«Galaxy S23-Series Launch Promo» aksiyasida ishtirok etish shartlari

“Galaxy S23-Series Launch Promo” (“Aksiya”) aksiyasida ishtirok etishning mazkur qoidalari “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MCHJ (Samsung Elektroniks Markaziy Yevroosiyo) (“Tashkilotchi”) va Aksiya ishtirokchisi o'rtasidagi kelishuv hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy bo’lib, bu orqali ishtirokchi https://www.samsung.com/uz_ru/; https://www.samsung.com/uz_uz/ (“Aksiya Sayti”) manzillaridagi rasmiy onlayn-do'kon saytida joylashtirilgan aksiya o'tkazishning mazkur qoidalari (“Qoidalar”) bilan tanishib chiqqani va ularga so'zsiz amal qilishga roziligini anglatadi: .
 

1. Umumiy qoidalar

1.1. Tashkilotchi: “SAMSUNG ELECTRONICS CENTRAL EURASIA” MCHJ “SAMSUNG ELEKTRONIKS MARKAZIY YEVROOSIYO”, joylashgan manzili: Qozog'iston Respublikasi, Olmaota sh., A05D7M5, Olmali tumani, Jeltoksan ko'chasi, 115, 3-qavat;

1.2. Aksiya o’tkazish Davri: 2023-yil 20-mart soat 0:00 dan 2023-yil 16-Aprel soat 23: 59 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) ;

1.3. Aksiya natijalarini aniqlash sanasi: 2023-yil 16-may;

1.4. Aksiya o’tkazish Hududi: Tashkilotchi Rasmiy hamkorlarining Savdo nuqtalari

1.5. Aksiyaning Rasmiy Hamkori (“Rasmiy Hamkor”):

- “TEXNOMART” MChJ, Texnomart: +99871 209 99 44;

- “FOR A PROSPEROUS FUTURE” MChJ, Ishonch +998 73 515 22 22;

- “Business Group XD” MChJ, Milliy Kredit: +99878 777 00 99;

- “IDEA CONCEPT GROUP” MChJ, Idea: +998 71 230 77 99;

- “Radius Mobile” MChJ, Radius: +99871 200 31 00;

 

1.6. Sovg'alarni topshirish manzillari: Mazkur qoidalarning 1.5. bandida sanab o'tilgan Aksiya Rasmiy hamkorlari tomonidan o'z hududlari maydonlarida o'rnatilgan maxsus promo yoki kassa peshtaxtalari

 

1.7. Aksiya Sayti Aksiyaga oid asosiy ma'lumotlar manbai hisoblanadi. Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi Aksiya to'g'risidagi ma'lumotlari qisqartirilgan bo’lib, barcha to'liq va batafsil ma'lumotlar mazkur Qoidalarda keltirilgan.

 

2. Aksiya Ishtirokchisi

2.1. Aksiya Ishtirokchilari faqat 18 yoshga to'lgan, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega, hamda, O'zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasiga ega chet el fuqarolari, ushbu Qoidalarning barcha shartlarini shaxsan, o'z kuchi va vositalari bilan bajargan (“Ishtirokchi”) muaomala layoqatiga ega jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin.

2.2. Aksiyada Tashkilotchi xodimlari, unga aloqador shaxslar, ularning oila a'zolari, shuningdek Aksiyani tashkil etish va o'tkazishda ishtirok etgan boshqa kompaniyalarning xodimlari ishtirok eta olmaydi.

