Galaxy A55 5G
* Ranglarning mavjudligi mamlakat, mintaqa va sotuvchiga bog'liq. ** Galaxy A55 5G MEK 60529 standarti bo'yicha IPX4/IP67 himoya darajasiga ega. Laboratoriya sinovlari doirasida qurilmaga daqiqasiga 10 litr bosim bilan 5 daqiqa davomid har tomondan chuchuk suv yo'naltiriladi (IPX4), hamda chuchuk suvga 1 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha tushiriladi (IP67). Basseyn yoki plyajda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Smartfonning suvga va changga chidamliligi doimiy ko'rsatkich bo'lmasdan, vaqt o'tishi bilan tabiiy eskirish natijasida pasayishi mumkin.
Uni aylanaga oling, uni toping. Endi Galaxy A55 5G da mavjud
Ma'umot izlashning yangi usuli — bu Aylana chizib qidirish. Google qidiruv natijalarini olish uchun ob'ektni Aylana chizib. Bu siz qidirayotgan narsani topishning yangi vizual usuli
Metal va shishaning mukammal uyg'unligi
Galaxy A55 5G smartfonini kutib oling. Galaxy A smartfonining takomillashtirilgan klassik dizayni uchta kamerali blok hamda qo'lda tutib turish uchun qulay metal ramkali yassi korpusi bilan ajralib turadi. Shuningdek, shikastlarga chidamlilk hamda mustahkamlikni oshirish uchun smartfon Corning® Gorilla® Glass Victus®+ shishasi bilan jihozlangan.
* Ranglarning mavjudligi mamlakat, mintaqada va sotuvchiga bog'liq.
- * Ranglarning mavjudligi mamlakat, mintaqada va sotuvchiga bog'liq.
Yaxshilangan foto va video tasvirga olish
Past yorug'lik sharoitida ham betakror tasvirlar
Mukammal darajadagi tungi suratga olishda ko'p pikselli kamera yuqori hajmda yorug'likni yutib, aniq ranglar va minimal xiralikka ega yorqin va ravshan tasvirlar oladi.
* Faqat keng burchakli kamera ko'p pikselli hisoblanadi.Yorqin ranglar va aniq tafsilotlar uchun 50 MP kamera
50 MP yuqori aniqlikdagi keng burchakli kamera bilan ravshan va yuqori aniqlikdagi detallarga boy tasvirlar oling. Eng mayda detallar va eng nozik rang tuslarini ham ifodalang. Eng zo'r onlaringizni suratga olish uchun mukammal kamera.
Eng yaxshi tomoningizni namoyon eting
32 MP old kamera sizning istagingizga qarab iliq yoki tabiiy ranglardagi yuqori sifatli selfilar oladi. Tasvirlaringizni yaxshilash hamda aniq fokus, chiroyli boke effekti hamda fonni xiralashtirish uchun portret rejimidan foydalaning.
Murakkab yorug'lik sharoitida video suratga olish uchun Super HDR
Yorug'likni va kontrastlikni optimallashtirish tufayli har qanday yorqinlik darajasida ham sifatli video tasvirlarni ta'minlovchi Super HDR funksiyasi bilan borliqni video tasvirga oling. OIS va VDIS barqarorlashtirish bilan 4K aniqlikdagi aniq va ravshan videolar suratga oling.
* OIS: Tasvirni Optik Barqarorlashtirish. ** VDIS: videoni raqamli barqarorlashtirish.Tasvirlarni bir harakatda tahrirlang
Siz endi tasvirlaringizni bir harakat bilan taklif etilgan tahrirlash funksiyasi yordamida yaxshilashingiz mumkin. Turli tasvirb bo'laklarini Image Clipper funksiyasi yordamida birlashtiring.
* Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. ** Tasvir namuna sifatida keltirilgan. *** Taklif etilgan tahrirlash funksiyasi JPG, PNG, GIF va MP4 formatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Tahrirlash natijalari va sifati foto va video suratga olish sifatiga bog'liq. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.
Sakkiz yadroli protsessor imkoniyatlarini oshkor eting
Ko'pvazifalilik, o'yinlar va strimlarni qo'llab-quvvatlovchi takomillashtirilgan sakkiz yadroli protsessorni sinab ko'ring. Shuningdek, smartfon 5G tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydi, 128 yoki 256 GB hajmli ichki xotiraga ega bo'lib, uni microSD kartasi yordamida 1 TB gacha oshirishingiz mumkin. Yaxshilangan GPU va NPU modullari va ichki o'rnatilgan sovitish tizimi har qanday vazifani hal etishga yordam beradi.
* Tasvir namuna sifatida keltirilgan. ** Optimal 5G tarmog'iga ulanish talab etiladi. 5G tarmog'ining mavjudligi va uning haqiqiy tezligi mamlakat, mintaqa, tarmoq holati va foydalanish muhitiga bog'liq. *** Tezkor va doimiy xotiraning mavjud variantlari mamlakat, mintaqa va sotuvchiga bog'liq. **** Xotiraning foydalanish uchun mavjud haqiqiy hajmi operatsion tizim va boshqa oldindan o'rnatilgan dasturlar fayllari tufayli doimiy xotira hajmidan kichikroq. Xotiradagi mavjud joy hajmi foydalanuvchi sozlamalariga bog'liq bo'lib, ilova yangilanganda o'zgarishi mumkin. ***** MicroSD kartasi alohida sotiladi.
