No Frost texnologiyasiga ega bir eshikli sovutgich, RR7000, Kumushrang, 375 L
key features
-
Katta sig'im
-
No Frost
-
All-around Cooling tizimi
Yanada ko'proq joy
Shkaf o'lchamlariga mos katta sig'im
Cabinet Fit dizayni evaziga katta sig'imga ega sovutgich sizning oshxonangizga uyg'unlik bilan joylashadi. Sizning haftalik xaridlaringizni saqlash uchun yetarlicha joy mavjud bo'lib, o'zingizga kerakli mahsulotlarni osonlik bilan topish va olishingiz uchun ularni sovutgichda tartibli saqlashingiz yanada oson.
*Amaldagi sig'im ko'rsatkichlari har bir modelning xususiyatlariga ko'ra farq qilishi mumkin
Endi qor yoki muzlash yo'q
No Frost
No Frost texnologiyasi sovutgichning har bir qismida doimiy haroratni saqlash uchun havo oqimini yaxshilaydi va natijada qor va muz shakllanishini oldini oladi. Shu bilan birga, u belgilangan harorat tezroq o'rnatilishini ta'minlaydi, muzlatish tizimining yaroqliligini oshiradi hamda quvvat yo'qotilishini oldini oladi
Har bir burchak sovutiladi
Har tomonlama sovutish
All-around Cooling tizimi doimiy ravishda harorat o'zgarishini kuzatib boradi hamda sovutgichning barcha joyini sovutilishini ta'minlaydi. Sovutgich javonlarining har bir qismidagi ventilyatsiya oraliqlari yordamida sovuq havo purkaladi va turli yo'nalishdagi havo oqimlari yaratilib, natijada doimiy harorat saqlab qolinadi va mahsulotlarning o'z sifatini yo'qotmasligiga yordam beradi
Tezkor sovutish va muzlatish
Power Cool va Power Freeze
Ichimliklarni muzlatish yoki muz hosil qilish uchun tezkor muzlatishni ta'minlaydi. Birgina Power Cool tugmasini bosish natijasida sovutgichga intensiv havo yuborilib, mahsulotlar va ichimliklar tezroq sovutiladi. Power Freeze funksiyasi esa muzlatish yoki muzqaymoq kabi muzlatilgan mahsulotlarni qattiq holatga keltirish, yoki ko'p miqdorda muz tayyorlash uchun mos keladi.
Istagan joyingizdan boshqaring
Smart Dongle
Sovutgichda smart kalit bo'lganligi sababli, siz smartfoningizdagi ilovadan* foydalanib istalgan joydan uning ish faoliyati haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Tezkor sovutish funksiyasini boshqarish, sovutish harorati haqida ma'lumotlarni olish yoki uning eshigi ochiq qolganligini bilishingiz ham mumkin. Bundan tashqari, u sovutgichdagi xatoliklarni ham aniqlashga qodir va sizga Foydalanish qo'llanmalarini o'qib o'tirishingiz shart emas.
**iPhone va Android qurilmalari uchun mavjud. Wi-Fi ga ulanish talab etiladi.
Aqlliroq va chidamliroq
Raqamli invertorli kompressor
Raqamli invertorli kompressor 7 ta darajadagi sovutish zaruratiga qarab o'z ish tezligini nazorat qiladi. Natijada uning energiya sarfi eng kam hajmga tushib, shovqin pasayadi hamda yaroqliligi oshib, uzoq vaqt xizmat qiladi. To'liq ishonch uchun esa, uning ishlashiga 10 yillik kafolat taqdim etiladi*.
*10 yillik kafolat faqat kompressor uchun amal qiladi
Eshikda yanada ko'proq joy
Boshqariladigan eshik qutisi
Sovutgichga katta o'lchamli yoki noqulay shakldagi mahsulotlarni joylashtirish murakkabliklar tug'dirish mumkin. Shuning uchun, eshikdagi boshqariladigan quti turli o'lchamlardagi mahsulotlarni qulay tartibga solish hamda saqlash imkoniyatini beradi. Siz shisha idishlar, qog'oz korobkalar va boshqa istalgan o'lchamlardagi joylashtirish uchun joyni o'zgartirib, barcha mahsulotlar o'z joyidaligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Mukammal yorqinlik
Ichki yoritish
Sovutgichning yuqori hamda yon qismlaridagi kuchli yoritish tizimi har bir burchakni yoritishga qodir. U ixcham va yuqori energiya samaradorligiga egaligi uchun u xarajatlarni kamaytiradi va mahsulotlar uchun qo'shimcha joy ajratadi. Uning yumshoq va yoqimli yorug'ligi ko'zlar uchum ham yoqimli bo'ladi.
Optimal namlik
Namlik darajasi boshqariladigan sabzavotlar qutisi
Namlik darajasi boshqariladigan sabzavotlar qutisida yanada ko'proq meva va sabzavotlarni uzoqroq muddat davomida saqlash mumkin. Buning ustiga, unda katta mahsulotlarni saqlash uchun ham yetarlicha joy mavjud. Optimal namlik darjasini nazorat qilish uchun avtomatik tarzda ochilib-yopiladigan oraliqlar yordami namlik chiqarilishi yoki saqlanishi evaziga uning ko'rsatkichlari doimiy tartibga solinadi.
Texnik xususiyatlari
-
Foydali hajm 375 ℓ
-
Umumiy eni 595 mm
-
Korpusning oshiq-moshiq bilan boʻyi 1853 mm
-
Korpusning eshik dastasi bilan chuqurligi (mm) 694 mm
-
Sof ogʻirligi 69 kg
-
Sovitish funktsiyasi All-Around Cooling
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang