KONSTRUKTIV PARAMETR
6,2 dyuymli Muqova ekran yordamida bir qo‘lda ko‘p ish qilish mumkin.1 Ikkala qo‘l yordamida 7,6 dyuymli Asosiy ekran smartfonni qo‘shimcha vazifalarni bajarish uchun ideal qurilmaga aylantiradi.2 Qo‘llarinigizni bo‘shatish zarur bo‘lib qolsa, uni biror joyga qo‘ying, boshqa ishlar bilan band bo‘lganingizda, zarur burchakni topib, uni o‘sha yerda qoldiring.3
- *Surat illyustratsiya uchun moʻljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.
- *Netflix striming xizmatiga aʼzolik talab qilinadi.
Kengroq tomonlar nisbati ilovalaringizga ekranni qulay tarzda to‘ldirishga imkon beradi, shu bilan birga bir qo‘l bilan ishlash uchun tugmachalarni bosh barmog‘i yetib boradigan darajada ushlab turadi.
- *Galaxy Z Fold3 5G bilan solishtirganda.
O‘LCHAMI VA VAZNI
Aslida ikkita telefon bitta telefonda – vazni deyarli qayishqoq bo‘lmagan telefonniki bilan bir xil. Ekrandan tashqari barcha o‘lchamlari ixchamlashtirilgan, kichikashtirilgan jiyaklari bilan yengil materiallar ushbu Fold’ni cho‘ntakda olib yurish uchun yanada qulay qiladi.
RANGLAR
Noyob konstruktiv parametrlarning tabiiy klassik tuslar bilan bashang birikuvi har safar yozilganda e’tiborni tortadi. Kulrang-yashil, Qora yoki sarg‘ish randagisini tanlang.4
Kulrang-yashil rangdagi Galaxy Z Fold4 smartfonining burchakni, oshiq-moshiqni va orqa tarafni ko‘rsatish uchun uch burchakdan ko‘rinishi.
Qora rangdagi Galaxy Z Fold4 smartfonining burchakni, oshiq-moshiqni va orqa tarafni ko‘rsatish uchun uch burchakdan ko‘rinishi.
Sarg‘ish rangdagi Galaxy Z Fold4 smartfonining burchakni, oshiq-moshiqni va orqa tarafni ko‘rsatish uchun uch burchakdan ko‘rinishi.
Qisman yozilgan Galaxy Z Fold4 smartfonining asosiy ekrani. Uning ekrani ikkita oynaga bo‘lingan. Bir oynada Galaxy Notes’dagi qayd bor. Boshqa oynada esa Gallery ilovasidagi video o‘ynatilmoqda.
KO‘PVAZIFALILIK
Kamroq tugma bosish bilan vazifalarni o‘chirib tashlang. Vazifalar paneliga ilovalar qo‘shing. Ular g‘ayratingiz kelib turganda, ko‘pvazifalilik, jadal navigatsiya va oynalardan bir-biriga o‘tish uchun sirli qurolingizdir.5 App Pair funksiyasi yordamida tugmani bir marta bosish bilan bitta o‘ta mahsuldor ekranda uchtagacha ilovani ishga tushirish mumkin.6
- *Surat illyustratsiya uchun mo'ljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.
Bukilmagan Galaxy Z Fold4 smartfoni Asosiy ekrandagi ochilgan uchta ilova bilan. Gallery ilovasi Asosiy ekranning chap yarmida ochiq turibdi. O‘ng tarafi ikkita ilovaga bo‘lingan. Samsung Notes o‘ng taraf tepada ochiq turibdi. Messages (Xabarlar) ilovasi o‘ng taraf pastda ochiq turibdi. Gallery’dan olingan surat Samsung Notes’ga joylangan va Messages chatida ulashilgan.
