The Freestyle LSP3B portative proyektoriga pre-order” aksiyasida ishtirok etish qoidalari.
“Samsung The Freestyle LSP3B Pre-order Portable Projector” (“Aksiya”) aksiyasida ishtirok etish uchun ushbu qoidalar SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA MChSH (SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA) (“Tashkilotchi”) va Aksiya ishtirokchisi o‘rtasidagi kelishuvdir. Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etish orqali www.samsung.uz (“Aksiya veb-sayti”)da joylashtirilgan Aksiyada ishtirok etishning ushbu qoidalariga (“Qoidalar”) roziligini bildiradi

1. Umumiy qoidalar

1.1. Tashkilotchi: 

1.1. Tashkilotchi: “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MChSh (SAMSUNG ELEKTRONIKS SENTRAL YEVRAZIYA). Manzil: Qozogʻiston Respublikasi, Olmaota sh., A05D7M5, Almalin tumani, Jeltoksan ko’chasi, 115-uy, 3-qavat;

1.2. Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 2022-yil 25-aprel soat 12:00 dan – 2022-yil 25-may soat 23:59 gacha (Toshkent shahar vaqti boʻyicha);

1.3. Aksiya oʻtkaziladigan hudud: butun Oʻzbekiston Respublikasi hududi;

1.4. . Aksiyaning rasmiy hamkorlari (keyingi oʻrinlarda “Rasmiy Hamkorlar” deb yuritiladi):

OOO “ Texnomart”, Texnomart: +99871 209 99 44;

OOO "MEDIAPARK GROUP", Mediapark: +99871 203 33 33;

OO ‘’SHUHRAT BEST TECHNO’’Diskont: +99871 207 77 88.

1.5. Aksiya Aksiyaning www.samsung.uz saytida mazkur Qoidalarning 3.1.-bandda ko‘rsatilgan tartibda oldindan buyurtmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va joylashtirish jarayonida Rasmiy hamkorlarning veb-saytlaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.

1.6. Aksiya sayti u haqdagi asosiy maʼlumot manbasi hisoblanadi. Tashkilotchi ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan maʼlumot qisqartirilgan shaklda berilgan, shu bois batafsil maʼlumot bilan www.samsung.uz manzilidagi Aksiya Saytida tanishib chiqish talab etiladi.

 

2. Aksiya ishtirokchisi

2.1. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlgan, 18 yoshga toʻlgan va shaxsan oʻz kuchi va vositalari bilan mazkur Qoidalarning barcha shartlarini bajargan mehnatga layoqatli jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda “Ishtirokchi” deb yuritiladi) aksiyada qatnashishi mumkin.

2.2. Aksiyada Tashkilotchining xodimlari, uning vakolatiga ega shaxslar, ularning oila aʼzolari, shuningdek, Aksiyaning tashkil etilishi va oʻtkazilishiga aloqador boshqa kompaniyalar xodimlari qatnasha olmaydilar.

2.3. Aksiyada ishtirok etish, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, jumladan, shaxsiy maʼlumotlar boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish bilan, Ishtirokchi Tashkilotchiga va uning vakolatiga ega uchinchi shaxslarga, Aksiyaning oʻtkazilishini, uning shartlaring bajarilishini nazorat qilish, reklama, marketing va axborot joʻnatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing ishlari yuzasida boshqa bevosita aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan yashah shahri, toʻliq ism-sharifi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) maʼlumotlari, telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzili kabi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, uzatish, jumladan transchegaraviy uzatish va qayta ishlash uchun rozilik beradi. Bu rozilik belgilangan qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan uzatilgan maʼlumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga, xususan, Tashkilotchining vakolatli shaxslari / boshqa vakolatli shaxslar / uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilish, qayd etish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), oʻchirish, yoʻq qilishga ham taalluqli va bu bilan cheklanib qolmaydi. Bu rozilik, bunday maʼlumotlar Tashkilotchiga yoki uning vakolatiga ega shaxslarga uzatilgan vaqtdan boshlab  5 (besh) yil davomida yoki mazkur rozilik amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda qaytarib olingunga qadar, bu voqealardan qaysi biri oldinroq kelishiga qarab amal qiladi. 

2.4. Aksiyada qatnashish orqali Ishtirokchi Tashkilotchiga uning rasmi bor/uning ishtirokidagi tegishli foto/video materiallarini suratga/videoga olish, saqlash, foydalanish, Internet tarmogʻiga, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish maqsadlarida va boshqa bir qator maqsadlarda joylashtirish uchun toʻliq va haq olmasdan rozilik beradi.

 

3. Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

Aksiya oʻtkazilish davrida yangi Samsung The Freestyle portative proyektoriga (“Proyektor”) mazkur Qoidalarning 1.4-bandida koʻrsatilgan Rasmiy hamkorlardan biriga quyidagi tartibda oldindan buyurtma berish:

a. Tegishli maydonlarda kerakli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Aksiyaning www.samsung.uz saytida roʻyxatdan oʻtish,

b. Aksiyaning www.samsung.uz saytida tegishli maydonida tegishli buyurtmani joylashtirish uchun Rasmiy hamkorlardan birini koʻrsatish, Aksiyada ishtirok etuvchi Proyektor modelini tanlash, tegishli maydonlarda hududni, boshqa kerakli maʼlumotlarni koʻrsatish va Proyektor uchun kamida 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida dastlabki toʻlovni tanlangan Rasmiy hamkor hisobiga Payme to‘lov tizimi orqali amalga oshirish

c. Oldindan buyurtmani tasdiqlovchi Payme kvitansiyasini yoki 3700 nomeridan kelgan tasdiqlovchi SMSni saqlab qoʻyish va agarda Ishtirokchi ushbu Qoidalarga muvofiq gʻolib deb topilsa, tekshirish uchun koʻrsatilgan chekni taqdim etish.

d. 2022-yil 16-mayda Proyektorlar sotuvi boshlanganidan soʻng, asl oʻramini va sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatni saqlab qolgan holda tegishli Proyektorni xarid qilish, shuningdek solishtirish uchun oʻram va xaridni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etish

Shu bilan birga, Ishtirokchi roʻyxatdan oʻtish paytida kiritilgan maʼlumotlar, ularning aniqligi va ishonchliligi uchun toʻliq javobgardir.

3.2. Agar Aksiya Ishtirokchisi Aksiya doirasida bir nechta tovarlarni xarid qilsa, bunday Ishtirokchi oʻzi sotib olgan har bir Proyektor xaridini alohida roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Har bir Ishtirokchi mazkur Aksiya doirasida 2 (ikki) dan ortiq boʻlmagan xaridlarni roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga ega.

3.3. Roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 25-aprel soat 00:00 dan 2022-yil 25-may soat 23:59 gacha qabul qilinadi va buning uchun Proyektorga oldindan buyurtma belgilangan Aksiya davrida berilgan boʻlishi shart.

3.4. Aksiya shartlarini bajargan har bir Ishtirokchi avtomatik tarzda Qoʻshimcha Sovgʻalar yutuqli oʻyinida ishtirok etadi.

 

4. Sovgʻalar

4.1. Aksiya boʻyicha sovgʻalar SAMSUNG savdo belgisi ostidagi quyidagi tovarlar (“Sovgʻa”) hisoblanadi:

4.1.1. SAMSUNG The Freestyle Proyektoriga oldindan buyurtma berilgan taqdirda – Samsung Galaxy Tab A8. (“1-sovg’a”);

4.1.2. SAMSUNG The Freestyle Proyektoriga oldindan buyurtma berilgan taqdirda – The Freestyle Proyektori uchun himoya g‘ilofi (“2-sovg’a”);

4.2. Sovgʻalarning umumiy soni 60 (oltmish) dona, jumladan:

4.2.1. 1-sovg‘a – 30 (o‘ttiz) dona, 

4.2.2. 2-sovg‘a – 30 (o‘ttiz) dona.

4.3. Sovgʻalar soni cheklangan. Tashkilotchi Sovgʻalar sonini mustaqil ravishda belgilash, shuningdek uni oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

4.4. Sovgʻaning rangi Rasmiy Hamkor omboridagi yoki Rasmiy Hamkorning Sovʻgani taqdim etish nuqtasidagi tovarlarning mavjudligiga bogʻliq va Aksiya Saytidagi rasmdagidan farq qilishi mumkin, barcha tasvirlar maʼlumot uchun keltirilgan.

4.5. Aksiya doirasida olingan Sovgʻa uchun ushbu turdagi tovarlar boʻyicha belgilangan standart kafolat amal qiladi.

4.6. Aksiyada ishtirok etgan Proyektor qaytarilgan taqdirda, Sovgʻa qaytarilishi shart. Agar Ishtirokchi Sovgʻani qaytarishdan bosh tortsa, Tashkilotchi tegishli Proyektorni qaytarib olmaslik huquqiga ega. Qaytarish va almashish Rasmiy hamkor tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. 

5. Порядок выдачи/получения Проектора и Подарка по Акции

5.1. Tashkilotchi yoki u vakolat bergan shaxslar mazkur Qoidalarning 3.2-bandda nazarda tutilgan tartibda Ishtirokchilarning roʻyxatdan oʻtish jarayonini roʻyxatdan oʻtgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida tegishli roʻyxatga olish shakllari toʻgʻri toʻldirilganligini tekshirish orqali moderatsiya qiladi. Moderatsiya natijasida Ishtirokchi oʻzi koʻrsatgan telefon raqamiga quyidagilar haqida SMS-xabar oladi: (1) moderatsiya muvaffaqiyatli oʻtgani; yoki (2) sababini koʻrsatgan holda roʻyxatga olish rad etilgani haqida. Bunday xabar kelmagan taqdirda, iltimos, Tashkilotchiga yoki mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan aloqa mʼlumotlari boʻyicha tegishli Rasmiy hamkorga murojaat qiling.

 

5.2. Mazkur Qoidalarning 3.2-bandida koʻrsatilgan barcha shartlarni bajargan birinchi 30 (o‘ttiz) nafar ishtirokchi mazkur Qoidalarning 4.1.1.-4.1.2-bandiga muvofiq 1-sovg‘a va 2-sovg‘ani olish huquqiga ega boʻlgan Aksiya gʻoliblari deb tan olinadi.

5.3. Proyektor va sovg‘alarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan manzildagi tovarlar olish punktidan olib ketish mumkin;

5.5. Tashkilotchi yoki u vakolat bergan shaxslar Sovgʻani olish/topshirish jarayonini kelishish uchun har bir Ishtirokchi bilan oldindan bogʻlanadi.

5.6. Sovgʻani olish uchun Ishtirokchi quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

a. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etish;

b. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportidagi maʼlumotlar ishtirok etish blankasida roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi kerak. Sovgʻani olish huquqi boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas;

c. Sovgʻani qabul qilish-topshirish dalolatnomasini toʻldirish va imzolash;

d. sotib olingan Smartfonni qutisi bilan, sotuvchining muhri qoʻyilgan kafolat talonini, oldindan buyurtmani tasdiqlovchi chekni, xaridni tasdiqlovchi fiskal chekni koʻrsatish

e. qoʻlida Sovgʻa bilan suratga/videoga tushish.

5.7. Ishtirokchi quyidagi hollarda Aksiyada ishtirok etish huquqini yoʻqotadi va Sovgʻani olishga talabgorlik qila olmaydi:

a. Aksiyaning biror shartini buzsa;

b. roʻyxatga olish shartlarini buzsa (shu jumladan notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, bir nechta akkauntlar ostida ishtirok etish, Rasmiy hamkorlarning bir nechta saytlarida ishtirok etish va boshqalar);

c. Ishtirokchi bilan bogʻlanish uchun notoʻgʻri/xato maʼlumotlar taqdim etsa;

d. Agar Tashkilotchi yoki u vakolat bergan shaxslar Rasmiy Hamkorlarning saytlarida roʻyxatdan oʻtishda Ishtirokchi koʻrsatgan aloqa maʼlumotlari orqali 7 kalendar kun ichida 3 martadan ortiq urinishda ham Ishtirokchi bilan bogʻlana olmasa (bunda Ishtirokchi bilan bogʻlana olmasa deyilganda mazkur Qoidalarda Ishtirokchi tomonidan rasmiy hamkorning Saytida roʻyxatdan oʻtish paytida koʻrsatilgan telefon raqamiga muvaffaqiyatli kirish qoʻngʻirogʻini amalga oshirish tushuniladi);

e. firibgarlikka urinish yoki boshqa noqonuniy harakatlar faktlari aniqlansa;

f. roʻyxatga olish maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga bersa;

g. maʼlumotlar/hujjatlarni taqdim etishdan, va/yoki fotosurat/video suratga tushishdan bosh tortsa, hamda mazkur Qoidalarni buzsa.

5.8. Tashkilotchi hech qanday holatda Sovgʻani pul koʻrinishidagi ekvivalentiga almashtirmaydi va/yoki tegishli Sovgʻani boshqa mahsulot bilan almashtirmaydi.

5.9. Sovgʻani olish munosabati bilan yuzaga keladigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar Tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda va oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

 

6. Boshqa shartlar

6.1. Aksiyaning barcha ishtirokchilari, unda ishtirok etishni qabul qilish orqali Aksiyaning Qoidalariga rozili bildirishadi, ularga rioya qilish va bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar. Agar Ishtirokchi Aksiya qoidalarini buzsa yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik harakatlarini amalga oshirsa va/yoki hiyla ishlatsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi.

6.2. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi oʻzining mazkur Qoidalarga soʻzsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarga toʻliq va/yoki qisman rioya qilishdan bosh tortishi, Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi deb qabul qilinadi.

6.3. Tashkilotchi oʻzining www.samsung.uz saytida, shuningdek, Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilish orqali, mazkur Qoidalarni istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega. Bildirishnoma sanasi tegishli maʼlumotlar eʼlon qilingan sana yoki shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatiladigan qoʻshimcha sana hisoblanadi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga rozilik bildirmagan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortish yoʻli bilan oʻzgarishlarni qabul qilishdan bosh tortish huquqiga ega. Ushbu kun oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgarishlarga rozilik berishi sifatida qaraladi.

6.4. Aksiya tanlov, lotereya yoki boshqa biror tavakkalchilikka asoslangan qimor oʻyini emas.

6.5. Tashkilotchining xizmat koʻrsatish sifatini nazorat qilish uchun Ishtirokchining fikrini bilish maqsadida Ishtirokchiga/Gʻolibga Sifat boʻlimidan qoʻngʻiroq qilishlari mumkin. Ishtirokchi/Gʻolib oʻz fikrini bildirishdan bosh tortish huquqiga ega.

6.6. Mazkur internet-sayt va unda keltirilgan maʼlumotlar faqat axborot berish uchun moʻljallangan va hech qanday holatda ommaviy oferta hisoblanmaydi.

 

Tashkilotchi kol-markazining aloqa maʼlumotlari: 

7799 – Yagona qoʻllab-quvvatlash xizmati