SmartThings?
Bu juda oson!

Bir ilova yordamida barcha smart qurilmalaringizni birlashtiring hamda uyingizni boshqaring. Yuklab oling va ishga tushiring.

Qadamma-qadam boshlash

*Batafsil qo'llanmaga ega bo'lish uchun SmartThings ilovasini ochinga hamda quyidagi yo'lni tanlang: Menyu > Qanday foydalanish mumkin

Kundalik hayotingiz yanada aqlli

Taom tayyorlash

Professional ovqatlanish rejasi

SmartThings Cooking xohish va istaklaringiz hamda qo'l ostingizdagi mavjud masalliqlar asosida sizga individual taom retseptlarini tavsiya etadi.
Taom tayyorlash

Vaqtni tejab, aql bilan taom tayyorlang

Retseptlarni izlang hamda pishirish qo'llanmalarini avtomatik tarzda smart duxovkangizga yuboring.
Taom tayyorlash

Bildirishnomalar olish

Isitish yakunlanganligini bilib oling.
Taom tayyorlash

Oshxona jamoasiga qo'shiling

Sizni ilhomlantirishga qodir jamoalarni toping hamda o'zingiz yoqtirgan retseptlarni barchaga ulashing.
Energiya

AI Energy rejimi

AI Energy rejimi qurilmalarni avtomatik tarzda energiya tejamkorligi rejimiga o'tkazadi. 1, 2, 3, 4
Energiya

Energiyani tejash

Energiya sarfi bo'yicha o'zingiz uchun maqsad belgilang hamda ushbu ko'rsatkichga yetganingizda bildirishnoma oling. 1, 2, 3, 4
Kiyimlarni parvarishlash

Jarayonini sozlang

Kiyimlarning kir bo'lish darajasi hamda mato turiga asoslanib, kiyimlarni parvarishlash uchun eng mos kir yuvish jarayoni borasidagi tavsiyalarni oling.
Kiyimlarni parvarishlash

Smart bildirishnomalar

Kir yuvish jarayoni yakunlanganligi haqida yoki uyingizdan uzoqda bo'lganingizda kiyimlarning tozaligini salqab qolish borasidagi bildirishnomalarni oling.
Uyni parvarishlash

Smart AI diagnostika

AI yordamidagi diagnostika hamda kir yuvish mashinasining oqova quvuridagi muzlash kabi holatlarda yordamga ega bo'ling.
Uyni parvarishlash

Parvarishlash bo'yicha yechimlar

Filtrlarni almashtirish zarurati haqida bildirishnoma oling.

SmartThings bilan hayotingizni yaxshilang

Topish

SmartThings Find yordam beradi.

SmartThings Find bilan sizning Galaxy qurilmalaringiz hamda smart tegga biriktirilgan buyumlaringiz uzoq vaqtga yo'qolmaydi. Ilovada siz yo'qolgan yoki unutib qoldirgan buyumlaringizni topishingiz mumkin. Topish uchun ularga qo'ng'iroq qilishingiz kifoya. 8,9,10
Topish

Yo'qotmasdan turib toping

SmartThings Find bilan buyumlaringizni qoldirayotganingizda darhol bildirishnoma olasiz. 9,10
Topish

Uy hayvoningiz qayerdaligidan endi butun oilangiz xabardor

Bo'yinbog'ga smart teg yoki smart teg+ taqing hamda Smart Things Find bilan uy hayvonlaringiz qayerdaligini nazorat qiling. 9,11
Uy nazorati

Sizning uyingiz

SmartThings qurilmalaringiz uyingizda xavfsizlik buzilishi, suv oqishi, tutun chiqishi va yong'in holatlarini aniqlaganida sizga bildirishnoma yuboriladi.12
Musiqani sinxronlash

O'z musiqangizga to'liq sho'ng'ing

SmartThings musiqani sinxronlash funksiyasi yordamida Philips Hue chiroqlarining yorug'ligi va ranglari taronaga moslab o'zgarib, siz musiqani ko'zlaringiz, quloqlaringiz va qalbingiz bilan tinglashingizga imkon beradi.13,14

Kundalik hayot tarzingizni senariylar bilan yuqori darajaga ko'taring

Uyingiz endi sizning band grafigingizga moslashishi mumkin. Tonglaringiz oson, tunlaringiz sokin o'tishi uchun SmartThings uyingizni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi.

SmartThings va Matter.
Har doimgidan-da osonroq

SmartThings bilan ishlaydigan
qurilmangizni toping

Qo'lingizdagi qurilmalar bilan yanada ko'proq vazifalarni aqlliroq bajaring. "SmartThings bilan ishlaydi" yoki "Matter" yorliqlarini topishingiz kifoya.

SmartThings bilan siz uddalaysiz

* SmartThings ilovasidan foydalanish uchun uni Galaxy Store, Play Store yoki App Store do'konidan yuklab oling. Ilova ishlashi uchun kamida 3 GB operativ xotiraga ega Android 9↑ OS yoki iOS 14↑kerak.

* Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan bo'lishi va bitta Samsung hisob qaydnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

* Mavjudlik mamlakat, mintaqa, xizmat ko'rsatuvchi provayder, tarmoq muhiti yoki qurilmaga qarab farq qilishi mumkin va oldindan ogohlantirilmasdan o'zgartirilishi mumkin.

* Ekrandagi tasvirlar va kontent namuna maqsadida modellashtirilgan.

* Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi dasturiy ta'minot versiyasi, model, mintaqa va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

* SmartThings ilovasiga ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalarning maksimal soni har bir joy uchun 200 tani tashkil qiladi. Biroq, ulanishi mumkin bo'lgan qurilmalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab cheklanishi mumkin. Har bir hisob qaydnomasi uchun eng ko'pi 10 ta joy, har bir joy uchun eng ko'pi 20 ta xonadanni ulash va joylashuvni ro'yxatdan o'tkazgan administrator foydalanuvchi har bir hisob qaydnomasi uchun eng ko'pi 20 ta ishtirokchini taklif qilishi mumkin.

1. SmartThings Energy xizmatining mavjudligi mamlakat, mintaqa yoki qurilmaga qarab farq qiladi. Android va iOS qurilmalarida mavjud (Android OS 9↑, iOS 14↑). Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Energiya sarfini kuzatish uchun barcha qurilmalar SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

2. Smart bo'lmagan qurilmalar uchun mos keladigan Smart Plug va Smart Home Hub qurilmalari talab etiladi. Smart Plug SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak. Smart Plug bilan energiya sarfini kuzatish SmartThings ilovasidagi qurilma yorlig'idagi "Smart Plug" mahsulot kartasida mavjud.

3. AI Energy rejimi xususiyati mamlakat, mintaqa yoki qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. U barcha mos keluvchi smart qurilmalaringizni avtomatik ravishda yoki oylik elektr energiyasi to'lovi belgilangan maqsaddan oshib ketgan taqdirda energiyani tejash rejimiga o'tkazishi mumkin. (masalan, Sovutgich: kompressorning tezligi va ishlashini optimallashtirish va muzlatgichning belgilangan haroratini sozlash) SmartThings Energy rejimida ko'rsatilgan energiya sarfi va hisoblangan xarajatlar haqiqiy foydalanish ko'rsatkichlari va xarajatlaridan farq qilishi mumkin.

4. SmartThings Energy bo'limida ko'rsatilgan energiya sarfi va hisoblangan xarajatlar sizning haqiqiy iste'molingiz va narxlardan farq qilishi mumkin. AI Energy rejimidagi maqsadli sozlamalarga muvofiq energiyani boshqarish uchun foydalanish shartlariga qarab smart hisoblagichni alohida sotib olish kerak.

5. Havoni parvarish qilish jadvalidagi raqamlar har bir xonaning o'rtacha qiymatini ifodalaydi, bu qurilmada ko'rsatilgan raqamlardan farq qilishi mumkin.

6. SmartThings Pet Care xizmatining mavjudligi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin va faqat Jet bot AI+ modelida qo'llab-quvvatlanadi. Android va iOS qurilmalarida mavjud (Android OS 9↑, iOS 14↑). Wi-Fi tarmog'iga ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Jet bot AI + old kamerasidan foydalanib, siz uy hayvoningizning holatini kuzatishingiz mumkin. U E2EE (End to End shifrlash) ni qo'llab-quvvatlaydi, shuning uchun video ishonchli shifrlangan va uni faqat vakolatli foydalanuvchi ko'rishi mumkin. Uy hayvoningizni tanib olish qobiliyati uy hayvonlari turiga va yashash sharoitlariga qarab farq qilishi mumkin. Faqat itlarni tanib olish mumkin, kelajakda boshqa farqlash mumkin bo'lgan uy hayvonlari qo'shilishi mumkin.

7. Mos IP-kamera talab etiladi. Foydalanuvchilar avval IP kamera ishlab chiqaruvchining ilovasida sozlashlari, so'ngra uni SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazishlari talab etilishi mumkin. IP-kamera yordamida uy hayvonlarini boshqarish SmartThings ilovasidagi "Qurilma" bo'limidagi "IP Cam" mahsulot kartasida mavjud.

8. Galaxy SmartTag qurilmalari 120 m gacha bo'lgan Bluetooth diapazoniga ega. Haqiqiy ishlash foydalanish muhitiga qarab farq qilishi mumkin.

9. Hozirda Android 8.0 dan yuqori Galaxy smartfonlari va planshetlari, Wear OS yoki Tizen OS 5.5 va undan yuqori versiyalariga ega Galaxy Watch, Galaxy Buds+ va undan keyingi versiyalar, S Pen Pro va ayrim Galaxy Book modellari uchun mavjud. Boshqa qurilmalar kelajada qo'llab-quvvatlanadi.

10. SmartThings Find yordamida Galaxy Watch va Buds qulqochinlarini topish uchun siz Galaxy wearable dasturining so'nggi versiyasini o'rnatishingiz kerak.

11. Galaxy SmartTag kabi qurilmalaringizning joylashuvi sizning SmartThings joylashuvingizdagi boshqa foydalanuvchilar uchun faqat sizning roziligingiz asosida mavjud bo'ladi.

12. Uy kamerasi, suv oqishi sensori, tutun/yong'in detektori kerak. Xizmatning mavjudligi mamlakatga, mintaqaga yoki qurilmalarga qarab farq qilishi mumkin.

13. Faqat Galaxy qurilmalarida mavjud. Ushbu xususiyat uchun Philips Hue White va color ambiance chiroqlari, shuningdek Hue Bridge qurilmasi talab etiladi.

14. Musiqani sinxronlash xizmati uchun mavjud bo'lgan xususiyatlar mamlakatga va Philips Hue mahsulotlariga qarab farq qilishi mumkin.