Agar Samsung kir yuvish mashinasi yuvishni odatdagidan ko‘proq vaqt davomida bajarayotgan bo‘lsa nima kilish kerak
Kir yuvish mashinasi yuvish rejimidan ko‘ra uzoqroq vaqt yuvish jarayonini bajarishi mumkin. Agar kir yuvish mashinasi uzoq yuvsa, lekin yuvish jarayoni yakunlanib, hech qanday xatolik paydo bo‘lmasa, kir yuvish mashinasida nuqson yo‘q.
Quyidagi maqolada biz yuvish vaqtining ko‘payishining asosiy sabablari bilan tanishib chiqamiz va har biriga tavsiyalar beramiz.
Beqaror kuchlanish
Bu asosiy sabab. Kuchlanish tebranib, ruxsat etilgan qiymatlardan chiqqanda, kir yuvish mashinasi to‘xtaydi va kuchlanish normal holatga qaytguncha kutadi.
Tavsiya: Kir yuvish mashinasining elektr tarmog‘iga ulanishini tekshiring. Mashina alohida rozetkaga to'g'ridan-to'g'ri, adapterlar yoki uzaytirgichlarsiz ulanishi kerak.
Mashinaning elektr tarmog‘iga to‘g‘ri ulanishini malakali elektrik yoki texnik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis amalga oshirishi mumkin.
Agar uyda kuchlanish beqaror bo‘lsa, tarmoqqa to'g'ri ulash muammoni hal qilmaydi.
Suvni to‘ldirish va chiqarish
Agar suv bosimi past bo‘lsa, mashina yetarlicha suv yig‘ish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi. Shuningdek, suv kirish filtr tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya: Mashinaning suv tarmog‘iga ulanishini tekshirishni va suv kirish filtrni tozalashni tavsiya qilamiz. Ammo agar butun uyda suv bosimi beqaror bo‘lsa, yuvish vaqti baribir ko‘payishi mumkin.
Agar chiqish filtri tiqilib qolgan yoki suvni chiqarish noto‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa – masalan, drenaj shlangi juda uzun bo‘lsa, yuvish jarayoni ko‘proq davom etishi mumkin
Tavsiya: Drenaj filtrini tozalang va kir yuvish mashinasini kanalizatsiyaga ulanishini tekshiring. Zavodda kelgan drenaj shlangidan foydalaning; agar kerak bo‘lsa, uni 3 metrgacha cho‘zish mumkin. Shlang ulangan kanalizatsiya quvuri 60-90 sm balandlikda va kamida 5 sm diametrli bo'lishi kerak.
Kirlarni noto'g'ri yuklash
Kirlarni noto'g'ri yuklash, ortiqcha yuklash, hajmli narsalarni yuvish muvozanatni buzishga olib kelishi mumkin. Nomutanosiblikni oldini olish uchun mashina aylantirishdan oldin kiyimlarni barabanning ichida taqsimlashga harakat qiladi – bu vaqt talab qiladi.
Tavsiya: Kirlarni yuklash bo‘yicha tavsiyalarga amal qiling:
- Kamida 3-4 dona narsani yuklang.
- O‘xshash materiallardan bo‘lgan narsalarni yuklang.
- Agar bitta katta (og‘ir) narsa va bir necha kichik (yengil) narsalarni yuklasangiz, aylantirish tezligini 400 aylanish/minutga qo‘ying yoki aylantirishsiz yuvishni tanlang.
- Agar choyshablarni yuvayotgan bo‘lsangiz, bir yuvishda 2 kg dan ko‘p bo‘lmagan quruq holatda yuklang. Aylantirish tezligini 800 aylanish/minut qilib qo‘ying.
- Mashinani ortiqcha yuklamang. Mashinani to‘liq yuklash faqat "Paxta" rejimida mumkin. Mashinani to‘g‘ri yuklash bo‘yicha foydalanuvchi qo‘llanmasidagi "Sharh/Tsikllar jadvali" bo‘limini ko‘rib chiqing.
Ko‘p miqdorda ko‘pik
Agar ko‘p miqdorda kir yuvish vositasi qo‘shgan bo‘lsangiz yoki qo‘l yuvish uchun mo‘ljallangan kukundan foydalangan bo‘lsangiz, ko‘p miqdorda ko‘pik hosil bo‘lishi mumkin. Bu holda mashina ko‘pikni bostirish jarayonini ishga tushiradi.
Tavsiya: Tekshirish uchun mashinani kir yuvish vositasiz ishga tushiring va jarayonni kuzating. Agar yuvish jarayoni odatdagidek davom etsa – kelgusida kamroq kukun qo'shib ko'ring. 6 kg kir kiyim uchun odatda 2 osh qoshiq kukun tavsiya etiladi.
Kir yuvish mashinasining ishini qanday tekshirish mumkin
Tavsiyalardan so‘ng, mashinani kirsiz va kir yuvish vositasiz tekshiruv yuvishini ishga tushiring. Agar yuvish jarayonida mashina to‘xtasa, uni o‘chirmang. Xato paydo bo‘ladimi, kuting.
Agar yuvish jarayoni xatosiz yakunlansa – hammasi joyida, texnika to‘g‘ri ishlamoqda.
Agar xatolik paydo bo‘lsa, iltimos, xato kodini bizning onlayn chatimizga yuboring:
MAVZU BO‘YICHA:
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.