Samsung kir yuvish mashinasidagi UE, UB, E4 xatoliklari

Oxirgi yangilanish sanasi : 12.12.2024

Nima bo‘ldi

Kir yuvish mashinasining displeyida «UE», «UB» yoki «E4» xatolik xabari paydo bo‘ldi.

 Samsung kir yuvish mashinasidagi UE, UB, E4 xatoliklar

Displeysiz modellarda barcha yuvish rejimlari indikatorlari va yuqoridan ikkinchi harorat indikatori yonadi.

 Samsung kir yuvish mashinasidagi UE, UB, E4 xatoliklar

Qachon va nima uchun xato paydo bo‘ladi

Xatolik siqish oldidan, mashina kiyimlarni baraban devorlari bo‘ylab teng taqsimlashga harakat qilganda paydo bo‘ladi. Agar mashina kiyimlarni teng taqsimlay olmasa, xatolik xabari chiqadi.

Kiyimlar quyidagi holatlarda teng taqsimlanmaydi:

  • Kiyimlar bir joyga yig‘ilib qolgan yoki bir-biriga chirmashgan;
  • Mashina ichida juda kam kiyimlar bor: bir yoki ikkita;
  • Mashina ichida juda ko‘p kiyimlar bor.

Odatda xatolik yuvish tugashiga 9, 7 yoki 3 daqiqa qolganda paydo bo‘ladi. Xato paydo bo‘lishidan oldin baraban bir necha daqiqa davomida sekin harakatlanadi, u kiyimlarni teng taqsimlashga harakat qiladi. Shu vaqt ichida displeydagi vaqt o‘zgarmaydi.

Xatolikning paydo bo‘lishini qanday oldini olish mumkin

Barabanga nima solingan

Nima uchun xato paydo bo‘ladi

Qanday to'g'irlash mumkin

Bir yoki ikkita kiyim

Kir yuvish mashinasi kiyimlarni butun baraban bo‘ylab teng taqsimlay olmaydi, shuning uchun siqishda asosiy yuk faqat barabaning bir qismiga tushadi.

Kamida 3-4 ta kiyimni soling.

Bitta katta (og‘ir) narsa va bir nechta kichik (yengil) narsalar

Siqish tezligini 400 aylanish/minutga qo‘ying yoki siqishsiz yuvish rejimini ishga tushiring.

Har xil mato turlari

Har xil mato turlari suvni turlicha singdiradi. Shu sababli narsalarning vazni turlicha bo‘lishi mumkin va bu normal siqishni qiyinlashtiradi.

O‘xshash materialli narsalarni soling.

Choyshablar

Yuvish jarayonida narsalar bir-biriga chirmashadi yoki choyshab ostida va yostiq jildiga kirib qoladi.

Bir yuvishda 2 kg dan og'ir narsalarni solmang. Siqish tezligini 800 aylanish/minutga qo‘ying.

Ko‘p miqdorda kiyim

Agar mashinada ko‘p kiyim bo‘lsa, ularni baraban bo‘ylab taqsimlash qiyinlashadi.

Mashina maksimal darajada faqat «Paxta» rejimida yuklanishi mumkin. Mashinani qanday to‘g‘ri yuklash haqida ma’lumot olish uchun foydalanuvchi qo‘llanmasidagi «Umumiy ko‘rib chiqish / Tsikllar jadvali» bo‘limini ko‘rib chiqing.

Keyin nima qilish kerak

1 Eshikni oching va kiyimlarni olib tashlang. Agar eshik ochilmasa, 5-7 daqiqa kuting va yana urinib ko‘ring.
1 Kir yuvish mashinasini Quvvat tugmasi yordamida o‘chiring, Круг и линия, so‘ng rozetkadan uzing. Besh daqiqa ichida eshik qulfdan ochilishi kerak.
Agar eshik ochilmasa, suvni favqulot rejimida tushiring.
2 Suvni tushirgandan keyin kir yuvish mashinasini kalibrlang.
Bu rejim barcha Samsung kir yuvish mashinalarida mavjud emas. Mashinangizda kalibrlash rejimi mavjudligini foydalanuvchi qo‘llanmasidan tekshiring
2 Agar kiyimlar bir-biriga chirmashib qolgan bo‘lsa, ularni ajrating va barabanda teng taqsimlang.
3 Eshikni yoping.
4 Start/Pauza tugmasini bosing Треугольник и две линии, siqishni davom ettirish uchun.
  • Agar xato paydo bo‘lmasa, mashinadan foydalanishda davom eting, hammasi yaxshi. Xatolik kir yuvish mashinasi kiyimlarni teng taqsimlay olmagani uchun paydo bo‘ldi.
  • Agar xato yana paydo bo‘lsa, mashinani ishlashini kiyimsiz tekshiring:
    1. Eshikni oching va kiyimlarni chiqaring;
    2. Eshikni yoping;
    3. Start/Pauza tugmasini bosing Треугольник и две линии, siqishni davom ettirish uchun.
  • Agar xatolik yo'qolmasa, texnikani diagnostika qilish va ta’mirlash uchun eng yaqin vakolatli servis markaziga murojaat qiling..

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!