Galaxy A04
key features
-
Katta displey
-
Kamera 50 MP
-
Akkumulyator 5000 mA/soat
-
MicroSD 1 TB gacha
Katta displey - o'yin uchun ko'proq joy demak
6,5 diagonalli V-ekran bilan imkoniyatlar chegarasini kengaytiring. HD+ texnologiyasi tufayli Galaxy A04 ekrani tiniq va sof tasvir ko'rsatadi.
* Tasvirlar ko'rgazma maqsadlarida modellashtirilgan. ** Diagonal bo'yicha o'lchangan ekran o'lchami to'liq to'rtburchakda 6,5 dyumni va ovallashtirilgan burchaklar hisobiga 6,4 dyumni tashkil qiladi. Haqiqiy ko'rinish qismi ovallashtirilgan burchaklar va kamera o'rni hisobiga kichikroq.
Minimal ko'rinish, sifatli dizayn
Yaltiroq orqa qopqoq bilan birgalikda korpus chiziqlarining lakonik oqlangan simmetriyasi noyob tasvirni yaratadi. Smartfon qora, yashil va mis ranglarda mavjud.
*Ranglar mavjudligi mamlakat yoki aloqa operatoriga bog'liq bo'lishi mumkin.
50 Megapiksellik ajoyib kamera har bir bo'lakni tasvirga tushiradi.
Unutilmas lahzalarni asosiy 50- megapiksellik kameraga tasvirga oling. Galereyangizni Galaxy A04 olgan san'at asarlari bilan to'ldiring.
* Tasvirlar ko'rgazma sifatida modellashtirilgan.
Old kamerada olingan ajralib turuvchi selfilar bilan ulashing
5 megapikselli old kamera yordamida boke effekti bilan yorqin selfi rasmlar oling. Siz doimo e'tibor markazida bo'lasiz!
* Tasvirlar ko'rgazma sifatida modellashtirilgan.
* Tasvirlar ko'rgazma sifatida modellashtirilgan.
Kameraning chuqurlik funksiyasi yordamida fokusni old qismga o'tkazing
Kameraning chuqurlik sensori sizga fokusni obyektga qaratish va sozlanuvchan xiralashtirish effekti bilan betakror suratlarni olish imkonini beradi.
SIzni doimo harakatda ushlab turuvchi kuch
Kuchli 5000 mA/soat (odatiy)* akkumulyator sizga smartfoningizni quvvatlash haqida tashvishlanmasdan soatlab ishlatish imkonini beradi. Aqlli energiya tejash tizimi batareyaning ishlash muddatini maksimal darajada oshirish uchun foydalanish usullariga moslashadi.
*Odatiy sinov qiymatlari uchinchi taraf laboratoriyalaridan olingan. Odatiy qiymat - bu IEC 61960 standartiga muvofiq bir nechta akkumulyator namunalarining quvvat o'lchovlaridagi o'zgarishlarni hisobga olgan o'rtacha qiymatdir. Nominal (minimal) quvvat qiymati 4900 mAh ni tashkil qiladi. Batareyaning haqiqiy ishlash muddati tarmoq muhiti, foydalanish usullari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
RAM Plus yordamida RAM operativ hotirani kengaytiring
RAM Plus operativ xotira virtual kengaytirishning aqlli tizimi cheksiz ishlash imkoniyatiga yo'l ochadi. Endi siz bir vaqtning o'zida yanada ko'proq ilovalardan foydalanishdan bahramand bo'lishingiz mumkin.
Ishonchingizga loyiq bo'lgan xotira va tezlik
Galaxy A04 vazifalarni bajarishda yuqori tezlik va samaradorlikni ta'minlash uchun sakkiz yadroli protsessorning hisoblash quvvatini 3/4 Gb operativ xotira bilan birlashtiradi. MicroSD bilan ichki xotirani 1 TB gacha kengaytirishingiz mumkin.
* RAM operativ va ichki xotira hajmi sotilayotgan mamlakatga qarab farq qilishi mumkin ** microSD xotira kartasi alohida sotiladi
Dolby Atmos bilan oddiy tinglash tajribasidan ko'prog'ini his eting
Shunchaki quloqchinlarni taqing va ohanglar hajmidan rohatlaning. Dolby Atmos texnologiyasi muhitga butunlay sho'ng'ish va voqea markazida bo'lganlik hissini yetkazib beradi.
* Dolby Atmos faqat stereo- qurilma va BT- dinamiklarini qo'llab quvvatlaydi. ** Dolby Atmos sozlamalarda mos rejim yoqilganda mavjud. ** Quloqchinlar alohida sotiladi.
Sizning Galaxy. Sizning uslubingiz
Individuallashtirish imkoniyati mavjud bo'lgan qulay va tushunarli One UI Core 4.1 interfeysi faqat sizga muhim bo'lgan sohalarga e'tiborni jamlashga yordam beradi. Smartfoningizda ishlash maksimal qulaylik yaratishi uchun menyu va ilovalarni o'z didingizga moslab tashkil qiling.
* One UI interfeysi funksiyalari, ilovalari va xizmatlari mavjudligi qurilma turiga, operativ tizim versiyasi va mamlakatga bog'liq.
Qurilmangizni biz bilan mukammal holatda saqlang
Samsung Members ilovasi yordamida smartfoningizning ishlash tezligidan zavqlaning. Interaktiv tashxislash va moslashtirish qurilmaning ishchanligini oson sozlashga yordam beradi.
* Samsung Members app ilovasidagi ba'zi funksiyalarning mavjudligi sotilayotgan mamlakat va qurilma turiga bog'liq.
Texnik xususiyatlari
-
Protsessor 2.3GHz, 1.8GHz
-
Ogʻirlik (g) 192
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
- Versiya 2.0.0
- 6.28 MB
- 06.02.2024
QOZOQ, MO'G'ULISTON, RUMINIYA, Rus, UKRAIN, O'ZBEKISTON -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
- Versiya 1.0
- 3.67 MB
- 06.02.2024
QOZOQ -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
- Versiya 1.0
- 3.65 MB
- 06.02.2024
MO'G'ULISTON -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar (Android 14)
- Versiya 1.0
- 3.67 MB
- 06.02.2024
Rus
Ko'p so'raladigan savollar
- Agar grafik kalit, PIN-kod yoki parol esdan chiqqan bo‘lsa, Samsung Galaxy qulfini qanday ochish mumkin
- Samsung Galaxy qurilmasini qanday qilib yangilash mumkin
- Samsung Galaxy’da zavod sozlamalarini qanday tiklash mumkin (hard reset, factory reset)
- Samsung Galaxy xotirasini qanday tozalash mumkin. Fayllarni xotira kartasiga qanday o‘tkazish mumkin.
- Samsung Galaxy dan modem yoki Wi-Fi ulanish nuqtasi sifatida qanday foydalanish
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang