‘chiriladi, shuning uchun muhim ma'lumotlaringizning zaxira nusxasini oldindan oling.

Agar barcha yuqoridagi bosqichlar yordam bermasa, servis markaziga murojaat qilishni tavsiya qilamiz.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!