“Keling, birga san’at asari yaratamiz” tanlovida qatnashish qoidalari
1. Tanlovda qatnashish orqali Ishtirokchi mazkur tanlovda qatnashish qoidalariga (“Qoidalar”) rozilik bildiradi.
2. Tanlovning oʻtkazilish muddati: 2020-yil 5-dekabrdan 25-dekabrgacha.
3. Ishtirokchilar:
3.1. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan, 18 yoshga toʻlgan (shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etish bilan aniqlanadi) va barcha qatnashish shartlarini bajargan jismoniy shaxslar Tanlov Ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Tanlovda qatnashish orqali, ishtirokchi oʻz aloqa maʼlumotlarini va shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan: reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek marketing maqsadlarida boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun familiyasi, ismi, telefon raqami maʼlumotlarini uzatishga rozilik beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlar ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan ishlatilishi mumkin. Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan shartlarni imzolash yoki shaxsiy maʼlumotlarni topshirishdan bosh tortish, sovgʻani olishdan bosh tortish deb hisoblanadi.
4. Tanlovni oʻtkazish tartibi (“Qoidalar”)
Mazkur Qoidalarga muvofiq, unda koʻzda tutilgan barcha shartlarni bajargan Ishtirokchi Samsung The Frame QE43LS03TAUXCE (“Sovgʻa”) televizorini bitta nusxada sovgʻa sifatida yutib olish imkoniyatiga ega boʻladi.
4.1. Tanlovda qatnashish uchun Ishtirokchi quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
o 2020-yil 5-dekabrdan 15-dekabrgacha boʻlgan muddat mobaynida qoʻl ostidagi har qanday buyumlardan biror mashhur rassom qalamiga mansub birorta tasviriy sanʼat asarini oʻz qoʻllari bilan mustaqil tarzda qayta yaratish;
o Facebook va Instagram tarmoqlaridagi @samsunguzbekistan sahifalariga obuna boʻlish;
o Hosil boʻlgan instalyatsiyani suratga olib, uni @samsunguzbekistan akkauntini belgilagan holda oʻz profilida (Instagram) joylash;
o Ishning suratini tanlov postiga (Facebook) joylash;
o tanlov posti ostida “qatnashaman” deb yozib, doʻstlarni belgilash;
o Tanlovga rasm emas, balki instalyatsiya (instalyatsiya – har xil real buyumlardan yasalgan hajm va oʻlchamli kompozitsiya) qabul qilinadi. U mashhur tasviriy sanʼat asariga oʻxshashi va ushbu tasviriy sanʼat asarining nomi koʻrsatilishi lozim.
o Ishtirokchi profili tanlov davri mobaynida hammaga koʻrinishi kerak.
o Tanlov Facebook va Instagram tarmoqlarida oʻtkaziladi, unga Facebook foydalanuvchisidan bitta instalyatsiya va Instagram foydalanuvchisidan bitta instalyatsiya qabul qilinadi. Bu esa bitta ishtirokchi har bir ijtimoiy tarmoq orqali ikkita turli ishlarni yoki bitta ijtimoiy tarmoq orqali bitta ishni topshirishi mumkin deganidir.
o Taqdim etilgan ish (instalyatsiya) behayo mazmundan xoli, odamlarda ziddiyat keltirib chiqarishga moʻljallangan salbiy hissiyotlarni junbushga keltiradigan agressiv mavzuda boʻlmasligi, chekish yoki boshqa zararli odatlarni targʻib qilmasligi kerak.
o zoʻravonlik, irqiy, milliy, ijtimoiy, siyosiy yoki diniy toqatsizlikni targʻib qiluvchi matn yoki tasvirlardan, shuningdek ularga oid chaqiruvlardan xoli boʻlishi, biror shaklda OʻzR qonunchiligiga zid boʻlmasligi va undagi qonunlarni buzmasligi kerak;
o Instalyatsiya tanlov oxirigacha saqlanishi va sovg'a beriladigan vaqtda taqdim etilishi zarur. Instalyatsiyani olib kelish imkoni bo'lmagan taqdirda, ishtirokchi bilan birgalikda instalyatsiya fotosuratini taqdim etishingiz kerak.
5. Tanlov sovʻgasi:
5.1. Samsung savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan The Frame (QE43LS03TAUXCE) televizori tanlov sovʻgasi hisoblanadi (“Sovgʻa”);
5.2. Sovgʻa pul mablagʻlari yoki boshqa mahsulotlarga almashtirib berilmaydi. Tanlov ishtirokchisi Sovgʻani olishni rad etish huquqiga ega, bunda Ishtirokchiga ushbu harakat uchun hech qanday pul mablagʻi toʻlanmaydi;
6. Boshqa.
6.1. Barcha ishtirokchilar tanlovda qatnashish orqali Tanlov qoidalariga rozilik bildiradilar va ularni bajarish va ularga rioya qilish majburiyatini oladilar. Agar Ishtirokchi Tanlov qoidalarini buzsa (shu jumladan aloqa va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmasa) yoki firibgarlik harakatini bajarsa/bajarishda gumon qilinsa va/yoki Sovgʻani qoʻlga kiritish uchun yolgʻon ishlatsa/ishlatishda gumon qilinsa, u sovgʻani olish huquqidan mahrum etiladi;
6.2. Tanlovda ishtirok etish bilan, shuningdek har qanday maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotni taqdim etish bilan, Ishtirokchi reklama, marketing va axborot tarqatmalarini amalga oshirish, shuningdek, marketing maqsadlarida va xizmat koʻrsatish sifatini tekshirish uchun boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni amalga oshirish maqsadida oʻzining shaxsiy maʼlumotlarini, xususan: joylashgan shahri, toʻliq ismi, telefon raqami, foto, elektron pochta manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlarini yigʻish, saqlash, uzatish va qayta ishlashga oʻz roziligini beradi. Aloqa va shaxsiy maʼlumotlar ulardan foydalanish muddati, tarqatish hududini cheklamasdan va qoʻshimcha haq toʻlamasdan ishlatilishi mumkin. Sovgʻani topshirish uchun zarur boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarni imzolashdan yoki taqdim etishdan bosh tortish, uni olishdan bosh tortish sifatida baholanishi mumkin;
6.3. Tashkilotchi mazkur Qoidalarni Internet tarmogʻidagi oʻz sahifasida tegishli xabarni joylashtirish yoʻli bilan Ishtirokchini oldindan xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda oʻzgartirish huquqiga ega:
6.4. Tegishli maʼlumot saytda nashr qilingan sana yoki Tanlov sahifasi bayon qilingan shartlar oʻzgartirilganda koʻrsatilgan qoʻshimcha sana xabar berish sanasi hisoblanadi. Koʻrsatilgan oʻzgarishlarga norozi boʻlgan taqdirda, Ishtirokchi Tanlovda qatnashishdan bosh tortish bilan oʻzgartirishlarni qabul qilishni rad etish huquqiga ega. Ushbu sana oʻtganidan keyin Tanlovda qatnashishda davom etish Ishtirokchining kiritilgan oʻzgartirishlarga rozilik berishi sifatida baholanadi;
6.5. Tanlovda ishtirok etish bilan Ishtirokchi oʻzi tushgan/ishtirok etgan fotosuratlar/video/promo rolikni Tashkilotchining saytida, shuningdek, Tashkilotchi/Tanlov bilan bogʻliq boshqa shaxslarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishiga oʻz roziligini bildiradi;
6.6. Tanlov lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa turdagi qiziqtiruvchi oʻyin emas.