KO‘P PROYEKSIYALI KO‘RINISH
Matnli xabarlarning bittasidan ikkinchisiga o‘tayotib yoki e-pochtani ko‘zdan kechirayotib, Ko‘p proyeksiyali ko‘rinish funksiyasi bor Asosiy ekranning barcha ustunliklaridan foydalaning. Cho‘ntagingizdagi ShK quivvatiga o‘xshash quvvat bir qarashda menyuni va boshqa ko‘plab narsalarni olish uchun One UI yordamida optimallashtirilgan ilovalarni o‘zgartiradi.
- *Surat illyustratsiya uchun moʻljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.
- *Galaxy Z Fold4 bu funksiya ishlashi uchun eng oxirgi Microsoft Outlook (kamida 4.2222.0. versiya) ilovasini talab etadi.
- *Ekran eskizini moslash ilovasiga qarab farqlanishi mumkin.
- *Funksiya mavjudligi mamlakat yoki mintaqaga ko‘ra farq qilishi mumkin.
S PEN
Barmoqlardan ekranga o‘ting va S Pen’ni ulang.7 Pero qog‘ozga chizganidek tabiiy his qilinadigan har bir chiziqning tabiiy aniqligiga erishing.
Qora rangdagi Galaxy Z Fold4 smartfionining orqadan ko‘rinishi. S Pen Fold Edition orqa taraf yonida turibdi.
QAMRAB OLUVCHI KO‘RINISH
Endi siz chindan ham o‘yinga kirishib ketishingiz mumkin. Orqaga siljitilgan ramkalar va g‘aroyib 7,6-dyuymlik Infinity Flex displeyiga yanada ko‘proq yashirilgan kamera ekran katta ekanini va hech qanday qora nuqta siz bilan sevimli o‘yiningiz orasida turmasligini anglatadi.2, 9, 10
- *© 2019-2022 Riot Games, Inc. LEAGUE OF LEGENDS: WILD RIFT va har qanday bog‘liq logotiplar Riot Games, Inc. korporatsiyasining savdo belgilari, xizmat belgilari va/yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo belgilaridir.
- *Surat illyustratsiya uchun moʻljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.
Dolby Atmos g‘aroyib tovushi va stereo karnaylari yordamida katta ekrandan oladigan tasavvuringizni kuchaytiring.
DISPLEY 120 Gts
Silliq o'yin.
Silliq tasvir
Xabarlar tasmasini varaqlash yoki bir o‘yindan ikkinchisiga o‘tish – bular barchasi 120 Gts chastotali ekranda silliq aks etadi. Bu siz uchun jon kuydiruvchi va narsalarni yangi qilib ko‘rsatuvchi ekran tasvirni maqbullashtirib berish uchun yangilash sur’atini ham moslashtiradi.12
- *Surat illyustratsiya uchun moʻljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.
HAMKORLIKLAR
Mexanizmlaringiz harakatlanishi uchun Galaxy Z Fold4 smarfoni qutisidan juda ko‘p asboblar chiqadi. Agar Ko‘p proyeksiyali ko‘rinish funksiyasi uchun uchinchi tomon ishlab chiqqan ilovalarini ham qo‘shsangiz, har bir barmoq tekkizish bilan qulaylikning yangidan-yangi darajalarini kashf qilasiz.
Buklangan Galaxy Z Fold4 smartfonining Muqova ekrani va ostki taraflarini ko‘rsatuvchi burchakdan ko‘rinishi. Ekranda rango-rang grafik fon rasmlari. Telefon atrofidan suv sachrayapti.
IPX8 NING SUVGA CHIDAMLILIGI
Sarguzashtlarga otlaning. Agar qo‘lingizda suv o‘tkazmaydigan buklama smartfonlardan birortasi bo‘lsa, xavotirga o‘rin qolmaydi.13
TASHQI QISMI
Galaxy Z Fold4 smartfonining ichi va tashi tasavvurni lol qoldirishidan tashqari, zarba va yerga tushib ketishlarga chidamli materiallardan tayyorlangan. Shishadan metallga qadar barchasi Samsung Galaxy foldables smartfonlarining eng mastahkamidir.
-
Og‘ir kunlar Corning® Gorilla® Glass Victus®+ eksklyuzv shishasi bor buklanmadigan qurilmalarimizga tenglasha olmaydi. Muqova ekran bilan orqa qopqoq qirilish va siyqalanishlarga qarshi turishga bemalol tayyor.
-
Ushbu telefon eng mustahkam alyuminiy ramkasi bilan kuchaytirilgan. Nomi ham shunga yarasha – Armor Aluminum – buklashlaringizni shikastlanishdan himoya qiladigan zirhday ishlaydi.
-
U hech qachon bunchalik kuchli bo‘lmagan. Asosiy ekranning buklanadigan, egiluvchan va noyob tarkibi kundalik eskirishga qarshi tura oladi.
Galaxy Z Fold4 smartfonidan iborat kollaj. Bitta telefon oldidan mustahkamligini tasavvur qilish uchun displeydan uzoqlashib boruvchi qatlamlar bilan burchak ostida ko‘rinmoqda. Ikkita telefon cho‘zilgan shaklini va liniyali orqa kameraning uchta obyektivini ko‘rsatish uchun yon tarafdan ko‘rinmoqda. To‘rtinchi smartfon qisman yozilgan va Asosiy ekrani oldinga yo‘nalgan. Ekranda rango-rang grafik fon suratlari.
MULTI-KAMERA TIZIMI
Yangilangan Orqa kamera, Space Zoom va tungi tavirga olish sharofati bilan biz ilk marta smartfonning buklangan shaklida professional darajadagi to‘plamni tavsiya qilyapmiz.14 Yangi texnologiyalar yordamida tasvirga olish ko‘nikmalarini namoyish etish uchun salmoqli Asosiy ekrandan manzara qidiruvchi sifatida foydalaning.
12 MP O‘ta keng Burchakli Kamera
50 megapiksel Keng Burchakli Kamera
10 MP 3 karra Optik Kattalashtiruvchi Telefotokamera
4 MP Displey ostidagi kamera
10 MP Muqova ekran kamerasi
TUNDA TASVIRGA OLISH
Voqealarga boy kunlar voqealarga boy tunlar bilan almashayotganda, tasvirdagi ikir-chikir narsalar qorong‘i tushgandan so‘ng ham aniq ko‘rinadi. Takomillashtirilgan OIS va VDIS videoni silliqlaydi, Super Night Solution esa shovqinni kamaytiradi – bular barchasi yorug‘lik yetishmagan paytda olingan va yana takrorlanishi kerak bo‘lgan ajoyib videolar uchundir.
Ajoyib portretlar yaratish hech qachon kech emas. Galaxy Z Fold4 smartfonining orqa kameralarida innovatsion apparat va dasturiy ta’minot yorug‘lik xira bo‘lganda suratlarni yorug‘roq qilish uchun birga ishlaydi. Kun botgandan tong otgunga qadar va undan keyin ham kuchli protsessor aql bilan har bir suratning rangi va aniqligini kuchaytiradi.
YUQORI TINIQLIK
50 megapiksellik Keng Burchakli Kamera sharofati bilan hatto tez olingan suratlar ham yuqori tiniqlikka ega haqiqiy san’at asarlariga aylanadi. Detail Enhancer funksiyasi yordamida olgan suratlaringizning eng yaxshi jihatlarini tanlab va xira joylarini ortda qoldirib, teranlik va ravshanlikni oshiring.
30X SPACE ZOOM
30X Space Zoom bilan yaqinroq keling. Telekameraning 3 marta optik kattalashtirishi surat o‘ta tiniqligi bilan bog‘liq kattalashtirish bilan qo‘shilib, sizni Fold’da ilgari umuman bo‘lmagan harakatga yaqinlashtiradi.14
Kameraning asosiy xususiyatlari
-
Ikkitalik dastlabki ko‘rish
Tasvirga olayotgan obyektlaringiz ijodkor rejissor bo‘lishiga imkon bering. Dastlabki ular qoplama ekranda aks etadi va bu obyektlarga ularni suratga olishingizdan oldin uni tuzatish va eng yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lish imkonini beradi.15
-
Ko‘rinishni suratga olish
Capture View funksiyasi cho‘ntagingizdagi fotomonitor kabi siz oson tekshirib ko‘rishingiz va qayta suratga olishingiz uchun hozirgina tushirilgan suratlarni birlamchi namoyish qiladi.
-
Orqa kamerada selfi suratga tushish
Yuqori tiniqlikdagi selfi suratlarning eng zo‘ri. Qoplama ekran manzara qidirgich vazifasini bajaradi va sizga 50 megapiksellik keng burchakli kamera yordamida o‘zingizni eng yaxshi tarafdan ko‘rsatish imkonini beradi.
-
Expert RAW
Expert RAW ilovasini yuklaganingizda professional rejim yangi darajaga chiqadi. Suratlarningiz ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga oling va RAW fayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Gallery’da saqlang.16
-
SI montaji
Endi telefoningizda postprodakshnni amalga oshirish mumkin. Photo Remaster funksiyasi yordamida suratlarni retushlang va Object Eraser funksiyasi yordamida keraksiz narsalarni o‘chirib tashlang.
*Galaxy Z Flip4, Galaxy Watch5 va Galaxy Buds2 Pro alohida sotiladi.
Smart Switch
Qaysi qurilma bilan uyquga yotishingizdan qat’i nazar, sevimli ilovalaringiz, suratlaringiz, xabarlaringiz va hatto sozlamalaringizni yangi Galaxy Z Fold4 smartfoniga bir necha oddiy qadam bilan o‘tkazing.18
- *Surat illyustratsiya uchun moʻljallangan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi boshqa bo‘lishi mumkin.
-
4 NM PROTSESSOR
Siz uchun ko‘proq kuchVideoqo‘ng‘iroqlardan jadal montajgacha sizga kuningiz ravon o‘tishi uchun kerak. U endi buklanadigan Samsung Galaxy smartfoniga o‘rnatilgan eng kuchli chipda silliq o‘tadi.19
-
5G
5G da ishlaydiYuklab olish jarayoni paneli ishlayotgan paytda suhbatlashish bilan xayrlashing. Super tezkor 5G sizga katta hajmdagi fayllarni bir zumda yuborish va qabul qilish imkonini beradi.20
-
Wi-Fi 6E
Aralash signallar yo'q. Faqat tezlikWi-Fi 6E yangi 6 gigagertsli diapazonlarga tezroq va barqaror kirishni ta'minlaydi, shuning uchun siz eng so'nggi internet tezligida ulanishingiz va aloqada bo'lishingiz mumkin.21
-
AQLLI QO‘SH BATAREYA
Kutilmalardan o‘zgan kuchKun tartibingizdan ortda qolmaslik uchun ishlab chiqilgan. Umumiy sig‘imi 4400 mAs bo‘lgan (oddiy) ikkita akkumulyator butun kun davomida sizni quvvat bilan ta’minlaydi, tez quvvatlash esa energiya zaxirasini tezda to‘ldirish imkonini beradi.22, 23, 24
-
XOTIRA
Aqliy hujumlaringiz uchun makonPortfeldan voz keching hamda fayllaringiz, suratlaringiz va boshqa qolgan narsalarni qo‘l yetar joyda saqlang. Narsalarni saqlash uchun ichiga o‘rnatilgan xotira joylari ko‘p bo‘lgani uchun u yerda ish bilan hayotni muvozanatlash uchun joy topiladi.25
Galereyangizni OneDrive bilan sinxronlang va Galaxy Z Fold4 va Galaxy Z Flip4 xarid qilib, 6 oylik 100 GB OneDrive bulutli xotirasidan bahramand bo‘ling.26, 27*Shartlar amal qiladi
-
BARMOQLARNING YON TOMONI IZLARI
Bir barmoq tekkizib, VIP kirishNiqob bilan qora ko‘zoynak taqqanmisiz? Muammo yo‘q – asosiy ekran bir barmoq tekkizish narida. Bir barmoq ekranning yon tarafida qurilmani tezda qulfdan ochadi.
