Fotosurat

Toʻlqinlar aks etgan holda
suvda fotosuratga olish sirlari

Sharsharaning chiroyli videolaridan tortib, dengiz boʻyidagi fotosuratgacha – mana bu mavsumda nimalarni tasvirga muhrlash kerak.

Issiq havoda koʻllar, okeanlar, daryolar kabi suv havzalari ajib jilolarda mavjlanadi. Shunga qaramay, ularni hayotdagidek kamerada aks ettirish mushkul ish boʻlishi mumkin. Qarmogʻingizni qoʻlga olib, oyogʻingizga shippagingizni iling va chiroyli dengiz sohili hamda odam qadami yetmagan koʻllar qirgʻoqlaridagi barcha onlarni kameraga muhrlash haqida shu yerda batafsil tanishing.

Water rushing through a crevasse between two rocks in a river.
4

Eng mos lahzani suratga oling

Oqayotgan suvni suratga olayotganda kerakli lahzani kadrga muhrlash qiyin masala boʻlishi mumkin. Agar siz mohirona tez suratga olish koʻnikmasi egasi boʻlmasangiz, siz oʻzingizni notoʻgʻri olingan kadrlarda topishingiz ehtimoli yuqori.

Buning oldini olish uchun toʻliq harakatni 8K video yordamida boshidan oxirigacha suratga olishga harakat qilib koʻring. Galaxy S21 Ultra 5G da 8K Video Snap yordamida siz keyinroq videoga qaytib, har bir lahzani saralab, suratga olingan materialning oʻzidan eng sifatli kadrlarni ajratib olasiz.¹

Suv kadringiz ichidan oʻtishiga qoʻyib bering

Fotosurat har doim ham harakatlanayotgan suvni yetarlicha aks ettira olmaydi, ammo baʼzan video uchun noqulay lahza mumkin. Uzun ekspozitsiya farqni ajratib olishda eng maqbul yechim boʻla oladi. Havzada suv noodatiy harakatlanayotgan (masalan kichik kaskad yoki girdobcha) nuqtani toping va oʻsha nuqtaga kamerani qaratib, stabilizatsiya qilib oling. Bu yerda asosiy oʻrinni shtativ va kadr olishdagi sizning ishonchingiz egallaydi. {1\}da Pro rejimi sozlamalarini uzun ekspozitsiyaga rostlasangiz, siz silliq va ipakdek mayin kadrni olasiz.

Suvning tabiatini kadrga muhrlang

Suvning atrof-muhitdagi harakatlari uning tabiatini ifodalaydi. Bu sizning kadrga olishingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Siz suratga olayotgan suv havzasining tabiati haqida fikr yuriting. U shiddatlimi? Sokinmi? Yoʻlini yoʻqotgan yoki qiyshayganmi?

Suv tabiatining turfaligi turli usullarni talab qiladi. Super Slow-mo video joʻshqin daryoni sekinlashtirishga va uning boʻysunmas kuchini aks ettirishga juda mos tushadi. Soniyasiga 120 kadr tezlikda suratga olish esa joʻshqin daryoning har bir lahzasini muhrlashga imkon beradi.²

Suvga chidamli

Galaxy S21 Ultra 5G smartfonining IP68 reytingi u kichik namlikdan qoʻrqmasligini anglatadi. Shu bois siz ham qoʻrqmasangiz boʻladi.³

Oyoqlaringizni hoʻllang

Agar sizning fikringizcha, suv havzasi kadrga muhrlashga arzirli darajada chiroyli boʻlsa, ehtimol, boshqalar ham shunday fikr yuritayotgan boʻladi. Shu sababli storislaringizda ajralib turadigan kadrni topish uchun biroz ijod qilishingizga toʻgʻri keladi. Qirgʻoqdan biroz ortga qoching va kamdan-kam odamning xayoliga keladigan kadrni suratga oling. Ichki tuygʻularingizga tayaning va lahzaga butunlay shongʻing. Surat bunga arziydi.

4

Mos obyektivni tanlang

Turli sahnalar uchun turlicha obyektivlar ishlab chiqilganligi bois, suv havzasini toʻgʻri suratga olish uchun, ehtimol, sizga bir necha daqiqa mobaynida bir necha obyektivni almashtirishingizga toʻgʻri keladi. Agar siz obyektga katta kamerani koʻtarib ketayotgan boʻlsangiz, har bir kadrga uskunani sozlash uchun har gal suvdan chiqishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Siz Galaxy S21 Ultra 5G dagi kabi universal kameralar tizimini oʻzingiz bilan birga olib, jarayonni ancha soddalashtira olasiz. Lahzadan tashqariga chiqmang va turli fokus masofalar hamda perspektivalarni bitta tugmacha bilan almashtiring.

  • ¹8K Video Snap 33 MPgacha boʻlgan fotosuratlar chiqaradi.
  • ²Super Slow-mo faqat HD tiniqlikni ta’minlaydi. Foydalanuvchilar taxminan 480 fps tezlikda yozilgan 1 soniyali video yozishi va bu videoni raqamli ravishda taxminan 32 soniya ijro etish bilan 960 fps tezlikkacha oshirishlari mumkin. Super Slow-mo pleyerda ijro etish vaqtini tahrirlash mumkin.
  • ³Galaxy S21 Ultra 5G IP68 sifatida baholangan. Sinov natijalariga koʻra, 1,5 metrgacha chuqurlikda 30 daqiqagacha suv oʻtkazmaydi. Plyaj, basseyn va sovunli suvda foydalanish tavsiya etilmaydi.

Endi bu hikoyalarni oʻqing