28" UH750 seriya UHD monitori
Yashasin tafsilotlar!
Ultra-yuqori ravshanlik
UH85 monitorining tiniqlik yechimi Full HD formatidan 4 barobar yuqori. Kengaytirilgan ish maydoni sahifalarni tepa-pastga surish va yaqinlashtirish funktsiyasidan kamroq foydalanish bilan ko'proq sonli veb sahifaalri, tasvirlar va matnlarni tomosha qilish, ko'rish imkonini beradi. Sodir bo'layotgan voqea-hodisalarda qatnashish hissini beruvchi realistik tafsilotlarning yangi darajasi bilan kontentni 4K tiniqlik yechimida u qanday o'ylab chiqilgan bo'lsa, xuddi shunday tomosha qiling, ko'ring.
Ekspressiv ranglar
1 milliard rang tuslari uchun kvant nuqtalari
UH85 ekranidagi ranglarning 1 milliard tuslari uchun berilgan cheksiz kichik o'lchamli kvant nuqtqalari yorqin va rang-barang tasvirlar yaratadi. Xususan, to'yingan yashil va qizil ranglar sizning professonal talablaringizga javob beradi, ayniqsa fotosuratlar tahriri va grafik dizaynni amalga oshirish uchun mos keladi.
Ikki ekran funksiyasi PBP
Samsung Picture-by-Picture ("Tasvir yonida tasvir") funktsiyasi bir vaqtning o'zida ikki qurilmani ulash va shu bilan birga asl nusxa tasvir sifatini saqlab qolish imkonini beradi.
PIP yordamchi ekrani
Picture-in-Picture ("Tasvirda tasvir") funktsiyasi hatto bir vaqtning o'zida bir necha vazifani bajarish zarur bo'lgan hollarda ham ikkinchi monitordan foydalanishdan voz kechish imkonini beradi. Ikkinchi tasvir ekranning 25% gacha maydonini egallashi uchun moslash va uning joyini tanlash mumkin.
Sizning tijorat makoningizga muvaffaqiyat bilan uyg'unlashadi
Ergonomik dizayn
Uni aylantirish, qiya qilib qo'yish, balandligini tegishlicha o'zgartirishning mumkinligi har qanday sharoitlarda ishlash imkoniyatini beradi. Ushbu monitorni devorga o'rnatib osib qo'yish yoki biror qattiq yuzada o'rnatish mumkin; mahkamlash vositalari VESA standartlari talablariga javob erbadi. Uning nafis, biroq mustahkam dizayn qurilishi va orqa panelining silliq dizayni har qanday ofis yoki uy sharoitida mukammal uyg'unlashib ketadi.
Ultra HD go'zalligi
Yupqa korpus, yupqa romlar
Yupqa korpusli va yupqa romlarga olingan UH85 monitori. Uning orqa paneli xiralashtirilgan qora rangda bajarilgan va nafis, biroq mustahkam balandligini o'zgartirsa bo'ladigan taglik bilan ta'minlangan; va unda ish unumdorligi va go'zallik uyg'unligi mujassam. Bu monitor sizning tijoratingiz talablariga javob berish uchun yaratilgan. Uning yupqa zamonaviy dizayni haq qanday ofis interyeriga mukammal ravishda mos keladi.
Ma'lumot uzatish va qayta zaryad berish sur'atini oshiring
Ko'p sonli USB 3.0 portlari
To'rtta USB 3.0 portlari qurilmalar orasida ma'lumotlarni USB 2.0 portlariga qaraganda taxminan 10 barobar tezroq uzatish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu portlarning ikkitasi sizning planshetli kompyuteringiz, smartfoningiz va boshqa mobil qurilmalaringizga misli ko'rilmagan qisqa vaqt ichida qayta zaryad berish imkonini beradi: USB 2.0 portlarini ishlatgandagiga qaraganda 3 barobar tezroq.
Texnik xususiyatlari
-
Aspekt Nisbati 16:9
-
Yorqinlik (odatiy qiymat) 300 kd/m2
-
Statik kontrast 1000:1
-
Ekran qobiliyati 3840 x 2160
-
Javob vaqti 1 ms (GTG)
-
Yangilash tezligi 60 Gs
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 2.52 MB
- 17.03.2020
INGLIZ -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 2.4 MB
- 17.03.2020
INGLIZ -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 2.46 MB
- 17.03.2020
QOZOQ -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 2.46 MB
- 17.03.2020
Rus
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang