Galaxy A33 5G

SM-A336BZKGSKZ

  • FHD+ sAMOLED 90Hz displey
  • Optik stabilizator bilan ta'minlangan kamera
  • Quvvati ikki kunga yetuvchi batareya

Rang tanlang

Rang :

Xotira tanlang

  • Two Galaxy A33 5G devices, both in Awesome Blue, seem unaffected when a large amount of water is thrown at them.
    Suv va changga chidamli
  • Two Galaxy A33 5G devices, both in Awesome Blue, seem unaffected when a large amount of water is thrown at them.
    FHD+ sAMOLED 90Hz displey
  • A Galaxy A33 5G is mounted in landscape mode on top of a bicycle handlebar. In the background, a dark and blurry sunset landscape view is shown. On screen, the same landscape is shown more vibrantly with a woman also captured clearly and without blur.
    OIS Kamera
  • Three Galaxy A33 5G devices with the left one showing a daylight landscape picture, the middle one showing a dark screen with a fully charged battery icon and the right one showing a nighttime camping picture. Text reads 2 Days Battery.
    Ikki kunga yetadigan batareya

*Tasvir, namuna maqsadida keltirilgan. **Rang va model mavjudligi mamlakat yoki operatorga qarab farq qilishi mumkin. ***Galaxy A33 5G IP67 sinfiga ega. Sinov natijalariga koʻra 30 daqiqagacha 1 metrgacha bo‘lgan chuchuk suv ostida suv o‘tkazmaydi. Suv bosimi past boʻlgandagina foydalanish xavfsizdir.

5G. Biz allaqachon ulanganmiz

Keyingi avlod mobil tarmogʻida 5G yuqori tezlikning quvvati sizning tajribangiz va kontentni ulashishingizni: super ravon oʻyinlar va strimingdan tortib, ultra tezkor ulashish va yuklab olishgacha barchasini oʻzgartirib yuboradi.

*5G tarmogʻining mavjudligi va joriy tezligi mamlakat, tarmoq provayderi va foydalanuvchi muhitiga bogʻliq ravishda farqlanishi mumkin.

Yuqori ish quvvati

5nm sakkiz yadroli protsessor bilan sizning Galaxy qurilmangiz bir vaqtning o'zida ko'plab vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradi. RAM Plus foydalanish xususiyatlarini tahlil qiladi va qo'shimcha virtual operativ xotirani taqdim etadi.

*8GB RAM modellari 8GB ichki xotirani qo'llab-quvvatlaydi va 6GB RAM modellari 6GB ichki xotirani qo'llab-quvvatlaydi, ular ilova unumdorligini yaxshilash uchun virtual xotira sifatida ishlatilishi mumkin. **Galaxy A32 5G qurilmasi bilan solishtirganda hisoblangan qiymatlar ichki laboratoriya tekshiruvi natijalariga asoslangan.

Yanada kattaroq hajmli xotira

Suratlar va videolar uchun 128GB ichki xotira bilan birgalikda 1TB gacha MicroSD kartasini qo'llab-quvvatlashi sababli zavqli lahzalaringizni saqlab qolish uchun koʻproq xotiraga ega boʻlasiz.

* Tezkor va ichki xotira hajmi mamlakatga qarab farq qilishi mumkin. **Haqiqiy xotira oldindan o‘rnatilgan dasturlarga qarab farqlanishi mumkin. ***MicroSD karta alohida sotiladi. Mavjudlik mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

Beqiyoz oddiylik

Kam harakat bilan koʻproq bajaring. Galaxy A33 5G endi yaltiramaydigan qoplama, sifatli hoshiya va Ambient Edge texnologiyasiga ega silliq kamera korpusi bilan yanada ingichkaroq va yanada nafisroq koʻrinishda.

*Rang tanlash imkoniyati mamlakatga yoki operatorga qarab farqlanishi mumkin.

360° da koʻrish

Endilikda namlik, tomchilar va sachratishga chidamli

Suv va changga chidamlilik boʻyicha IP67 toifasiga ega, Galaxy A33 5G 30 daqiqagacha 1,0 metrgacha toza suvda tura oladi.¹ Gorilla Glass 5 qoʻshimcha himoyasi bilan qurilmangiz endi yanada mustahkam boʻlib, tirnalishga kamroq moyil boʻladi.

