Layfxaklar

Galaxy qurilmalar va
Microsoft vositalari yordamida
unumdorligingizni oshiring

Qanday qilib tartibli boʻlish va barcha ishlarga ulgurish

Ishlarimizni tartib bilan bajarish uchun barchamiz oʻz vositalarimizga egamiz: rangli elektron pochta filtrlari, doim oʻzimiz bilan olib yuradigan bloknot va ruchka yoki hatto kun davomidagi tanaffuslarni eslatib jiringlaydigan oddiy oshxona taymeri.

Lekin nega shular bilangina cheklanib qolishimiz kerak? Har doim oʻz unumdorligingizni bir pogʻona yuqoriga koʻtarishning biror usuli topiladi. Microsoft vositalari Galaxy innovatsiyasi bilan birgalikda kundalik hayotingizga bir oz raqamli tartib olib kirishi mumkin boʻlgan bir necha usullar haqida oʻqing.

Samsung Notes
Fikrlaringizni xuddi tasavvuringizdagidek qayd eting. Tasvirlar, qoʻlda yoziluvchi xabarlar, ovozli qaydlar va boshqa shu kabilar yordamida boy kontentli eslatmalar yarating hamda ularni osongina Microsoft OneNote bilan sinxronlang.

Qayd etib borish

Kun boʻyi stol yoki peshtaxta boʻyida oʻtirsangiz, bajarilishi kerak boʻlgan har bir vazifani yozib qoʻyish uchun yonginangizda turgan qayd qogʻozi va ruchkadan foydalanish yetarlicha oson, lekin biror yerdan boshqa yerga borayotganingizda bu bir oz murakkablashadi. Oqilona strategiya yordamida kun boʻyi turli qaydlarni yozib borish aslo qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Eslatmalaringizni tezkorlik bilan yozib olish uchun Galaxy Note20 yoki Tab S7 qurilmangizda S Pen qalamidan foydalaning, soʻng keyinroq foydalanish uchun ularni Samsung Notesʼdagi tahrirlanadigan matnga oʻtkazing. Hatto Samsung Notesʼni Microsoft OneNote bilan ulab qoʻyishingiz mumkin, bu sizni boshqa vaqti kompyuteringizga koʻrish uchun eslatmalaringizni OneNoteʼga avtomatik tarzda yuboruvchi amalda uzluksiz boʻlgan telefon-kompyuter aloqasi bilan taʼminlaydi.*

Esdan chiqarib qoʻymaslik

Vazifasi jamoaning ishlari tartibini boshqarib turish boʻlgan hamkasbingiz boʻlsa kerak. Biror narsani aqliy hujum orqali muhokama qilish, qayta koʻrib chiqish, tahrirlash yoki namoyish etish zarur boʻlsa, taqvimlarning yangilanishi hamda vaqt jadvallarining moslashtirilishini taʼminlovchi jamoa aʼzosi boʻladi. Biroq shifokor qabuliga borishingiz, uy hayvoningizni veterinar qabuliga olib borishingiz, oziq-ovqatlar xarid qilib, yoʻlda onangiz ahvolidan xabar olgani unikida toʻxtab oʻtishingiz kerak boʻlsa yoki vaqt jadvaliga masʼul boʻlgan jamoa aʼzosi shunchaki xastalanib qolsa, bularning barchasini tashkillashtirishni oʻzingiz uddalashingiz kerak boʻladi.

Barcha ishlarni xayolingizda saqlagan holda bajarishga urinish – biror uchrashuv yoki yigʻilishni oʻtkazib yuborishingizni kafolatlashning eng yaxshi usullaridan biridir. Tigʻiz kunlarda Galaxy qurilmangizdagi Reminder ilovasini Microsoft hisobingizga sinxronlasangiz, To Do (bajarish lozim) mashgʻulotlar Micrsoft Team, To Do va Outlook dasturlarida aks etadi (va mazkur dasturlardagi yangilanishlar Reminder ilovasiga qayta sinxronlanadi), shunda kompyuterdan yoki mobil telefondan foydalanishingizdan qatʼi nazar, bir xil roʻyxatni koʻrishingiz mumkin boʻladi.

Barchasini birga saqlash

Baʼzida kompyuterdan foydalanib oʻtirganingizda zudlik bilan telefoningizdagi maʼlumotlar kerak boʻlib qolish mumkin. Ish jarayoni uzluksizligini saqlash va boshqa yerga harakatlanmaslik uchun Galaxy qurilmangizdagi Link to Windows ilovasidan foydalaning. Bu Windows kompyuteringizdagi Your Phone dasturiga ulanadi va telefondagi bir qancha ilovalarni kompyuter ish stoliga xuddi telefoningizdagi koʻrinishda osongina yuklashingiz mumkin.*** Bu arzimas oʻzgarishdek tuyulishi mumkin, lekin bu unumdorligingizga katta taʼsir oʻtkaza oladi.

*Mazkur xizmatdan OneNote, OneNote veb versiyasi, Windows 10 uchun moʻljallangan OneNote va Outlook veb versiyasida foydalanish mumkin. Tarmoq yoki Wi-Fi aloqasi talab etiladi. Barcha qurilmalarda bitta Samsung hisobi va Microsoft hisobiga kirilgan boʻlishi lozim.

**Mazkur xizmatdan Microsoft To Do, Teams va Windows 10 uchun moʻljallangan Outlook dasturlarida va veb versiyada foydalanish mumkin. Tarmoq yoki Wi-Fi aloqasi talab etiladi. Barcha qurilmalarda bitta Microsoft hisobiga kirilgan boʻlishi lozim.

***Foydalanuvchilar Galaxy qurilmasini telefondagi Link to Windows va kompyuterdagi Your Phone ilovalari orqali Windows operatsion tizimida ishlaydigan kompyuterga ulashlari, sozlash koʻrsatmalariga, jumladan, bitta Microsoft hisobiga kirish haqidagi koʻrsatmaga amal qilishlari lozim. Link to Windows ilovasi muayyan Galaxy qurilmalariga oldindan yuklangan boʻladi. ”Sizning telefoningiz” dasturi kompyuterda oxirgi Windows 10 yangilanishini talab qiladi. Mazkur ilovalardagi xususiyatlarga koʻra, Galaxy qurilmasining yoniq va kompyuter bilan bir xil Wi-Fi tarmogʻiga ulangan boʻlishi talab etiladi. Ayrim mobil ilovalar kontentni oʻz ekranida ulashish imkoniyatini cheklashi yoki oʻzaro muloqot uchun sensorli ekranni talab qilishi mumkin. Windows 10 operatsion tizimiga ega kompyuterda bir vaqtning oʻzida 5 tagacha boʻlgan bir nechta Android ilovalar ishga tushirilishi mumkin.

Vositalarni qoʻlga kiriting va barchasidan boxabar boʻlib turing

Yanada unumdorroq hayot yaqinlashmoqda. Mazkur qudratli Galaxy qurilmalarini qoʻlga kiriting va hoziroq Micrsoft unumdorlik quvvatidan foydalaning.

Microsoft logo Microsoft logo

Microsoft unumdorlik vositalarini kashf qiling

Telefon va kompyuter oʻrtasida sinxronlanadigan unumdorlik ilovalari toʻplami bilan doimo aloqada va diqqatli boʻling.

Endi ushbu hikoyalarni o‘qing