2.3. Aksiyada ishtirok etib, shuningdek, ro’yxatdan o’tish paytida yoki boshqa usul bilan (shu jumladan Aksiya Saytida) har qanday ma'lumotni, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarni ham taqdim etish orqali ishtirokchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini: yashash shahri, to'liq F.I.SH., shaxsni tasdiqlovchi hujjati (shaxsni tasdiqlovchi hujjati yoki chet el fuqarosining yashash ruxsatnomasi), telefon raqami, elektron pochta manzili, yashash manzilini tashkilotchi va uning vakolatli uchinchi shaxslari aksiyani nazorat qilish maqsadida, uning shartlari, reklama, marketing va axborot byulletenlarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadida boshqa to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni amalga oshirish, shu jumladan transchegaraviy ravishda ham yig'ish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga o’z roziligini bildiradi. Rozilik mazkur qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha turlariga taalluqlidir, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: qabul qilish, yozib olish, saqlash, aniqlashtirish, foydalanish, uzatish (shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq transchegaraviy uzatish), o’chirish, yo'q qilish, shu jumladan tashkilotchining vakolatli shaxslariga/boshqa vakolatli shaxslarga/uchinchi shaxslarga ham. Rozilik ma'lumotlar Tashkilotchiga topshirilgan paytdan boshlab va ushbu rozilik amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilingungacha amal qiladi.

2.4. Aksiyada ishtirok etib, ishtirokchi tashkilotchiga foto/video suratga olish, saqlash, foydalanish, uning tasviri/ishtirokidagi tegishli foto/video materiallarni Tashkilotchining saytida, shuningdek Tashkilotchining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirishga, shuningdek boshqa maqsadlarda, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, buxgalteriya va hisobot uchun ham foydalanishga shartsiz va bepul rozilik beradi.

 

3. Aksiya Tavsifi

3.1. Mazkur Qoidalarga muvofiq, ishtirokchi mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan barcha shartlar bajarilgan taqdirda, quyida keltirilgan sovg'alardan birini olish imkoniyatiga ega.

 

4. Aksiyada ishtirok etish shartlari

4.1. Aksiyada ishtirok etish uchun ishtirokchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi kerak:

- Aksiya o’tkazish Davri mobaynida hamda ushbu Qoidalarning 1.4-bandida ko'rsatilgan Aksiya O’tkazish Hududida Samsung Galaxy savdo belgisi ostidagi quyidagi mahsulotlardan birini xariq qilish: S23, S23+, S23 Ultra ("Mahsulot").

- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mobil qurilmaning IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish;

- Aksiya yakuniga qadar mahsulotlarning zavod qadoqlarini va Mahsulotlarni sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, shu jumladan fiskal cheklarni saqlash, shuningdek qadoqlash va sotib olinganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni tasdiqlash uchun taqdim etish.

 

5. Sovg'alar

5.1. Sovg'a Aksiya Ishtirokchisiga mo'ljallangan, u xarid qilgan Mahsulotdan kelib chiqqan holda "Bepul (Foizsiz) boshlang'ich to'lovsiz 12 oylik muddatli to'lov (0% boshlang'ich to'lov - 0% qo'shimcha foizlar - 12 oyga) ("Muddatli to'lov").

5.2. Muddatli to'lovlarning umumiy soni 200 (ikki yuz) dona.

5.3. Agar aksiya ishtirokchisi aksiya doirasida bir nechta mahsulotlarni xarid qilgan bo'lsa, ishtirokchi ushbu aksiya doirasida umumiy soni 2 (ikki) dan oshmagan sovg'a olish huquqiga ega.

5.4. Aksiya doirasida olingan Sovg'a ushbu turdagi mahsulotlar uchun standart kafolatga ega.

5.5. Quyidagi hollarda Ishtirokchi aksiyada qatnashish huquqidan mahrum bo'ladi va muddatli to'lov olish huquqiga ega bo'lmaydi:

5.5.1. Aksiyaning biror-bir shartini buzilishi;

5.5.2. firibgarlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga urinish holatlarining aniqlanishi;

5.5.3. Mahsulot, qadoq va Mahsulot xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar uchinchi shaxslarga Sovg'a olish uchun topshirilishi;

5.5.4. Mazkur Qoidalarni buzgan holda ma'lumot/hujjatlarni taqdim etishdan va/yoki foto/video suratga tushishdan bosh tortilishi.

5.6. Hech qanday holatda tashkilotchi muddatli to'lovni pul ekvivalentiga almashtirmaydi va/yoki tegishli Sovg'ani boshqa mahsulotga almashtirilishni ta'minlamaydi.

5.7. Sovg'ani olish bilan bog'liq bo'lgan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda va o'z hisobidan to'lanadi.