1. Galaxy A33 5G IP67 sinfiga ega. Sinov natijalariga koʻra 30 daqiqagacha 1 metrgacha bo‘lgan chuchuk suv ostida suv o‘tkazmaydi. Sohillar, suv havzalari yoki sovunli suv yaqinida ishlatish tavsiya etilmaydi. Suv bosimi past boʻlgandagina foydalanish xavfsizdir.

Ajoyib ekran, hayratlanarli yorqin ranglar

Oʻz tomosha maydoningizni Galaxy A33 5G 6,4 dyuymli Infinity-U displeyigacha kengaytiring va sizga nima yetishmayotganini koʻring. FHD+ Super AMOLED displey texnologiyasi bilan yorugʻ muhitda ham sizga yoqqan narsalarni yorqin yuqori tasvir aniqligida va haqiqiy hayot ranglarida koʻrishingiz mumkin.

*Rasmlar namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Diagonaliga o‘lchanganda ekran maydoni to‘liq toʻrtburchakda 6,4"" ni tashkil qilsa, yumaloq burchaklarni hisobga olgan holda 6,2"" ni tashkil qiladi. Amalda koʻrinadigan maydon burchaklarning yumaloqligi va kameraning qirqimi tufayli kichikroq.

A'lo darajadagi ravonlik

90 Gs silliq ekranga ega Galaxy A33 5G smartfonida xohlagan narsangizni tomosha qiling — tengsiz silliqlikni his eting. Kamroq xiraliklar, ko'proq tafsilotlar va yorqin kontrast — bularning barchasi video va tasvirlarni o'ta silliq ko'rish imkonini beradi.

Ajoyib ko'rinish

Yuqori darajadagi kamera bilan har bir tafsilotni muhrlang

Galaxy A33 5G smartfonining koʻp linzali kamerasi fotosuratlar sifatini yangi bosqichga koʻtaradi. 48MP OIS kamera bilan yanada aniqroq, tiniqroq suratga oling, Ultra keng kamera bilan koʻrish burchagingizni kengaytiring, Chuqurlik kamerasi bilan fokusni moslashtiring va Makro kamera bilan tafsilotlarga yaqinlashingiz.

*OIS : Tasvirni optik barqarorlashtirish. **Ekran tasviri, namuna maqsadida modellashtirilgan.

OIS. Nihoyat
Galaxy A33 5G qurilmasida

Harakatdagi borliqni muhrlang. Nihoyatda barqaror tekis videolar tasvirga oling hamda Galaxy A33 5G dagi OIS texnologiyasi yordamida past yorug'likda ham mayda detallarni qamrab oling.

*Rasm namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.

AI Image Enhancer texnologiyasi bilan
tasvirlaringizni yangi darajaga olib chiqing

Qudratli sun'iy intellektga asoslangan Photo Remaster avtomatik ravishda fotosuratlaringizni yaxshilaydi.

*Tasvirlar namuna uchun keltirilgan.
**Haqiqiy UI qurilmangizdagi dasturiy taʼminot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.

Fun rejimi bilan quvnoq lahzalar

Fun rejimida doimiy ravishda yangilanib turadigan yangi Snapchat Lenses bilan barcha qiziqarli daqiqalarni saqlang. Sevimli "linzalarni" ko'rib chiqing va sinab ko'ring, eng yaxshi ko'rinishingizni oling va do'stlaringiz bilan ulashing.

*SNAPCHAT – SNAP INC. savdo belgisi. Snapchat linzalari filtrlari mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Bu tasvirdagi Snapchat linzalari namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Joriy foydalanuvchi interfeysi qurilmangizning dasturiy taʼminot versiyasiga bogʻliq ravishda farq qilishi mumkin.

Yuzingiz chiroqlar yog'dusida porlaydi

Boke effekti va sun'iy intellektga asoslangan chuqurlik kamerasining ikki tomonlama linzalari bilan siz har bir insonning o'ziga xos ko'rinishiga urg'u berishingiz mumkin. Fonni xiralashtiring va kadrni jonlantiradigan tafsilotlarga e'tibor bering.

1. A woman is standing in front of an alleyway painted with colorful graffiti. However, with the Portrait On icon above activated, the background is blurred and the shot highlights the woman. 1. A woman is standing in front of an alleyway painted with colorful graffiti. However, with the Portrait On icon above activated, the background is blurred and the shot highlights the woman.
*Rasmlar namuna maqsadlari uchun modellashtirilgan va foydalaniladi.
2. A woman is standing in front of an alleyway painted with colorful graffiti. With the Portrait Off icon above activated, the background is clear and portrays both the woman and the alleyway accurately. 2. A woman is standing in front of an alleyway painted with colorful graffiti. With the Portrait Off icon above activated, the background is clear and portrays both the woman and the alleyway accurately.
*Rasmlar namuna maqsadlari uchun modellashtirilgan va foydalaniladi.

Qamrovli tovush kaftingizda

Hajmli tajriba uchun studiyaning keragi yoʻq. Har bir notani aql bovar qilmas tafsilot va aniqlik bilan boyitadigan Dolby Atmos texnologiyasi bilan sevimli filmlaringiz, taronalaringiz va videolar qariga shoʻngʻing.

*Ekran tasviri, namuna maqsadida modellashtirilgan.

Ikki kunga yetadigan ajoyib batareya¹

Striming, ulashish, oʻyinlar va boshqalar uchun koʻproqqa yetadigan 5000 mAs (odatiy)² batareya. 25W Super tezkor quvvatlash bilan Galaxy qurilmangizni tezkor quvvatlang va batareyaning butun unumdorligini yaxshilash uchun moslashuvchan quvvat tejashni faollashtiring.

*25Vt Super tezkor zaryadlagich alohida sotiladi. 1. O‘rtacha/odatiy foydalanuvchining foydalanish profiliga nisbatan baholangan. Strategy Analytics tomonidan 20.01.2022-31.01.2022 yil kunlarida Birlashgan Qirollikda LTE va 5G Sub6 tarmoqlari (5G mmWave tarmogʻi ostida sinovdan oʻtkazilmagan) standart sozlamalari ostida SM-A336 versiyasining oldingi versiyalari bilan mustaqil ravishda baholandi. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalaniladigan funksiyalar va ilovalar, qo‘ng‘iroqlar va xabarlar chastotasi, zaryadlangan vaqtlar soni va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq. 2. Odatiy qiymat uchinchi tomon laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazilgan. Odatiy qiymat bu IEC 61960 standarti boʻyicha sinovdan o‘tkazilgan batareya namunalari orasidagi batareya quvvati oʻzgarishini hisobga olgan holda taxminiy oʻrtacha qiymat. Nominal (minimal) hajm 4,860 mA/soat.

Game Booster bilan smartfoningizni maksimal imkoniyatlaridan foydalaning

Gʻalabaga tayyorlaning. Game Booster qurilma batareyasining ishlash muddati, harorati va xotirasini optimallash uchun oʻynash harakatlaringizni kuzatib boradi, fondagi harakatlar va bildirishnomalarni bloklaydi, siz esa diqqatingizni yoʻqotmaysiz.

*Qurilma va ekran rasmlari namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan. **Game Booster muvofiqligi oʻyinga qarab farq qilishi mumkin.

Oʻzingiz uchun muhim boʻlgan narsalarni himoya qiling

Oldindan uskunaga va dasturiy ta’minotiga o‘rnatilgan Samsung Knox telefoningizni yoqilgan paytidan boshlab himoya qiladi. Koʻp darajali xavfsizlikni ta’minlovchi dastur sizning eng muhim ma’lumotlaringizni zararli dasturlardan va tahdidlardan himoya qiladi.

Birgina harakat bilan qulfdan oching

Toʻgʻri kirib boring. Ekranga oʻrnatilgan barmoq izi sensori bilan xavfsizlik haqida xavotir olmasdan ilovalar va veb saytlarga bir zumda kirishingiz mumkin.

*Samsung Pass tizimiga kirish faqat Samsung Internet brauzerida mavjud. **Samsung Pass xususiyatlari hamda imkoniyatlarining muvofiqligi va mavjudligi ilovaga qarab farq qilishi mumkin.

*Samsung Pass tizimiga kirish faqat Samsung Internet brauzerida mavjud. **Samsung Pass xususiyatlari hamda imkoniyatlarining muvofiqligi va mavjudligi ilovaga qarab farq qilishi mumkin.

Maxfiyligingiz himoyalangan

Shaxsiy fotosuratlar, videolar, fayllar, ilovalar va ma'lumotlarni Samsung Knox xavfsizlik platformasidagi Secure Folder da xavfsiz saqlang, bu sizning ma'lumotlaringizni har qanday zararli hujumlardan himoya qiladi. Ma'lumotlaringizga faqat kirishingiz uchun parol yoki barmoq izini qo'shing.

Sizning Galaxy qurilmalaringiz. Sizning qoidalaringiz.

Haqiqiy sizniki boʻlgan narsaga egalik qiling. One UI 4 bilan Galaxy qurilmangizni sozlang va telefoningizga istaklaringizga mos keladigan jozibador koʻrinish bering. Vazifalaringizga muammosiz yordam beradigan va sevimli funksiyalaringizni tayyorlab beradigan maxsus vosita yarating.

* One UI funksiyalarining mavjudligi, ilovalar va xizmatlar operatsion tizim versiyasi va mamlakatga bogʻliq ravishda farq qilishi mumkin. **Haqiqiy UI boshqacha bo‘lishi mumkin.

Birgalikda eshiting. Bu yerga ulangan

Ortiqcha harakatlarsiz e'tiboringizni qarating

Auto Switch funksiyasi tufayli quloqchinlarni avtomatik almashtirib siz doimo kerakli narsalarni eshitasiz. Planshetda film tomosha qiling va telefoningizdagi kiruvchi qo'ng'iroqqa muammosiz o'ting. So'ngra to'xtagan joyingizdan qarab turing.

*Auto Switch funksiyasi faqat One UI 3.1 yoki undan keyingi versiyadagi Galaxy smartfonlari va planshetlarida mavjud. Baʼzi qurilmalar va ilovalar Auto Switch-ni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. **Auto Switch funksiyasini yoqish uchun Galaxy qurilmalari Samsung hisob qaydnomasiga kirgan boʻlishi shart. ***Buds Pro va Galaxy Tab S7 alohida sotiladi.

*Auto Switch funksiyasi faqat One UI 3.1 yoki undan keyingi versiyadagi Galaxy smartfonlari va planshetlarida mavjud. Baʼzi qurilmalar va ilovalar Auto Switch-ni qoʻllab-quvvatlamasligi mumkin. **Auto Switch funksiyasini yoqish uchun Galaxy qurilmalari Samsung hisob qaydnomasiga kirgan boʻlishi shart. ***Buds Pro va Galaxy Tab S7 alohida sotiladi.

Buds Together bilan birga tinglang

Eng yaxshi doʻstingiz bilan sayrga chiqing. Buds Together taronalarni oddiy, lekin beqiyos eshitish tajribasini taqdim etadi.

*Buds Pro alohida sotiladi.

*Buds Pro alohida sotiladi.

Har doim, hamma joyda va hamma vaqt sizning xizmatingizda

Galaxy smartfonini sotib olishni tanlab ichki xotirjamlikdan huzurlaning. “Samsung Members” ilovasidagi interfaol diagnostika va optimallashtirish funksiyalari qurilmalaringizning ish faoliyatini sozlashni osonlashtiradi, bizning ishonch telefonimiz qo‘shimcha yordamga muhtoj bo‘lganingizda muammolarni bartaraf etishga imkon beradi.

*Samsung Members ilovasida mavjud funksiya va imkoniyatlar mamlakat va qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. **Qurilma va ekran rasmlari namuna maqsadlari uchun mo‘ljallangan.

Galaxy A ning yangi modellari bilan tanishing. Mutlaq ustunlik endi hamma uchun mavjud.

Texnik xususiyatlari

  • Protsessor tezligi 2.4GHz, 2GHz
  • Ogʻirlik (g) 186

{{family.currentModel.displayName}}

{{family.currentModel.modelCode}}

Rang : {{chip.displayName}}
{{model.prices.currentPriceDisplay}}
Oyiga {{model.prices.monthlyPrice}} dan {{model.prices.months}} mos
yoki {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price without VAT: {{model.prices.vatFreePriceFormatted}}

Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}

Price before: {{model.prices.priceDisplay}}

{{model.prices.priceDisplay}} {{model.prices.savePrice}}
  • {{summary.title}}

    {{summary.value}}{{summary.unit}}

  • {{summary.title}}

Modellarni solishtiring

O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang

YAQIN O‘TMISHDA KO‘RILGANLAR

*Tarmoq: qurilma tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan o'tkazish qobiliyati mintaqa va xizmat ko'rsatuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

*Batareya: Batareyaning haqiqiy chidamliligi tarmoq sharoiti, foydalanilayotgan xususiyatlar va ilovalar, qo'ng'iroq va xabarlar soni, zaryadlashlar soni va ko'plab boshqa omillarga bog'liq.

*Foydalanuvchi uchun amaldagi xotira: Haqiqiy foydalanuvchi xotira hajmi operatorga qarab farq qiladi hamda dasturiy ta'minotning yangilanishidan so'ng o'zgarishi mumkin.