Layfxaklar

Siz qayerda boʻlsangiz, koʻngil ochish markazi ham ixcham The Freestyle proyektori bilan oʻsha yerda

Qurilmani oʻzingiz bilan oling va kontentni istalgan joyda tomosha qiling

16.02.2022   |   ~4 min.

2022-yilning fevral oyida Samsung The Freestyle portativ LED proyektorlarining sotuvi boshlanadi. Ixcham korpusdagi innovatsion qurilma tasvirni 100 duym (2,5 metr) boʻlgan diagonalgacha Full HD aniqligida aks ettira oladi. Yuza nihoyatda tekis yoki devorning rangi oq boʻlishi shart emas. Yangi mahsulotga oid asosiy jihatlar haqida maʼlumot.

Shaxsiy kinoteatr endi doim siz bilan

The Freestyle proyektorini oʻzingiz bilan olib yurish juda oson: uning vazni 800 gramm, kattaligi esa 104,2 x 172,8 x 95,2 mm. Qurilma ryukzak yoki sumkaga oson joylashadi. Qurilmani tashishga moʻljallangan suv oʻtkazmaydigan keys uning bexos shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydi, alohida sotib olinadigan rangli gʻiloflar esa proyektorga oʻziga xos alohidalik baxsh etadi.

The Freestyle elektr tarmogʻidan yoki tashqi akkumulyatordan quvvatlanadi. Buning uchun kompaniya tayyorlagan (sotuvga chiqariladigan) yoki USB-PD texnologiyasi bilan jihozlangan quvvati 50Vt va kuchlanishi 20V boʻlgan har qanday tashqi akkumulyatordan foydalanish mumkin.

Murakkab sozlamasiz sifatli tasvir

Yorqinligi 550 LED-lyumen boʻlgan LED proyektor tasvirni 30 duymdan 100 duymgacha kattalikda maksimal 1080p Full HD aniqligida uzatadi. Tasvir kutilganidan kattaroq, yorqinroq va real ranglarga yaqin shaklda aks etadi. Svetodiodlar proyeksiya sifatini yoʻqotmasdan kamida 20 000 soat ishlashga moʻljallangan. Bu 2,5 yil uzluksiz, tun-u kun tomosha qilishga yetadi. Yoki, qurilma kuniga 4 soat ishlashi sharti bilan, 14 yil xizmat qiladi deganidir. Shunday kichkintoy uchun yomon natija emas, toʻgʻrimi?

Tasvirni istalgan yuzada, xoh u pol, devor yoki shift boʻlsin, aks ettirish mumkin. The Freestyle qiyalik burchagi — 180˚: proyeksiya holatini istalgan vaqtda almashtiring.

Umuman olganda, The Freestyle hamma ishni oʻzi bajaradi. U xiralikni tuzatadi, tasvirni yoʻnaltiradi va qurilma divan yoki toshloq sohil singari nogorizontal yuzada turganda proyeksiyani avtomatik tekislaydi. Qurilma mexanik sozlovni talab qilmaydi: shunchaki uni yoqsangiz kifoya – sanoqli soniyalardan keyin tiniq, soz yoʻnaltirilgan tasvirdan bahra olishingiz mumkin boʻladi.

Tasvir oq yuzada yaxshi aks etadi, ammo uni qidirish shart emas. Shunchaki SmartThings ilovasi orqali tasvirni intellektual kalibrlash funksiyasini yoqing va u devor rangini tahlil qilib, tasvir sifatini unga moslab optimallashtiradi.

Bundan tashqari, proyektordan yorugʻlik manbasi sifatida va ajoyib muhit yaratish maqsadida foydalanish mumkin. Sozlangan kontentni Ambient rejimida tanlang va botayotgan quyosh yoki neon xattaxta tasvirini xuddi oʻzingiz suygan bardagiday proyeksiya qiling. Shaxsiy fotosuratlar proyeksiyasi esa interyerga alohida joziba bagʻishlaydi. Yorugʻlikni mayin taratuvchi yechib olinadigan linza tufayli esa The Freestyle osongina tun fonusiga aylanadi.

Agar Samsung Galaxy smartfonidan foydalansangiz, uni proyektor bilan bir tegishda ulash mumkin: buning uchun telefonda shunchaki Tap View rejimini yoqib, uni The Freestyle korpusiga yaqin olib kelsangiz, tasvir proyeksiyada paydo boʻladi.

Tanlovingiz uchun 3 ta kontent manbasi

Proyektorda Smart TV funksiyasi koʻzda tutilgan boʻlib, u orqali onlayn kinoteatrlarda film tomosha qilish, brauzerda kontent koʻrish va YouTube xizmatida roliklardan zavq olish mumkin. Qurilmani ovoz bilan ham boshqarsa boʻladi, shuningdek, koʻplab ilovalardan tashkil topgan doʻkon ham foydalanuvchilar xizmatida. Mobil kontentni akslantirish imkonini beruvchi Mobile Mirroring rejimida kontentni telefondan hech qanday simlarsiz uzatish va undan katta ekranda bahra olish mumkin. Buning uchun faqat SmartThings yoki AirPlay 2 ilovasi kerak boʻladi xolos.

Wi-Fi aloqasi orqali esa proyektorni Samsung televizori bilan juftlab, telekontentni hatto televizor oʻchiq boʻlgan holatda ham tomosha qilish imkoniyati mavjud.

Dolby Digital Plus qamrovli ohangi

Quvvati 5 Vattga teng har tarafga yoʻnaltirilgan sozlangan dinamik ohangni 360˚ atrofga taratadi. Bu tufayli tomoshabinlar ekranda yuz berayotgan voqealarga shoʻngʻiganday taassurot oladilar. Ovozli boshqaruv funksiyasi esa oʻrningizdan turmasdan tovush balandligini sozlash, qurilmani yoqish yoki oʻchirish imkonini beradi.

Odatiy kunlarni unutilmas onlarga aylantiring

The Freestyle proyektorini lampochka oʻrniga oddiy patron ichiga joylash mumkin – unga qoʻshimcha energiya manbasi talab etilmaydi. Qurilmani yorugʻlik manbasi sifatida ham ishlatish mumkin, ammo bu asosiysi emas. Holatga qarab kerakli muhitni hosil qilish uchun tasvirni devor, stol yoki polda aks ettirishingiz mumkin. Dasturxonni ishtahani qitiqlovchi kadrlar bilan boyitish, kechaga yorqin ranglar qoʻshish yoki miya shturmi paytida hamkasblarga materiallarni koʻrsatish ushbu qurilma bilan juda oson. Ammo oʻtkazgich adapter alohida sotib olinadi (va u bunga arziydi).


Koʻngilochar mashgʻulotlar haqida oʻylamang – ularni oʻzingiz yarating.

Siz qayerda boʻlsangiz, taassurotlar ham endi oʻsha yerda.
The Freestyle portativ proyektori.

Endi bu hikoyalarni oʻqing