5.8. Agar biror-bir shaxs Sovg'a qiymati, soliqlar yoki boshqa to'lovlarni to'lashni talab qilsa, iltimos, bunday to'lovlarni amalga oshirmang va darhol Tashkilotchiga murojaat qiling.

 

6. Aksiya g'oliblarini aniqlash va Sovg'alar berish tartibi

6.1. Muddatli to'lov olish huquqiga ega bo'lgan Aksiya g'oliblari deb ushbu Qoidalarning 4.1-bandida ko'rsatilgan barcha shartlarni bajargan va Sovg'alar berish Nuqtasiga Mahsulotga Muddatli to'lov olish uchun shaxsan va o'z mablag'lari hisobidan tashrif buyurgan dastlabki 200 (ikki yuz) ishtirokchi tan olinadi.

6.2. O'tkazilgan Aksiya natijalari Tashkilotchi tomonidan Aksiya Saytida 2023-yil 16-maydan kechiktirilmasdan e'lon qilinadi.

6.3. Aksiya G'olibi ushbu Qoidalarning 1.6-bandida belgilangan Mahsulotlarni sotib olish joyiga qarab Sovg'alarni berish Nuqtasida Muddatli to'lov rasmiylashtirish imkoniyatiga quyidagilarga muvofiq ravishda ega:

 

6.3.1. Ushbu Qoidalarning 1.3.1-bandida ko'rsatilgan Aksiyaning Rasmiy Hamkoridan Mahsulot sotib olingan taqdirda, Muddatli to'lovni rasmiylashtirish uchun quyidagilar kerak:

- Aksiya Rasmiy Hamkorining tegishli savdo shoxobchasining kassasidagi promo-peshtaxtalariga murojaat qilish, mobil qurilma IMEI kodi ro'yxatdan o'tgan Mahsulotni va qutisini, sotuvchining muhri tushirilgan kafolat talonini, mahsulot nomini o'z ichiga olgan va uni sotib olginganligini tasdiqlovchi fiskal chekni taqdim etish,

- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini taqdim etish,

- Tegishli skoringdan o'tish

- Tegishli foto / video hisobot qilish.

6.4. Sovg'a berish Nuqtalari Aksiya G'oliblariga faqatgina Aksiyaning barcha shartlariga qat'iy rioya qilingan holda Sovg'alar taqdim etadi.

 

7. Aksiya Ishtirokchisining huquq va majburiyatlari

7.1. Aksiya Ishtirokchisining Huquqlari:

- Mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqish;

- Mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda Aksiyada ishtirok etish;

- Aksiya Saytidagi ommaviy resurslar va aloqa kanallaridan Aksiya o'tkazish shartlari va muddatlari to'g'risida ma'lumot olish;

- Aksiya Saytida mazkur Qoidalarning o'zgarishi haqida, agar ular mavjud bo'lsa, tegishli ma'lumot olish;

- Ushbu o'zgarishlarga rozi bo'lmagan taqdirda, aksiyada ishtirok etishdan voz kechish orqali o'zgarishlarni qabul qilishdan bosh tortish. Ushbu sanadan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan o'zgarishlarga roziligi sifatida qabul qilinadi;

- Aksiya Tashkilotchisi haqida ma'lumot olish;

- Mazkur Qoidalarga muvofiq Sovg'a taqdim etilishini talab qilish;

 

7.2. Aksiya Ishtirokchisining Majburiyatlari:

- Qoidalarga rioya qilish, shu jumladan mazkur Qoidalarda belgilangan muddatda Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq barcha harakatlarni bajarish;

- Aksiyada ishtirok etish bilan bog'liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, (ammo ular bilan cheklanmagan holda) internet, telefon va boshqalar uchun xarajatlarni mustaqil ravishda amalga oshirish;

- Mazkur Qoidalarda va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.

