SmartThings hayotni osonlashtiradi
Energiyani tejash, parvarish, xavfsizlik, farovonlik va koʻngilocharlik jabhalarida aqlli boshqaruv bilan koʻpiga erishing.
Vaqtida oʻchirish, yuqori tejamkorlik
AI yordamida energiya sarfini boshqaring
AI energiya rejimi uyingizning energiya sarfini boshqarishga yordam beradi, quvvatni
tejash va to'lovlarni kamaytirish uchun qurilmalarni optimallashtiradi.1
Uydan chiqib ketganingizda jihozlar avtomatik ravishda oʻchiriladi
Energiyani behuda sarflashni toʻxtating. Pulni tejash uchun SmartThingsʻda energiya boshqaruvi funksiyasini yoqing.
Koʻzlar uyda, qalb oilada
Uyingizni himoya qiling
Uy monitoringi xavfsizlik choralari, oqishlarni aniqlash va
buzgʻunchilarni toʻxtatish orqali uyingizni xatardan yiroqda saqlaydi.6
Koʻtarinki kayfiyat va salomatlik sari yengil qadam
Pro kabi mashq qiling
Televizoringizda Galaxy Watch bilan bajarilgan uydagi fitnes seanslari statistikasi – mashq davomiyligi, kaloriyalar va yurak urish tezligini koʻrsatadi.8,9
Zavqni kuchaytirib, baxtga oʻgiring
O'yin atmosferangizni oshiring
Konsol va televizor yoqilganda, immersiv oʻyin muhiti uchun
SmartThings chiroqlarni xiralashtiradi va pardalarni tushiradi.13
Aqlli uyda boshqaruv sizning qoʻlingizda
Ortiqcha pult yoʻqmi, ortiqcha ish yoʻq
Galaxy telefoningizni pultga aylantiring va sevimli musiqa va videolaringizni ijro eting.15,16,17
Uy sizning kaftingizda
bo'lgani kabi
3D xarita koʻrinishi sizga uyingizni istalgan qurilma — televizor,
telefon, kir yuvish mashinasi yoki Family Hub sovitkichi orqali
kuzatish imkonini beradi.18
Aqlli ravishda kir yuvish va quritish
Optimal AI yuvish va quritish sikllari nozik parvarish, yengil quritish va matoning kirishib ketishini kamaytirish uchun mos havo oqimini taʼminlaydi.19
* SmartThings'dan foydalanish uchun ilovani Galaxy Store, Google Play Store yoki Apple App Store'dan yuklab oling. SmartThings ilovasi uchun kamida 3 GB tezkor xotiraga ega Android OS 10↑ yoki iOS 15↑ talab qilinadi. Qoʻllab-quvvatlanadigan OS tafsilotlari va ilova ekrani konfiguratsiyasi ilova yangilanishi bilan oʻzgarishi mumkin.
* Texnologiya, funksiyalar, xususiyatlar va xizmatlarning mavjudligi mamlakat, xizmat koʻrsatuvchi, tarmoq muhiti yoki mahsulotga qarab farq qilishi mumkin va ular ogohlantirilmasdan oʻzgarishi mumkin.
* Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan boʻlishi va yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.
* SmartThings xususiyatlari va tafsilotlari mahsulot va mintaqaga/mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.
* Tasvirlar va ekrandagi kontent namoyish maqsadida simulyatsiya qilingan. Amaldagi foydalanuvchi interfeysi (UI) dastur versiyasiga, modelga, mintaqaga va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
* SmartThings'ga ulanishi mumkin boʻlgan maksimal qurilmalar soni har bir joylashuv uchun 300 taga teng. Biroq ulanishi mumkin boʻlgan qurilmalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab cheklangan boʻlishi mumkin. Har bir akkaunt uchun 10 tagacha joylashuvdan, har bir joylashuvdan 20 tagacha xonadan foydalanish mumkin va joylashuvni roʻyxatdan oʻtkazgan administrator har bir akkaunt uchun 20 tagacha aʼzoni taklif qilishi mumkin.
1. AI energiya rejimi funksiyasi mamlakat, mintaqa yoki qurilmaga qarab farq qilishi mumkin va mavjud tejash opsiyalari mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.
2. SmartThings oilaviy parvarish xizmati hozirda Koreya va AQShda Android Galaxy qurilmalarida mavjud.
3. Maʼlumotlar SmartThings'ga ulangan Galaxy mobil qurilmalari, televizorlar, sovitkichlar va suv tozalagichlar (faqat Koreyada mavjud) kabi maishiy texnikalar yordamida yigʻiladi.
