Simsiz zaryadlovchi qurilma Wireless Charger Duo
Ikki qurilma uchun bitta quvvatlagich
Telefoningiz va Galaxy Watch yoki Galaxy Watch va quloqchinlaringiz kabi sevimli qurilmalaringiz boʻlsin — ularni bir vaqtning oʻzida quvvatlang. Tunda quvvatlashga qoʻying, ertasiga hammasi tayyor boʻladi.
*Quvvatlanish tezligi qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Quvvatlashning haqiqiy tezligi haqiqiy foydalanish, quvvatlash sharoitlari va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.
Boshqa qurilmalar bilan bemalol ishlaydi
The Wireless Charger Duo koʻlamli qurilmalar bilan ishlay oladi. Telefondan tortib soatgacha turli xil sevimli qurilmalaringizni osongina quvvatlang*.
*Qi bilan ishlaydigan smartfonlar, Galaxy Buds, Buds+, Buds Live, Galaxy Buds Pro, AirPods 2 va AirPods Pro quloqchinlari, shuningdek Galaxy Watch3, Active2 va Active aqlli soatlarini quvvatlantira oladi.
Galaxy Watches huddi uydagidek toʻgʻri
Galaxy Watch* ni maxsus joyga oʻrnatib, koʻz ochib yumguncha quvvatlang. Soatga ulayotganingizda oʻng tomondagi joylashgan ichki magnit uni oʻz joyiga mahkam oʻrnashishini taʼminlaydi.
*Faqatgina Galaxy Watch qurilmalari bilan ishlaydi (Watch3, Active2 va Active aqlli soatlar) *Galaxy Fit mahsulotlari bundan mustasno.
Quvvatni kuchaytirish uchun quvvat
9W gacha tez zaryadlash yordamida yetarli quvvatni tez oling. Batareyani bunday quvvatlanishi USB PD va Adaptive Fast Charging sayohat quvvatlantirgichlariga mosdir.
*Tezkor quvvatlash faqatgina smartfonlar uchun mavjud. Galaxy Note5 va undan keyingi modellar yoki iPhone 8 va undan keyingi modellar bilan ishlaydi. *Zaryadlash tezligi qurilmaga qarab farq qilishi mumkin. Aniq quvvatlash tezligi qurilmadan foydalanish, quvvatlash sharoitlari va boshqa omillar hisobiga farq qilishi mumkin. *Simsiz quvvatlana oladigan Apple qurilmalari 7,5 vattgacha tez quvvatlanishi mumkin. *USB Power Delivery (PD) quvvatlagichi va Moslashuvchan tez quvvatlovchi (AFC) adapterlari alohida sotiladi. *Power Delivery (PD) va Moslashuvchan tez quvvatlash (AFC) Samsung qurilmalarining tez quvvatlash protokollari hisoblanadi.
Osuda tungi uyqu uchun xiralashgan yorugʻlik
Chiroqqa chiroyli oromingizni buzishiga ehtiyoj yoʻq. Friendly LED nafaqat qurilmalaringiz quvvatlanish holatini koʻrsatish uchun rangni intuitiv ravishda oʻzgartiradi, balki uyqu paytida xalaqit bermasligi uchun xira qilib sozlanishi ham mumkin.
*LED yorugʻligini xiralashtirish faqatgina mobil telefon orqali boshqarilishi mumkin (Galaxy S10 va Note10 seriyalaridan boshlab). *Xiralashish rejasini Sozlamalar menyusida tezkor simsiz zaryadlashni maʼlum vaqtga oʻchirish va LED chiroqni xiralashtirish orqali tuzish mumkin.
Telefoningizni gʻilofida qoldiring
Telefoningiz himoyalangan holda ham quvvatlanadi. Zaryad yengil gʻiloflar orqali oʻta oladi, shuning uchun gʻilofni yechib tashlashga hojat yoʻq — shunchaki qoʻying va quvvatlantiring.
*Qurilma chap panelning oʻrtasiga qoʻyilishi va zaryadlovchi moslamaga toʻgʻri joylanishi shart. *Quvvatlash boʻyicha sinovlar faqat Samsung mahsulotlari bilan ustida oʻtkazildi. *3 mm dan katta qalinligi quvvattning pasayishiga va issiqlik hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin va buning natijasida quvvatlash vaqti uzayadi. *Quvvatlash vaqti quvvatlash sharoitlari va korpus materialiga qarab turlicha boʻlishi mumkin. *Qurilmani markazga joylashtirish tavsiya etiladi.
Texnik xususiyatlari
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
Xavfsizlik bo'yicha qo'llanma
- Versiya 1.2
- 6.31 MB
- 25.01.2021
KOREYS, INGLIZ, Portugal (Braziliya), XITOY, ISPANCHA, ARABCHA, BOLGARIYADA, CHEX, Daniya, ESTONIYA, Forscha, FINLYANDIYA, FRANTSUZ, Yunoncha, ITALYANCHA, QOZOQ, LATVIYA, LITVA, Makedon, NORVEGIYA, POLYAK, PORTUGALIYA, RUMINIYA, Rus, SERBIYA, SLOVAKIYA, SLOVENIYA, SHVETSIYA, Tay, TURKCHA, UKRAIN -
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
- Versiya 1.0
- 17.35 MB
- 25.01.2021
KOREYS, INGLIZ, Portugal (Braziliya), XITOY, ISPANCHA, ALBANIYA, ARABCHA, BOLGARIYADA, XORVATIYA, CHEX, Daniya, GOLLAND, ESTONIYA, Forscha, FINLYANDIYA, FRANTSUZ, Nemis, Yunoncha, VENGRIYA, ITALYANCHA, QOZOQ, LATVIYA, LITVA, Makedon, MO'G'ULISTON, NORVEGIYA, POLYAK, PORTUGALIYA, RUMINIYA, Rus, SERBIYA, SLOVAKIYA, SLOVENIYA, SHVETSIYA, Tay, TURKCHA, UKRAIN
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang