Samsung mikroto'lqinli pechining ishlashi paytida tashqi shovqin

Oxirgi yangilanish sanasi : 22.11.2024
mikroto'lqinli pechning ishlashi paytida tashqi shovqin

Nima bo'lyapti

Samsung mikroto'lqinli pechining ishlashi paytida nostandart (begona) shovqin eshitiladi: qirilish, xirillash, taqillatish, shitirlash.

Agar siz monoton shovqin yoki gumburlashni eshitsangiz, bu yaxshi. Bunday tovush pechning to'g'ri ishlashini ko'rsatadi va magnetron, dvigatel yoki sovutish soz ishlaganda paydo bo'ladi.   

Nima qilish kerak

1 Mikroto'lqinli pechingiz to'g'ri o'rnatilganligini tekshiring:
  • Mikroto'lqinli pechni qattiq, tekis yuzaga qo'ying.
  • Mikroto'lqinli pechni yetarli darajada ventilyatsiya qiling: orqa va yon tomonlarda taxminan 10 sm va pechning tepasida 20 sm bo'sh joy qolishinig ta'minlang. 
  • Pechni faqat to'g'ridan-to'g'ri elektr tarmog'iga ulang. Uzatma kabellari, troynik va boshqalarni ishlatmang.
2 Shovqinni boshqa maishiy texnikadan emas, balki mikroto'lqinli pechdan eshitganingizga ishonch hosil qiling.
3 Agar iloji bo'lsa, mikroto'lqinli pechning ostida begona narsalarni tekshiring.
4 Rolikli podstavka g'ildiraklarning shikastlanishi/ifloslanishini tekshiring.

Agar zarar bo'lsa, podstavkani yangisiga almashtiring. Siz xizmat ko'rsatish markazida yangi podstavka sotib olishingiz mumkin.

Agar ifloslanish bo'lsa, podstavkani tozalang.

5 Aylanuvchi patnis to'g'ri o'rnatilganligini tekshiring.
  • Aylanadigan patnisning markazi mufta bilan birlashtirilishi kerak.
  • Patnisdagi bo'linmalar rolikli podstavkadagi g'ildiraklarga to'g'ri kelishi kerak.
Patnisning markazi muftaga to'g'ri kelishi kerak, patnisdagi bo'linmalar rolikli podstavkadagi g'ildiraklarga to'g'ri kelishi kerak.
6 Agar barcha tavsiyalar bajarilgandan so'ng, ovoz yana paydo bo'lsa, xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling:

Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!