 

8. Aksiya Tashkilotchisining huquq va majburiyatlari

8.1. Tashkilotchining Huquqlari:

 

- Aksiya O’tkazish Muddati davomida Aksiya Saytiga tegishli ma'lumotlarni joylashtirish orqali Ishtirokchini oldindan ogohlantirgan holda mazkur Qoidalarni bir tomonlama ravishda o'zgartirish. Ogohlantirish sanasi - bu Aksiya Saytida tegishli ma'lumotlar e'lon qilingan sana yoki shartlar o'zgarganda ko'rsatilgan qo'shimcha sana. Ushbu sanadan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan o'zgarishlarga roziligi sifatida qabul qilinadi.

Mazkur qoidalar shartlarining to'g'ri bajarilganligini tasdqilash maqsadida Mahsulot xarid qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar: fiskal chek, Hamkor va Aksiya g'olibi o'rtasidagi muddatli to'lov shartnomasi, bular bilan cheklanmagan holda boshqa hujjatlar hamda Mahsulotning qadog'ini taqdim etishni Ishtirokchidan talab qilish.

- Ishtirokchilardan mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda zarur ma'lumotlar va hujjatlarni, shuningdek davlat organlariga taqdim etish uchun boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish;

- Tashkilotchi ushbu Aksiya Qoidalari va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi;

- Qoidalarning 4.1 - bandida ko'rsatilgan barcha shartlarni bajarmagan Aksiya Ishtirokchisiga to'g'ri va to'liq sovg'alar berishni rad etish;

- Aksiya Ishtirokchisi ushbu qoidalarga rioya qilmaslik holati aniqlanganda, Aksiya Ishtirokchisiga Sovg'a berishni rad etish.

 

8.2. Tashkilotchining Majburiyatlari:

- Qoidalarga rioya etish, aksiyani o'tkazish bilan bog'liq barcha harakatlarni Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarish;

- Aksiyaning Qoidalarga muvofiq o'tkazilishini ta'minlash;

- Aksiya Ishtirokchilarini Aksiya Saytida va tanlangan aloqa kanallari orqali aksiya qoidalarini joylashtirish orqali uni o'tkazish qoidalari to'g'risida xabardor qilinishini ta'minlash;

- Qoidalarning barcha shartlarini to'g'ri bajargan Aksiyaning barcha Ishtirokchilariga Aksiya Sovg'alarini taqdim etish.

 

9. Boshqa shartlar

9.1. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari unda ishtirok etib, Aksiya qoidalariga rozilik bildiradilar, ularga rioya va amal qilish majburiyatini oladilar. Ishtirokchi quyidagi hollarda sovg'a olish huquqini yo'qotadi:

- Aksiyaning mazkur Qoidalarini buzish;

- Sovg'a olish uchun firibgarlik va/yoki yolg’on harakatni amalga oshirish;

- noto'g'ri/noaniq ma'lumotlarni taqdim etish;

- Tashkilotchining ko'rsatilgan aloqa ma'lumotlari bo'yicha 30 kun ichida ishtirokchi bilan bog'lanishning imkoni bo’lmagan holda.

 

9.2. Aksiyada ishtirok etib, ishtirokchi mazkur Qoidalarga so'zsiz roziligini bildiradi. Ishtirokchining Qoidalarga to'liq va/yoki qisman rioya qilishdan bosh tortishi, Ishtirokchining Aksiyada qatnashishdan bosh tortishi deb tan olinadi.

9.3. Aksiyani ijro etish jarayonida Ishtirokchidan uni shaxsini tasdiqlash uchun pasport taqdim etilishi talab qilinishi mumkin;

9.4. Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa qimor o’yini hisoblanmaydi;

9.5. Ishtirokchiga Tashkilotchi/Hamkorning Sifat bo'limidan xizmat ko'rsatish sifatini nazorat qilish uchun qo'ng'iroq amalga oshirilishi mumkin. Ishtirokchi o'z fikrini bildirishdan bosh tortishi mumkin.

9.6. Ushbu Internet sayt va uning tarkibi faqat axborot berish maqsadiga ega va hech qanday sharoitda ommaviy oferta hisoblanmaydi.

Aksiya bilan bog'liq barcha savollar borasida Tashkilotchining aloqa ma’lumotlariga murojaat qiling. Tashkilotchi qo'ng'iroq-markazining aloqa ma’lumotlari:

 

7799 - yagona qo'llab-quvvatlash xizmati.