Sho'ng'ish effektiga ega ravshan displey
6,6 dyuymli FHD+ Super AMOLED displey sho'ng'ish effektini beradi. Vision Booster texnologiyasi hattoki quyosh nurlari ostida ham yorug'lik va kontrastni optimallashtirish tufayli ko'rinishni yaxshilaydi. Tasvir 1000 nit yorqinlik darajasiga ega. Adaptiv yangilanish tezligi yanada yaxshiroq javob qaytarish uchun 120 Gs ga teng.
* Tasvir namuna sifatida keltirilgan. ** Diagonal bo'yicha ekran o'lchami to'liq to'rtburchakda 6,6 dyuym va yassi burchaklar inobatga olinganda 6,4 dyuymga teng. Haqiqiy ko'rinish maydoni yassi burchaklar va kamera o'rni tufayli kichikroq. *** HBM rejimida (Yuqori yorqinlik) 1000 nit. **** Galaxy A55 5G (SM-A556) displeyiga ko'k yorug'likning zararli ta'sirini kamaytirishi tufayli SGS tomonidan ko'zlarni himoyalash sertifikati berildi.
2 to'liq ish kuniga yetarli batareya
5000 mAs (odatiy ko'rsatkich) hajmli va super tezkor zaryadlashni qo'llab-quvatlovchi batareya bilan sizing imkoniyatlaringiz deyarli cheklanmagan. Yanada ko'proq vaqt aloqada bo'ling, smartfoningizni tezroq zaryad qiling hamda faol hayot kechiring.
* Tasvir namuna sifatida keltirilgan. ** Super tezkor zaryadlash (25 Vt) qurilmasi alohida sotiladi. *** Uchinchi tomon laboratoriya sinovlari natijasi asosidagi odatiy ko'rsatkich. Odatiy ko'rsatkich — bu IEC 61960 standarti asosida sinovdan o'tkazilgan batareya namunalari o'rtasidagi batareya hajmining o'gishini inobatga oluvchi hisoblangan o'rtacha ko'rsatkich. Nominal hajm 4905 mAs ga teng. **** Haqiqiy ish vaqti tarmoq holati, foydalanilayotgan funksiyalar va ilovalar, qo'ng'iroq va xabarlar soni, zaryadlash soni va boshqa omillarga bog'liq bo'lishi mumkin. UX Connect Research tomonidan yaratilgan o'rta foydalanish profili bo'yicha baholanadi. UX Connect Research tomonidan 11.01.2024 va 20.01.2024 davrlari oralig'ida Buyuk Britaniyada LTE va 5G sub6 tarmoqlariga ulangan odatiy sozlamalarga ega SM-A556 boshlang'ich versiyalari bilan mustaqil ravishda baholangan. Sinovlar 5G mmWave tarmog'ida olib borilmagan.
Suvga va changga chidamlilik
IP67 darajadagi suvga va changga chidamlilik – bu oddiy so'zlar emas. Bu smartfoningizning haqiqiy qalqoni. Smartfoningizning chang va suvdan mustahkam himoyalanganligiga ishonch hosil qiling hamda aloqada bo'ling, eng zo'r onlarni suratga oling va borliqni o'rganishda davom eting.
* Tasvir namuna sifatida keltirilgan. ** Galaxy A55 5G IP67 himoya darajasiga ega. Muvofiqlik 1 metr chuchuk suvga 30 daqiqagacha vaqtga tushirish asosidagi laboratoriya sinovlari bilan tasdiqlangan. Plyaj yoki basseynda foydalanish uchun tavsiya etilmaydi. Smartfonning suvga va changga chidamliligi doimiy bo'lmasdan, tabiiy eskirish tufayli pasayishi mumkin.
Xavfsizlik
Samsung Galaxy Experience
* Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin. Tasvir namuna sifatida keltirilgan. ** Smart Switch va Quick Share haqida Samsung.com saytidagi tegishli funksiyalarning sahifalarida batafsil bilib oling. *** Funksiyalarning mavjudligi qurilma, mamlakat, mintaqa, sotuvchi va One UI interfeys versiyasiga bog'liq.
Texnik xususiyatlari
-
Og'irlik (g) 213
-
Protsessor tezligi 2.75GHz, 2GHz
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
- Versiya 1.0
- 6.27 MB
- 11.03.2024
MO'G'ULISTON -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
- Versiya 1.0
- 6.44 MB
- 11.03.2024
Rus -
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
- Versiya 2.0.0
- 6.28 MB
- 11.03.2024
QOZOQ, MOLDAVIYA, Rus, O'ZBEKISTON -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
- Versiya 1.0
- 6.5 MB
- 11.03.2024
QOZOQ
Ko'p so'raladigan savollar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy xotirasini qanday tozalash mumkin. Fayllarni xotira kartasiga qanday o‘tkazish mumkin.
- Samsung Galaxy dan modem yoki Wi-Fi ulanish nuqtasi sifatida qanday foydalanish
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang