Smartfoningiz yordamida QR-kodni skanerlang va obyektni xonaga joylashtiring.
key features
-
Zamonaviy dizayn
-
Almashinuvchi rom
-
“Surat” rejimi
Oʻz uslubingizda dizayn yarating
* Tasvirlar modellashtirilgan va faqatgina namoyish uchun moʻljallangan. *Mahsulotning ishlash xarakteristikasiga ta’sir qilmaydigan tashqi ko‘rinishi, dizayni va foydalanuvchi interfeysi xususiyatlari oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin. * Dekorativ romlar alohida sotiladi.
15 yil davomida birinchi raqamli TV brendi
-
“Surat” rejimi, 65" QLED The Frame 2020, samsung.com
* Tasvir namoyish uchun modellashtirilgan va qurilma imkoniyatlarini yaxshiroq tushunish uchun moʻljallangan.Zamonaviy dizayn
Surat ramkasi siz uchun qiladigan hamma narsani, Frame yanada chiroyli qiladi.The Frame minimalistik dizayni sizning interyeringiz bilan uygʻunlashadi. Nozik korpusi va devorga mustahkam mahkamlanishi tufayli televizor istalgan rakursdan ajoyib koʻrinadi. Deyarli koʻrinmas One Invisible Connection kabelini ulang va shunda siz The Frame - yoqilgan yoki yoqilmaganligidan qatʼi nazar zamonaviy sanʼat asari ekanligini tushunasiz.
Yanada koʻproq rang, yanada koʻproq uslub, yanada koʻproq siz.
Almashinuvchi romTanlovingiz uchun ikki uslubdagi rom. “Modern” uslubidagi rom oq, jigarrang va yogʻoch ranglarda, yangi “Hajmli” uslubidagi rom esa oq va qizgʻish ranglarda taklif qilinadi. Qo‘llanilishi oddiy boʻlgan magnit fiksatorlar romning rangi va uslubini oson oʻzgartirishga imkon beradi. Kayfiyatingizga eng munosibini tanlang.
* Almashinuvchi romlar alohida sotiladi. Romning rangi va uslubi mintaqa va televizor oʻlchamiga qarab oʻzgarishi mumkin. * Almashinuvchi romlarning mosligi ularning turi bilan aniqlanadi. “Modern” uslubidagi romlar 43"~ 75" diagonalli, “Hajmli” uslubidagi romlar esa 65” va 55” diagonalli televizor modellariga mos.Televizor o‘ramida televizorni devorga mahkamlovchi devor kornshteyni mavjud.
Slim Fit devor kronshteyniHaqiqiy surat kabi. Slim Fit kronshteyni The Frame televizorini devorga tirqish qoldirmasdan o‘rnatadi. Televizorni devorga mahkamlagandan soʻng kronshteyn kerakli burchakni sozlashga imkon beradi.
* Televizorni oʻrnatish uslubi va devor turiga qarab televizor orqa qismidan devorgacha boʻlgan o‘lchangan masofa har xil boʻlishi mumkin. * Agar devor yetarlicha tekis bo‘lmasa yoki polga nisbatan burchak ostida joylashgan bo‘lsa yoki televizor noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘sa, televizor va devor o‘rtasida kichik tirqish paydo bo‘lishi mumkin. * Haqiqiy qiyalik burchagi televizor ekranining o‘lchamiga bog‘liq.Har qanday makonga mos tushadi
-
“Surat” rejimi
The Frame televizorini yoqing va sevimli sanʼat asarlaringizdan bahra oling.The Frame televizorini o‘chiring va birgina tugmani bosish orqali uni shaxsiy suratlar galereyasiga aylantiring. “Surat” rejimi shaxsiy suratlar galereyangizni namoyish qilish imkoniyatini taqdim etadi. Sanʼat asarlarini oʻz ixtiyoringizga ko‘ra oʻzgartirishingiz mumkin.
Sanʼat galereyasi sizning uyingizda
“San’at doʻkoni” (Art Store) ilovasiDunyoning turli onlayn muzeylaridagi 1400 dan ortiq jahon sanʼati durdonalarini oʻz ichga olgan kutubxonadan foydalangan holda shaxsiy suratlar galereyangizni yarating. Sevimli klassiklaringizdan tortib zamonaviy grafiklargacha va ajoyib suratlar, sanʼat doʻkoni sizga turli-tuman kontent tanlovini taqdim qiladi.
* “San’at Doʻkoni” (Art Store) ilovasi ba’zi mamlakatlarda mavjud bo‘lmasligi mumkin. * San’at do‘koni to‘plamlari tarkibi foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin. * Sanʼat doʻkonidagi to‘plamdan toʻliq foydalanish uchun obuna boʻlish talab qilinadi. Obuna xizmati pulli.Oxirgi tomoshabin qolguncha ishlaydi
Harakat datchigiThe Frame televizori siz xonaga kirganingizni aniqlagach, avtomatik tarzda yoqiladi. Xonadan chiqishingiz bilan energiyani tejash maqsadida u darhol oʻchadi.
* Harakat datchigini “Surat” menyusi sozlamalari orqali faol holatga keltirish mumkin. * Harakat datchigi quyidagi mamlakatlarda oʻchirilgan: Xitoy, Tailand, O‘zbekiston, Ukraina va Saudiya Arabistoni. * Datchikning faollashuvi tashqi muhitning yorug‘lk darajasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.Kunning istalgan soatida ajoyib koʻrinishga ega
Yoritilganlik datchigiAgar xonaning yorugʻlik muhiti oʻzgarsa, televizorning yorugʻlik datchigi vizual effektlarning tabiiy koʻrinishi va rangini saqlab qolgan holda avtomatik ravishda ekranning yorugʻligi va rangini sozlaydi.
Datchikning ishlashi tashqi muhitning yorug‘lk darajasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.Sevimli lahzalaringiz galereyasi
Mening to‘plamimSanʼat asari - siz o‘z televizoringizda namoyish qilishingiz mumin boʻlgan yagona narsa emas. The Frame televizoriga smartfon yoki USB-xotira orqali oʻz suratlaringizni yuboring va shaxsiy foto sanʼat asarlaringizni baham koʻring.
*The Frame televizoriga yuklangan shaxsiy fotosuratlar dastlabki yechimda aks etadi. * Suratning hajmi 5 Mb dan oshmaslik sharti bilan 1200 ta fotosurat. * Suratlaringizni yuklashda eng yaxshi sifat natijalarga erishish uchun rasm yechimi 4K (3840 x 2160) yoki undan yuqori bo‘lishi lozimligini tavsiya qilamiz. * Telefonni The Frame ga ulash uchun televizor va telefon bitta Wi-Fi tarmogʻiga ulangan boʻlishi kerak. * Faqat oʻzaro mos keladigan qurilmalar uchun.Sizning sanʼat asarlaringiz va fotosuratlaringiz uchun yanada ko‘proq shaxsiylashtirish imkoniyatlari.
- * Suratning hajmi 5 Mb dan oshmaslik sharti bilan 1200 ta fotosurat.
QLED texnologiyasi bilan milliarddan ortiq rang tuslari
Kvant nuqtalar texnologiyasi tufayli 100% rang hajmiKvant nuqtalar texnologiyasi tasvirning ilgari erishilmagan eng yuqori sifatini taʼminlaydi. 100% rang hajmi tufayli kvant nuqtalar texnologiyasi rangni ajoyib ranglar palitrasiga aylantiradi, bunda rang uzatishning yuqori sifati har qanday darajadagi yorugʻlikda ham birdek saqlanadi.
* 100% rang hajmi “Movie Mode” (Kino rejimi) rejimida DCI-P3 rangli muhitida VDE sertifikatlangan video displeylar sifatini tekshiradigan tizim orqali oʻlchangan.Hammasi 4K SI-keyingi avlod protsessoridan boshlanadi.
Quantum Processor 4K
The Frame oʻzining sunʼiy intellekt texnologiyali Quantum Processor 4K Samsung protsessori bilan taʼminlangan boʻlib, u yarimoʻtkazgich qismlarini ishlab chiqarishning 30 yillik tajribasi natijasi hisoblanadi, shu tufayli Samsung kompaniyasi dunyoda yetakchi elektron texnika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ham tasvir, ham tovushni qayta ishlovchi sunʼiy intellekt texnologiyasining qo‘llab-quvvatlanishi protsessorning doimiy ravishda “oʻrganishda” va takomillashishda davom etishini taʼminlaydi, buning natijasida tomoshabinlar yangi darajadagi sifatga ega kontent tomoshasidan yanada koʻproq taassurot oladilar.
Kontentga bogʻliq holda ovozning avtomatik sozlamasi
Moslashuvchan tovush
Nima tomosha qilish qaroringizdan qatʼi nazar, moslashtirilgan tovush texnologiyasi tovush sifatining a’lo darajada bo‘lishini taʼminlaydi. Kvant protsessorining sun’iy intellekt texnologiyasi real vaqtda har bir sahnaning ovozini optimallashtiradi va dialog, musiqa, sport hamda “ekshn” kabi 4 ta variantni oʻz ichiga olgan kerakli ovoz rejimlaridan birini avtomatik tarzda tanlaydi.
Har qanday yorugʻlik muhitida avtomatik tarzda optimallashtirilgan tasvir
Moslashuvchan tasvir
The Frame toʻrtta sozlama (qorongʻi, normal, yorqin va juda yorqin) asosida xona yorugʻligini, shuningdek kontentingiz yorqinligini tahlil qiladi va tegishli ravishda televizorning yorugʻlik va kontrastlilik sozlamalarini avtomatik tarzda boshqaradi, natijada siz maksimal yuqori darajadagi tasvirni koʻrasiz.
Tovushni avtomatik ravishda televizor xonaning qaysi qismida joylashganligiga qarab optimallashtiradi
SpaceFit Sound funksiyasi
Televizorga oʻrnatilgan mikrofondan olgan maʼlumotlardan foydalanib SpaceFit Sound texnologiyasi ham xona akustikasini, ham televizorning joylashuvini (taglikda yoki devorda) tahlil qilib tovushni avtomatik tarzda optimallashtiradi. The Frame televizorini istagan joyga joylashtiring, qolgan ishni esa SpaceFit Sound funksiyasi bajaradi.
Rang tabiiyligini ikki marotaba yaxshilash uchun ikkilangan yoritgich
Dual LED yoritish texnologiyasiYoqimli rangdagi svetodiodlarning qoʻshimcha toʻplami tufayli The Frame ning ikkilangan svetodiod yoritgichi har bir sahnadagi yanada murakkab rang turlarining birikmalarini yanada yaxshiroq aks ettirishga yordam beradi. Tomoshabin hatto ekranga yon tomondan qarasa ham tabiiy rang uzatishga ega tasvir va yuqori kontrastlilikdan zavq oladi.
The Frame bilan siz uydan turib ishlashingiz mumkin
-
The Frame ni professional ish stansiyasiga aylantiring
The Frame ekranida kompyuterThe Frame televizori bilan sizda uydan chiqmasdan turib sermahsul boʻlishning koʻp usullari bor. U avtomatik ravishda sizning ofis kompyuteringizni aniqlab ekranida ish kontentingizni aks ettirishga imkon yaratadi. Yonida turgan kompyuter yoki noutbukda ekran namoyishi. Shunchaki simsiz sichqoncha va klaviaturani ulang va uydan turib televizor ekranida ishlashning qanchalik oson ekanligiga ishonch hosil qiling.