4. SmartThings'ga mos uy hayvonini oziqlantiruvchi moslama talab qilinadi.
5. SmartThings'dagi uy hayvonlari profilingiz va Galaxy SmartTag2 oʻzaro bogʻlangan boʻlishi kerak. Faoliyat monitoringi yordamida uy hayvoningizning maʼlum kunlik/oylik faoliyati hamda jami bir kunlik faoliyati haqida maʼlumotlar oling. Sayr rejimi yurish paytida marshrutlar, vaqt va masofani kuzatib boradi. Barcha sayr maʼlumotlari bir yil davomida saqlanadi.
6. Mos qurilmalar talab qilinadi va ular SmartThings ilovasida yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.
7. Faqat One UI 6.1.1 va undan yuqori versiyalarida mavjud hamda Galaxy Ring va Watch'ga ulanishi kerak. SmartThings ilovasidan [Rejimlar va yumushlar]ni oching, [Uyqu] opsiyasidan [Avtomatik yoqish]ni tanlang, [Uyqu rejimi]ni yoqing va [Boshqa amallar]dan [Aqlli jihozlarni boshqarish] yorligʻida kerakli qoʻshimcha qurilma amallarini sozlang.
8. 2024-yilda chiqarilgan Samsung televizori bilan foydalanganda, Galaxy Watch 4 va undan keyingi modellarida mavjud. Televizor va qoʻlsoat qurilmalari yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.
9. Faqat umumiy salomatlik va fitnes maqsadlari uchun moʻljallangan. Tibbiy holat yoki kasallikni aniqlash, tashxislash, davolashda foydalanish uchun moʻljallanmagan. Oʻlchovlar faqat sizning shaxsiy maʼlumotingiz uchun.
10. Kamera ishlayotganida qizil chiroq yonadi. Foydalanuvchining tashqi koʻrinishi kameraga tushishi mumkin, ammo oziq-ovqat mahsulotidan tashqari atrof-muhit avtomatik ravishda xiralashadi.
11. 2024-yil aprel holatiga koʻra, AI Vision Inside yangi meva va sabzavotlar kabi 33 ta oziq-ovqat mahsulotlarini taniy oladi. Agar oziq-ovqat tanilib boʻlmasa, u nomaʼlum mahsulotlar roʻyxatiga kiritilishi mumkin. AI Vision Inside sovitkich eshigi qutilari yoki muzlatkichdagi oziq-ovqat mahsulotlarini aniqlay olmaydi yoki sanab bera olmaydi. U oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur oʻrganish modellari asosida taniydi, ular aniqligini oshirish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin.
12. Roʻyxatning aniqligini taʼminlash uchun foydalanuvchi uni qoʻlda tekshirishi va sozlashi kerak boʻlishi mumkin.
13. SmartThings ilovasida [Oʻyin rejimi] sozlamalari talab qilinadi. SmartThings ilovasidan [Yumushlar] yorligʻini tanlang, soʻng [Yaratish] yumushini tanlang. AI avtomatik oʻyin rejimi faqat 2024-yildan boshlab chiqarilgan televizorlarda qoʻllab-quvvatlanadi (Q80 va undan yuqori). SmartThings TV virtual geympadi (2022-yil va undan keyingi) va kabellarni sozlash talab qilinadi. SmartThings'da unga tegishli yumushni sozlang. 2023-yilda chiqarilgan televizorlarda Hue Sync qoʻllab-quvvatlanadi. Rang-barang chiroqlar, ilova va koʻprik oʻrnatilishi kerak.
14. SmartThings musiqani sinxronlash faqat Galaxy qurilmalarida mavjud. Philips Hue chiroqlari uchun Hue koʻprik alohida sotib olinishi kerak.
15. Android va iOS qurilmalarida mavjud, ammo Samsung Galaxy smartfonlari sinovdan oʻtgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu funksiya boshqa smartfonlarda turli yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlangan boʻlishi mumkin.
16. Yagona qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar 2020-yil yoki undan keyin ishlab chiqarilgan televizorlarning maʼlum modellari va 2024-yil yoki undan keyin ishlab chiqarilgan konditsionerlar, havo tozalagichlar va robot changyutkichlarning ayrim modellari.
17. Avtomatik faollashtirish vaqti foydalanuvchi muhitiga qarab oʻzgaradi.
18. Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.
19. SmartThings kiyim parvarishi funksiyalari mintaqa va mahsulotga qarab farq qilishi mumkin.