Samsung akkauntingizdan parol yoki pochta manzilini unutgan bo'lsangiz nima qilish kerak
Ushbu maqolada siz account.samsung.com sayti yordamida yoki Samsung Account dan parol yoki elektron pochtani qanday tiklashni o'rganasiz
Agar siz Samsung account parolini unutgan bo'lsangiz nima qilish kerak
Samsung akkauntingiz parolini tiklash uchun quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:
1-qadam. Brauzerda account.samsung.com veb-saytini oching va Tizimga kirish tugmasini bosing.
2-qadam. Samsung akkauntingiz bog'langan elektron pochta manzilini kiriting va Keyingi ga bosing.
3-qadam. Parolni unutdingizmi? ga bosing.
4-qadam. Elektron pochta manzilini yana bir bor kiriting va Davom ettirish ni bosing.
5-qadam. Samsung akkauntingizni ro'yxatdan o'tkazishda ko'rsatgan telefon raqamingizni kiriting. Keyin Davom ettirish tugmasini bosing.
6-qadam. Davom ettirish tugmasini Bosing.
7-qadam. Belgilangan manzilga parolni tiklash havolasi bilan xat yuboriladi. Kiruvchi habarga o'tish yoki pochta qutingizni oching.
8-qadam. Pochta akkauntiga o'ting, Samsung dan kelgan xatni oching va xatdagi havola orqali o'ting.
Eslatma:
Agar elektron pochtada xat bo'lmasa, keraksiz pochta papkasini (spam) tekshiring yoki elektron pochtani qayta yuborish uchun tugmani bosing.
9-qadam. Yangi parolni kiriting va uni tasdiqlang. So'ng Keyingi ga bosing.
10-qadam. Ikkita variantdan birini tanlang: Qo'shilgan barcha qurilmalarda Samsung akkauntingizdan chiqish yoki chiqmaslik.
Eslatma:
Parol lotin tilidagi katta, kichik harflar va raqamlarga ega bo'lishi kerak. Parolning minimal uzunligi: 8 ta belgi. 3 dan ortiq takrorlanadigan yoki ketma-ket belgilarni ishlatib bo'lmaydi. Maxsus belgilardan foydalanish mumkin (~!@#$%^&*-_+=|";[]{}()<>,./?\.). Ba'zi eski qurilmalar uzunligi 15 belgidan oshadigan parollarini qo'llab-quvvatlamaydi, 8-15 belgidan iborat parol tanlashni maslahat beramiz.
Samsung account dan elektron pochta manzilini unutgan bo'lsangiz nima qilish kerak
Samsung akkauntingizdan elektron pochta manzilini tiklash yoki eslatish uchun quyidagi ko'rsatmalardan foydalaning:
1-qadam. Brauzerda account.samsung.com veb-saytini oching va Tizimga kirish tugmasini bosing.
2-qadam. Identifikatorni topish ni bosing.
Keyin, akkaunt bog'langan yoki bog'lanmagan telefon raqamini eslab qolganingizga qarab bosqichlarga o'ting:
• Agar siz akkaunt bog'langan telefon raqamini eslasangiz:
3-qadam. Samsung akkauntingiz bog'langan telefon raqamini kiriting. Davom ettirish.
4-qadam. Kodni yuborish ni bosing — ko'rsatilgan raqamga tasdiqlash kodi bilan xabar yuboriladi. Uni kiriting Tasdiqlash ni bosing.
Agar tasdiqlash kodi sizga uzoq vaqt kelmasa:
- WhatsApp yoki boshqa xizmatlardagi kiruvchi xabarlarni tekshiring. Ba'zan, agar akkaunt sizning telefon raqamingizga bog'langan bo'lsa, tasdiqlash kodi u yerga keladi. Xabar matnidan sizga faqat raqamlar kerak bo'ladi. Ularni bo'shliqlar, defislar va boshqa maxsus belgilarsiz kiriting.
- Kodning amal qilish muddatini uzaytirish ni bosing uchun yoki kodni qayta so'rang. Kod bilan xabar birinchi martada kelmasligi yoki 1-2 soat ichida kelishi mumkin. Kodni olish tezligi uyali aloqa operatori yoki mobil internetning ishlashiga bog'liq.
5-qadam. Sizga ushbu telefon raqami bilan bog'liq topilgan akkauntlar ro'yxati ko'rsatiladi. Kerakli akkauntni tanlang.
- Agar parolni eslasangiz — Hozir kirish ni bosing.
- Agar parolni eslay olmasangiz — uchinchi qadamdan boshlab "Samsung akkauntingizdan parolni unutgan bo'lsangiz nima qilish kerak" ko'rsatmalariga amal qiling.
6-qadam. Agar siz Kirish tugmasini bosgan bo'lsangiz, siz akkauntingizga kirish uchun bosh ekranga qaytasiz. Elektron pochta maydonida kerakli manzil allaqachon ko'rsatiladi. Parolni kiritish va akkauntingizga kirish uchun Keyingi ga bosing.
• Agar akkaunt bog'langan telefon raqamini eslay olmasangiz:
3-qadam. Akkaunt identifikatorini topa olmayapman ga bosing.
4-qadam. Akkauntingizda ko'rsatilgan ism, familiya va tug'ilgan kunni to'ldiring. Keyin Davom ettirish etish tugmasini bosing.
5-qadam. Sizga bunday shaxsiy ma'lumotlar topilgan akkauntlar ro'yxati ko'rsatiladi. Manzil to'liq ko'rsatilmaydi, lekin siz ro'yxatdan o'tish uchun qaysi pochta qutisini ishlatganingizni eslay olasiz. Hozir kirish ni bosing — siz bosh ekranga qaytasiz va akkauntgizga kirishingiz mumkin. Agar parolni eslay olmasangiz - "Agar siz Samsung akkauntingizdan parolni unutgan bo'lsangiz nima qilish kerak" ko'rsatmasidagi amallarni bajaring.
6-qadam. Agar tizimda tegishli ma'lumotlarga ega akkauntlar topilmasa, tegishli xabar paydo bo'ladi. Qayta urinish tugmasini bosing va yana shaxsiy ma'lumotlarni diqqat bilan to'ldiring. Eslab ko'rishga harakat qiling, ehtimol ro'yxatdan o'tish paytida siz boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgansiz.
Fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!
Barcha savollarga javob bering.