Agar Samsung kir yuvish mashinasi eshigi yopilmasa nima qilish kerak

Oxirgi yangilanish sanasi : 05.11.2024

Ushbu maqolada siz kir yuvish mashinasi eshigi yopilmasa, qulflanmasa yoki qiyinchilik bilan yopilsa, nima qilish kerakligini bilib olasiz. Buning uchun quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling.

Samsung kir yuvish mashinasi eshigi yopilmaydi
1 Bolalar himoyasi o‘rnatilmaganligiga amin bo’ling.
Agar bolalar himoyasi yoqilgan bo‘lsa, boshqaruv panelida blokirovka indikatori yonadi, u quyidagicha ko‘rinishi mumkin:
Bolalar himoyasi indikatori turlari

Ba’zi modellar eshigi aynan shu sababli yopilmaydi yoki qulflanmaydi.

2 Chet buyumlar tushmaganligini tekshiring:
  • eshik va rezina muhr orasiga (kiyimning cheti eshik bilan qisilib qolmaganligini);
  • qulfning ichiga (soch, iplar, kiyim tolalari va h.k.).
3 Qulf yoki ilgakning mexanik shikastlanmaganligini tekshiring: zarba izlari, yoriqlar va h.k.
  • Agar siz shikastlanishlarni topsangiz, afsuski, bu kafolat shartlariga kirmaydi. Shikastlangan qismlarni almashtirish uchun yaqin atrofdagi kafolatsiz ta’mirlash xizmat markaziga murojaat qiling.
  • Agar qulfda shikastlanishlar bo‘lmasa, keyingi bosqichga o‘ting.
4 Eshikni mahkam, bosip yopib qo’ying.
  • Agar eshik qulflanmasa va darhol ochilsa — texnikani diagnostika qilish va ta’mirlash uchun yaqin atrofdagi xizmat markaziga murojaat qiling.
  • Agar eshik yopilgan bo‘lsa (qulflangan), keyingi bosqichga o‘ting.
5 Istalgan yuvish rejimini ishga tushiring.
  • Agar yuvish boshlansa (suv quyish jarayoni boshlanadi va h.k.) — kir yuvish mashinangiz ishlayapti.
  • Agar suv to’ldirish boshlanmasa, kir yuvish mashinasi g‘uvullab chiqishi mumkin, lekin mashinani o‘chirmang — 20 daqiqa ichida u yuvishning boshlanmasligiga sabab bo‘lgan nosozlikni aniqlaydi va displeyda mos xato kodi paydo bo‘ladi.
    — «DE» / «DE1» / «DE2» / «DC» / «DC1» / «DC2», demak muammo eshik qulflanishida yoki lukni yopish mexanizmida. Samsung kir yuvish mashinasidagi «Samsung kir yuvish mashinasida DE, DE1, DE2, DC, DC1, DC2, ED xatoliklari» maqolasiga o‘ting.
     Boshqa xato kodi paydo bo‘ldi — «Samsung kir yuvish mashinalarining xato kodlari» maqolasiga o‘ting.

Agar yuqoridagi tavsiyalar hech biri muammoni hal qilishga yordam bermasa, texnikani diagnostika qilish va ta’mirlash uchun yaqin atrofdagi xizmat markaziga murojaat qiling.


Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!