-
SAMSUNG KNOX
Ko‘p qatlamli xavfsizlikSamsung Knox yordamida shaxsiy ma’lumotlaringizni daxlsiz saqlang. Apparat va dasturiy ta’minot yordamidagi ko‘p qatlamli himoya mudofaa darajasidagi himoyani ta’minlab beradi.
-
ONE UI
Nimani va qayerda istayapsizFold egalari noyoblik nima ekanini yaxshi biladi. One UI raqamli tajribani o‘z uslubingiz va Android telefoningizdan qanday foydalanishingizga qarab sozlash imkonini beradi.
AKSESSUARLAR
Ko‘p so‘raladigan savollar
-
Galaxy Z Fold4 uchta rangda yetkazib beriladi: kulrang-yashil, Qora va sarg‘ish. Qaysi birini tanlasangiz ham bu tuslar bilan hech narsa yoq‘otmaysiz.4
RANGLARGA O‘TISH -
Galaxy Z Fold4 o‘tmishdosidan yangil va mustrahkamroq. Endi unga Samsung Galaxy Z Fold seriyasidagi eng tez ishlaydigan protsessor o‘rnatilgan. Galaxy Z Fold4 yana ko‘p miqdordagi katta buklanuvchi ekran uchun maqbullashtirilgan ilovalar bilan sizning ideal ko‘pvazifali qurilmangiz bo‘ladi.6
-
Galaxy Z Fold4 smartfonining keng burchakli kamerasi 50 megapikselgacha ko‘paytirildi, telekamera esa 3 karralik optik kattalashtirishgacha takomillashtirildi hamda bugungi kundagi eng uzoq kattalashtirish bo‘lmish 30X Space Zoom’ni ta’minlab bera oiladi.14 Endi siz premium darajasidagi yorug‘lik xira paytdagi yorqinroq va ikir-chikirgacha tasvirga oladigan tungi suratga olishdan bahra olishingiz mumkin.
KAMERAGA O‘TISH -
Ha, siz S Pen Fold Edition va S Pen Pro’dan Galaxy Z Fold4 smartfonida foydalana olasiz. Ammo boshqa smartfonlarga mo‘ljallangan S Pen’lar ekranga shikast yetkazishi mumkin va ulardan Galaxy Z Fold4 smartfonlarida foydalanish kerak emas.7
S PEN’GA O‘TISH -
Galaxy Z Fold4 smarfonining asosiy ekrani – 7,6 dyuym va uning qoplama ekrani diagonali – 6,2 dyuym. Aylana burchaklar hisob olinganda, ekranlar o‘lchamlari mos ravishda 7,4 dyuym va 6,1 dyuym bo‘ladi.1, 2
QAMRAB OLUVCHI KO‘RINISHGA O‘TISH -
Galaxy Z Fold4 ko‘pvazifalilikni juda yaxshi bajaradi. U bir vaqtda uchtagacha ilovadan foydalanish uchun ekranni bo‘lish imkonini beradi va hatto fayllarni bir ilovadan ikkinchisiga tortib o‘tkazish imkonini beradi.6 Takomillashtirilgan vazifalar paneli yordamida bir ilovadan ikkinchisiga tez o‘ting va Multi View funksiyasi yordamida ko‘proq sevimli ilovalarni ko‘zdan kechiring.5
KO‘PVAZIFALILIKKA O‘TISH