* Kompyuterga masofadan ulanish faqat Windows 10 Professional yoki undan yuqori versiyalarida va Mac OS 10.5 yoki undan keyingi versiyalarida qo'llab-quvvatlanadi. * Ofis kompyuterlarini avtomatik ravishda tanib olish uchun kompyuterga oson ulanish ilovasini o'rnatish talab qilinadi (Mac OS-da qo'llab-quvvatlanmaydi). * Screen App xususiyatlarini qo'llab-quvvatlash model turiga va sanasiga qarab farq qilishi mumkin. Mavjudligi uchun har bir modelning mahsulot spetsifikatsiyalariga murojaat qiling. * Smartfonni Samsung Dex bilan ulash uchun mos mobil moslama kerak. * Xizmatlarning mavjudligi oldindan ogohlantirmasdan o'zgarishi mumkin. * Televizor va kompyuterda Internet aloqasi talab qilinadi.Ulanishning keng imkoniyatlari
Mobile Mirroring rejimi
Video qoʻngʻiroqni katta ekranda davom ettirishni xohlaysizmi? Android telefoningizdagi SmartThings ilovasi yoki iPhone dagi Apple AirPlay ilovasi yordamida smartfoningiz ekranidagi kontentni The Frame televizorining katta ekranida tasvirlash mumkin, bu video chat uchun ham juda qulay.
* Ushbu xizmat faqatgina televizor va telefon yoqilgan holatida ishlaydi. * Apple and AirPlay 2 - AQSh va boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtgan savdo belgilari.* AirPlay 2 iOS 12.3 va undan yuqori yoki macOS 10.14.5 yoki undan yuqori iOS boʻlishini talab qiladi. * Apple AirPlay funksiyasi model yoki geografik mintaqaga bogʻliq holda qoʻllab-quvvatlanmasligi mumkin.
Bitta TV ekranida turli xil kontent
Ko‘p oynali Multi View rejimini qo‘llab-quvvatlaydi
The Frame koʻp oynali rejimni qoʻllab-quvvatlaydi, shu tufayli siz bir vaqtning oʻzida mashq qilishingiz va sevimli koʻrsatuvingizni tomosha qilishda davom etishingiz mumkin. Smartfoningizni televizorga ulang va TV ekranidagi murabbiy tomonidan namoyish qilinayotgan mashqlarni toʻgʻri bajarayotganingizga ishonch hosil qiling. Video oʻlchami va ovoz koʻrsatkichlarini sozlang va oʻz harakatlaringizni nazorat qiling.
* Mos tushuvchi Android yoki iOS smartfon, shuningdek SmartThings ilovasini yuklash va o‘rnatish talab qilinadi. Mos keluvchi mobil qurilmalar haqida batafsil maʼlumotni Samsung veb sahifasidan topishingiz mumkin. * 4 ekranli Multi View rejimi 8K modellarida mavjud. * Albom shakli The Frame 43” ~ 75” modellari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Portret rejimi qoʻllab-quvvatlanmaydi.
* Mos tushuvchi Android yoki iOS smartfon, shuningdek SmartThings ilovasini yuklash va o‘rnatish talab qilinadi. Mos keluvchi mobil qurilmalar haqida batafsil maʼlumotni Samsung veb sahifasidan topishingiz mumkin. * 4 ekranli Multi View rejimi 8K modellarida mavjud. * Albom shakli The Frame 43” ~ 75” modellari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Portret rejimi qoʻllab-quvvatlanmaydi.
Uy uchun yangi darajadagi oʻyin-kulgu
TIZEN operatsion tizimiga ega Smart TV
Smart TV - bu sizga aqlli xizmatlar, qidiruv, boshqaruvdan foydalanuvchi kontentni va sizning ko‘nglingizni yozishga va hordigʻingizni chiqarishga xizmat qiluvchi har qanday narsani tomosha qilish imkonini taqdim etuvchi kontent va uyingizni ulash uchun universal portal. Quyida Smart TV ning sizga yangi taassurotlar beruvchi faqatgina baʼzi funksiyalari keltirilgan.
* Smart xizmatlari va GUI (Graphic User Interface) grafik interfeysining ko‘rinishi qurilma modeli va sotilish mintaqasiga qarab o‘zgarishi mumkin. * Televizorni mobil telefon orqali sozlash uchun Samsung akkaunti talab etiladi. * Haqiqiy funksionallik o‘zgarishi mumkin. * Ulangan qurilmalar tomonidan taʼminlanadigan ba’zi funksiyalar va xususiyatlar qoʻllab-quvvatlanmasligi yoki funksional cheklovlarga ega boʻlishi mumkin. * Televizorni yoqish funksiyasining mavjudligi televizor modeliga bog‘liq.
Birgina tegish orqali telefonni katta ekranga ulang
Tap View funksiyasi
Musiqani quloqchin yoki telefonning dinamiklari orqali eshitgingiz kelmayaptimi? The Frame televizori korpusiga smartfoningizni yengilgina tekkizib televizor qay tarzda xonangiz muhitini musiqa bilan toʻldirishini koʻring.
* Ushbu xizmat faqatgina televizor va telefon yoqilgan holatida ishlaydi. * Tap View funksiyasi Android 8.1 va undan yuqori operatsion tizimga ega Samsung Galaxy qurilmalarida mavjud.
* Ushbu xizmat faqatgina televizor va telefon yoqilgan holatida ishlaydi. * Tap View funksiyasi Android 8.1 va undan yuqori operatsion tizimga ega Samsung Galaxy qurilmalarida mavjud.
Ilk innovatsion eko pult
Quyosh batareyasida ishlovchi DU pulti
The Frame televizori avtomatik ravishda sizning tashqi qurilmalaringizni aniqlaydi va shuning uchun ular ulangan paytidayoq foydalanishga tayyor boʻladi. Barcha ulangan qurilmalarni oson va qulay boshqarish uchun One Remote pultidan foydalaning va batareya almashtirish haqida qaygʻurmang – quyosh elementlari texnologiyasi ularni ichki yorugʻlikdan quvvatlanishini taʼminlaydi.
* Ushbu DU pulti 32 duymli The Frame televizori tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi. * Quyosh batareyasida ishlovchi DU pulti 24% qayta ishlanadigan xomashyodan tayyorlangan.
* Ushbu DU pulti 32 duymli The Frame televizori tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi. * Quyosh batareyasida ishlovchi DU pulti 24% qayta ishlanadigan xomashyodan tayyorlangan.
Texnik xususiyatlari
Qo'llab-quvvatlash
Mahsulot haqida savolingizga javob toping
-
e-Manual
- Versiya 1.0
- 6.09 MB
- 24.04.2024
INGLIZ -
e-Manual
- Versiya 1.0
- 6.16 MB
- 10.01.2024
QOZOQ -
e-Manual
- Versiya 1.0
- 6.16 MB
- 10.01.2024
Rus -
User Manual
- Versiya 2203150
- 0.37 MB
- 19.03.2022
INGLIZ, Rus
Ko'p so'raladigan savollar
- Samsung televizorini Wi-Fi orqali internetga qanday ulash
- Samsung televizorida kanal tartibini qanday sozlash kerak
- Samsung televizorida efir va kabel kanallarini qanday topish va sozlash
- Samsung televizorini internetga kabel (sim) orqali qanday ulash mumkin
- Samsung televizorida sozlamalarni qanday qayta tiklash
{{family.currentModel.displayName}}
{{family.currentModel.modelCode}}
Price with discount: {{model.prices.currentPriceDisplay}}
Price before: {{model.prices.priceDisplay}}
-
{{summary.title}}
-
{{summary.title}}
Modellarni solishtiring
O'xshash mahsulotlar bilan taqqoslang