Chetdan yuklash nima?
(va bu Sizni nega qiziqtiryapti)
Spoiler: Bu ilovalarni yuklashning xavfli yo’li.
Shubhali email havolalarni bosish orqali yuzaga keladigan yoki shubxali saytlarga shaxsiy ma’lumotlarni kiritish bilan bog’liq xavflar haqida eshitgandirsiz.
Ammo siz bilmagan holda qabul qilishingiz mumkin bo'lgan xavfsizlik uchun yashirin xavf mavjudligini bilasizmi?
Chetdan yuklash nima?
Bu skeytbordning qarsillagan tryukiga o'xshab ko'rinishi mumkin bo'lsa-da, "saydloding" juda keng tarqalgan texnologik amalyot bo'lib, bexosdan qurilmangizdagi xavfsizlikning buzilishiga olib kelishi mumkin. Xo’sh chetdan yuklash nima? Asosan - bu fayllarni ikkita qurilma orasida almashish xolos, aytaylik biron-bir MP3’ni sizning noutbukingizdan telefoningizga o’tkazish, bu internetga ma’lumotlarni yuklash va internatdan yuklashdan farq qiladi.
Taklif etilmagan mehmonlardan ehtiyot bo’ling
Lekin gap chetdan yuklagan ilovalarhaqida ketsa, izoh qora tus oladi. Mobil qurilmalar dunyosida, ilovalarni chetdan yuklash bu vakolatli ilova do'koni tashqarisidagi manbalardan o'rnatish demakdir. Va yoqimsizliklar shundan boshlanishi mumkin. Google Play, Amazon Apps yoki Galaxy store’dan yuklangan ilovalar xavfsizlik bo’yicha tekshirilgan, lekin tashqi manbalardan, chetdan yuklangan ilovalar Yovvoyi G’arbga o’xshab ketishi mumkin—nazoratsiz va potesial xafvli. Sabab? Ular sizning qurilmangiz yoki hatto shaxsiy ma'lumotlaringizni buzish uchun mo'ljallangan yashirin zararli dasturlarni o'z ichiga olishi mumkin.
Siz allaqachon himoyalangansiz
Siz haddan tashqari tashvishlanmasdan oldin, Galaxy A51 kabi Samsung telefonlari chetdan o’rnatilgan zararli Android ilovalaridan Knox orqali allaqachon himoyalanganligini bilishingiz kerak. Samsung qurilmalari allaqachon chetdan yuklangan ilovalarniblokirovka qilmoqdalar, shuning uchun ushbu xavfsizlik tarmog'ini bekor qilish uchun sozlamalarga kirib, maxsus ilovalarga kirishni yoqishingiz kerak. Androidning eski versiyalari (7 va undan past) uchun sozlamalar (Sozlamalar >Ekranni bloklash va Xavfsizlik ) menyusidagi ""Noma'lum manbalar"" katakchasini belgilab qo'ying. U yoqilgandan so'ng siz biron bir dasturni yuklay olasiz.
Shu bilan birga, ilovani chetdan yuklab olishingiz mumkin bo'lgan holatlar juda kam va bir-biridan juda uzoqdir, shuning uchun vakolatli ilova do'konlaridan ilovalarni yuklab olish, iloji bo'lsa, har bir yuklab olishni xavfsizligini ta’minlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.
Chetdan yuklash haqida ko'proq ma'lumot olish uchun Samsung Business Insights ga tashrif buyuring.