“Megogo x Samsung” aksiyasida qatnashish qoidalari
1. Aksiyada qatnashish orqali Ishtirokchi mazkur Aksiyada qatnashish qoidalariga (“Qoidalar”) rozilik bildiradi.
2. Aksiyaning oʻtkazilish muddati: 2020-yil 02-noyabrdan 2022-yil 30-yanvargacha
3. Ishtirokchilar.
3.1. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan aniqlanadi) va Aksiyada qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Aksiya Ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Aksiyada qatnashib, Ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin. Sovgʻalarni topshirish uchun zarur boʻlgan shartlarni imzolash yoki shaxsiy maʼlumotlarni topshirishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb hisoblanadi.
4. Aksiyani oʻtkazish tartibi (“Qoidalar”)
Mazkur Qoidalarga muvofiq, mazkur Qoidalarda koʻzda tutilgan barcha shartlarni bajargan Ishtirokchi xarid qilingan televizor modeliga qarab faollashtirilganidan uch oydan bir yilgacha amal qiladigan bepul MEGOGO obunasiga sovgʻa sifatida olish imkoniyatiga ega boʻladi.
4.1. Aksiyada qatnashish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
o 2020-yilning 02-noyabridan 2022-yilning 30-yanvargacha boʻlgan davr mobaynida Samsung savdo belgisi ostida chiqarilgan SMART televizorlarni (“Televizor”) hamkorlarning koʻrsatilgan doʻkonlari va veb-saytlaridan xarid qilish;
o Televizor sotib olingan joyda quyidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda xarid rasmiylashtirish: FIO, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili va Televizorning seriya raqami;
o Oʻz televizorida MEGOGO xizmatida roʻyxatdan oʻtish;
o Obunani faollashtirilgan paytdan boshlab Samsung Full HD televizor modellariga 3 oy, Samsung Ultra HD (UHD) televizor modellariga 6 oy, Samsung QLED televizor modellariga 12 oy bepul obuna taqdim etiladi.
o
o televizorni mazkur Qoidalarning 2-bandida koʻrsatilgan muddatdan keyin yoki undan oldin sotib olish aksiyada ishtirok etish imkonini bermaydi.
5. Aksiya boʻyicha sovgʻalar.
5.1. MEGOGO media xizmatidan taqdim etilgan va xarid qilingan televizor modeliga qarab faollashtirilgandan keyin xizmatdan uch oydan bir yilgacha bepul foydalanish imkoniyatini beradigan bepul obuna Aksiya sovʻgasi hisoblanadi;
5.2. Obunani qanday faollashtiriladi:
· Smart TV televizorida MEGOGO ilovasiga kiring;
· Ilovada sovgʻa aks etgan bannerda “Olish” tugmasini bosing;
· Butun oilangiz bilan tomoshadan zavq oling.
5.4. Faollashtirilgan obuna boshqa qurilmada takroran faollashitirib boʻlmaydi.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
1.
6. Boshqalar.
1.1.
6.1. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari unda qatnashish bilan Aksiya qoidalariga rozilik bildirgan hisoblanadi, hamda ularga amal qilishlari va ulardagi talablarni bajarishlari shart boʻladi. Ishtirokchi Aksiya qoidalarini (jumladan aloqa va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish tartibini) buzgan taqdirda yoki Sovgʻani olish uchun firibgarlik va/yoki aldov harakatini sodir etsa/sodir etganlikda gumon qilinsa, u Sovgʻani olish huquqidan mahrum boʻladi;
6.2. 6.3. Aksiyada ishtirok etish bilan, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotni taqdim etish orqali Ishtirokchi reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek, marketing maqsadlarida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, xususan: joylashgan shahri, FIO, telefon raqami, elektron pochta manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini yigʻish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga oʻz roziligini beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlardan ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan foydalanish mumkin. Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni imzolashdan yoki taqdim etishdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida qabul qilinishi mumkin.
6.3. 6.4. Tashkilotchi mazkur Qoidalarni Aksiyaning quyidagi manzil boʻyicha joylashgan Internet tarmogʻidagi sahifasida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega: https://www.samsung.com/uz_uz/promo/megogo/
6.4. Xabar berish sanasi tegishli maʼlumot saytda nashr qilingan sana yoki Aksiya sahifasida shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatilgan qoʻshimcha sana hisoblanadi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga norozi boʻlgan taqdirda, Ishtirokchi Aksiyada qatnashishdan bosh tortish bilan oʻzgartirishlarni qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Ushbu sana oʻtganidan keyin Aksiyada ishtirok etishni davom ettirish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgartirishlarga rozilik berishi sifatida qabul qilinadi.
6.5. 6.6. Aksiyada ishtirok etish bilan Ishtirokchi oʻzi tushgan/ishtirok etgan fotosuratlar/video/promo rolikni Tashkilotchining saytida, shuningdek, Tashkilotchining/Aksiya bilan bogʻliq boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishiga oʻz roziligini bildiradi;
6.6. Aksiya tanlov, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa turdagi qiziqtiruvchi oʻyin emas.
6.7. Vaucherni olish huquqini boshqa shaxslarga uzatish mumkin emas. Vaucher boshqasiga almashtirib berilmaydi;
6.8. Moddiy ekvivalentda toʻlab berilmaydi;
6.9. Haqiqiy tovar rasmdagi tasvirdan farqlanishi mumkin
6.10. Aksiyada doʻkon xodimlari qatnasha olmaydilar.