Galaxy AI shu yerda

Navbatdagi muhim voqeani kutib oling. Galaxy AI sizga xizmat qilish, ijodkorligingizni namoyon etish, samaradorligingizni oshirish va yangi imkoniyatlar olamini ochish uchun yaratilgan. Sizning qo'llaringizda u barcha qurilmalarda yanada odamiy, yanada ishonchli, yanada ma'noli, yanada shaxsiy, yanada foydali va yanada xavfsiz bo'lishi kerak.
Hayot Galaxy AI bilan namoyon bo'ladi.

AYLANA CHIZIB QIDIRISH

Katta ekranda qidirish uchun uni aylanaga oling1

Bu smartfonda ma'lumotlarni izlash uchun samarali usul, shunchaki aylana chizishingiz kifoya. Ulkan bukiluvchan ekranda barmoq yoki S Pen stilusidan foydalanib, o'z samaradorligingizni oshiring.2

Video \"Parji markazidagi Parji branchi\" uchun to'rtta taom sanab o'tilgan menyudan boshlanadi. Quyidagi uskunalar paneli Samsung ilovalarini ko'rsatmoqda. So'ngra, S Pen \"Galette\" so'zi atrofida aylana chizib, shu so'z bo'yicha Google qidiruv natijalarini namoyish etiladi. Video \"Parji markazidagi Parji branchi\" uchun to'rtta taom sanab o'tilgan menyudan boshlanadi. Quyidagi uskunalar paneli Samsung ilovalarini ko'rsatmoqda. So'ngra, S Pen \"Galette\" so'zi atrofida aylana chizib, shu so'z bo'yicha Google qidiruv natijalarini namoyish etiladi.

FLEXCAM

FlexCam va avtomatik zoom. Eng zo'r tomondan tasvirga oling3

Kamera ilovasi Galaxy Z Flip6 smartfonining FlexWindow oynasida oldindan ko'rish rejimida ko'rsatilgan. Avtomatik zoom tugmasi bosilganda AI avtomatik tarzda masofadan tasvirga tushish uchun turgan do'stlar guruhini yaqinlashtiradi. Kamera ilovasi Galaxy Z Flip6 smartfonining FlexWindow oynasida oldindan ko'rish rejimida ko'rsatilgan. Avtomatik zoom tugmasi bosilganda AI avtomatik tarzda masofadan tasvirga tushish uchun turgan do'stlar guruhini yaqinlashtiradi.
ESLATMA YORDAMI

Bukiladigan Samsung smartfonlarida eslatmalardan xulosa olishning eng oson yo'li

Ko'pvazifalilik vaqtida ham ma'ruzalaringizni bor-yo'g'I bir nechta harakat yordamida yozib oling. Eslatma Yordami funksiyasi ovozli yozuvlaringizni matnga o'zgartiradi va eslatma sifatida tartibga solib, samarali xulosalarni yaratadi. Barcha boshqasi uchun esa S Pen mavjud bo'lib, katta ekranda mo'jiza yaratishga tayyor. 2,4

OG'ZAKI TARJIMON

FlexWindow bilan beqiyos og'zaki tarjima tajribasi

Sayohat davomida mahalliy aholi bilan muloqot qilishingiz kerakmi? Siz nutq so'zlayotganingiz, xorijiy tilda xalqaro konferensiya tinglayotganingiz yoki gid bilan suhbat qurayotganingizdan qat'iy nazar O'g'zaki tarjima funksiyasi barchasini shu onda tarjima qiladi.5,6

JONLI TARJIMA

Qo'ng'iroqlaringizni shu on tarjima qiling

Shunchaki telefon orqali suhbatlashing, Jonli tarjima funksiyasi esa tarjima qilib, til to'siqlarini yo'q qiladi. Xuddi kaftingizda tarjimon bo'lgani kabi.7

Qo'ng'iroq real vaqtda tarjima qilinmoqda. Dialog ekranda Ispan va Ingliz tilidagi suhbat matni sifatida ko'rsatilgan. Qo'ng'iroq real vaqtda tarjima qilinmoqda. Dialog ekranda Ispan va Ingliz tilidagi suhbat matni sifatida ko'rsatilgan.

RASM TAHRIRCHISI

AI yordamida har bir tasvirni betakror sifatga keltiring

Rasm Tahrirchisi funksiyasi bilan tasvirlaringizga o'zingiz istagandek ishlov bering. Sun'iy intellekt yordamida obyektlarni siljiting, masshtabni kattalashtiring, ramkalarni almashtiring va qayta yarating.8

Tasvir Galereya ilovasida tahrirlanmoqda. Tahrirlash tugmasi bosilib, obyektlardan biri tanlanmoqda. U tasvirdagi boshqa joyga siljitiladi. So'ngra, bo'sh joylar to'ldiriladi. Tasvir Galereya ilovasida tahrirlanmoqda. Tahrirlash tugmasi bosilib, obyektlardan biri tanlanmoqda. U tasvirdagi boshqa joyga siljitiladi. So'ngra, bo'sh joylar to'ldiriladi.

AI yordamida salomatligingizga alohida e'tibor qarating.

Galaxy Z Flip6 smartfoningizni yangi Galaxy Watch Ultra yoki Galaxy Watch7 yoki ikkalasi bilan bog'lang va kun davomida Energy Score ko'rsatkichingizni kuzatib boring.9,10

O'z qurilmalaringizda Galaxy AI funksiyalarini kutib oling

Smartfonlar

Galaxy S seriyasi

Galaxy Z seriyasi

Planshetlar

Galaxy Buds

Galaxy Watch

* Tasvir modellashtirilgan. Ranglar, o'lchamlar, modellar va soat tasmalarining mavjudligi mamlakat va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

Ayrim AI funksiyalari uchun Samsung hisob qaydnomasiga kirish talab etiladi.

* Samsung sun'iy intellekt funktsiyalari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi, to'liqligi yoki ishonchliligi to'g'risida hech qanday va'da, kafolat bermaydi.

* Tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Haqiqiy foydalanuvchi interfeysi farq qilishi mumkin.

* Galaxy AI funksiyalari 2025-yil oxirigacha qo'llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida bepul taqdim etiladi. Uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan AI funksiyalari uchun boshqa shartlar amal qilishi mumkin.

* Galaxy S24 series, Galaxy S23 series, Galaxy S22 series, Galaxy Z Fold6 | Z Flip6, Galaxy Z Fold5 | Z Flip5, Galaxy Z Fold4 | Z Flip4, Tab S9 | S9+ | S9 Ultra va Tab S8 | S8+ | S8 Ultra uchun Galaxy AI funksiyalari One UI 6.1 va undan yangi versiyalardan boshlab amal qiladi.

* Galaxy AI funksiyalari mintaqa/mamlakat, OT/One UI versiyasi, qurilma modeli va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

* Galaxy AI xizmati sun'iy intellektdan foydalanish yosh cheklangan ayrim hududlarda voyaga yetmaganlar uchun cheklangan bo'lishi mumkin.

* Galaxy Z Fold6, Galaxy Z Flip6, Galaxy Watch Ultra, Galaxy Watch7 and Galaxy Buds3 Pro alohida sotiladi.

 

1. Ketma-ketliklar qisqartirilgan va modellashtirilgan. Natijalar faqat namuna sifatida keltirilgan. Natijalar vizual moslik tufayli farq qilishi mumkin. Internetga ulanish talab etiladi. Foydalanuvchilardan so'nggi versiyadagi Android talab etilishi mumkin. Mahsulot imkoniyatlari ilovangiz sozlamalari va qurilmangizga bog'liq bo'lishi mumkin. Ayrim funksiyalar ma'lum ilovalar uchun mos kelmasligi mumkin. Xizmat mavjudligi mamlakat va tilga bog'liq. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Aylana chizib qidirish FlexWindow oynasida qo'llab-quvvatlanmaydi.

2. S Pen alohida sotiladi. Galaxy Z Fold uchun mo'ljallangan S Pen stilusidan foydalaning. Barcha boshqa S Pen va stiluslar ekranga zarar yetkazishi mumkin. Galaxy Z Fold6 S Pen uchun oldindan o'rnatilgan o'rniga ega emas. S Pen faqat Asosiy ekranda qo'llab-quvvatlanadi.

3. Avtomatik Zoom funksiyasi FlexMode rejimida orqa kamera yordamida qo'llab-quvvatlanadi va qo'lda sozlanganda amal qilmaydi. Past yorug'lik sharoitida cheklangan.

4. Eslatma Yordami funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatlar mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Eslatma Yordamining Xulosa olish funksiyasi ma'lum sondagi belgilar kiritilganda va ma'lum sondan oshmaganda amal qiladi. Eslatma Yordami uchun Ovoz yozish funksiyasi ayrim mamlakatlarda qo'llab-quvvatlanmasligi mumkin. Audio fayllarni qayta ishlash uchun ularning davomiyligi 3 soatdan oshmasligi zarur. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi.

5. Og'zaki tarjima funksiyasi Samsung hisob qaydnomasiga kirishni talab etadi. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Xizmatning mavjudligi tilga qarab farq qilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmaydi. Qo'llab-quvvatlanadigan funksiyalarning mavjudligi mamlakat, mintaqa va sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin.

6. FlexMode rejimi 75°va 115° graduslar orasidagi istalgan burchakda qo'llab-quvvatlanadi.

7. Qo'ng'iroq Yordamida Jonli Tarjima funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish talab etilmaydi. Qo'ng'iroqlarda Jonli Tarjima funksiyasini ishga tushirish uchun tarmoqqa ulanish talab etiladi. Jonli Tarjima faqat oldindan o'rnatilgan Samsung Phone ilovasida va ayrim uchinchi tomon ilovalarida mavjud. Xizmatlarning mavjudligi til va mintaqaga qarab farq qiladi. Ayrim tillar uchun til to'plamini yuklab olish talab etilishi mumkin. Natijalarning aniqligi kafolatlanmagan.

8. Rasm Tahrirchisining Generativ tahrir funksiyasi uchun tarmoqqa ulanish va Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Generativ Tahrir yordamida tasvirga ishlov berilganda, uning aniqligi 12 MP gacha o'zgartirilishi mumkin. Tasvir saqlanganda unga ko'rinadigan suv belgisi tasvirning sun'iy intellekt yordamida yaratilganligia urg'u berish uchun tushiriladi. Yakuniy natijalarning aniqlig va ishonchliligi kafolatlanmaydi.

9. Energy Score funksiyasi Android smartfonlarida (Android 11 va undan yuqori) mavjud bo'lib, Samsung Health ilovasini talab etadi (v6.27 va undan yuqori). Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Energy Score ko'rsatkichini tekshirish uchun Samsung Galaxy Watch yoki Samsung Galaxy Ring qurilmalaridan olingan ma'lumotlar Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashgan bo'lishi kerak. Kamida bir kun avvalgi faollik va uyqu, yurak urish tezligi va uyqu davomidagi ma'lumotlar kerak bo'ladi. Hech qanday tibbiy holatni aniqlash, diagnostika qilish, davolash uchun mo'ljallanmagan. Natijalar faqat sizning shaxiy ma'lumotingiz uchun. Tibbiy maslahat uchun tibbiyot hodimiga murojaat eting.

10. Galaxy Z Flip6 va Galaxy Watch7 qurilmalari alohida sotiladi.