Kimi va Iri —
o‘z olamlarining yaratuvchilari
Janubiy Koreyadan iqtidorli juftlik: #batafsilnazar
Kimi va Iri (shuningdek @kimi_and_12 nomi bilan mashhur) sershovqin Seuldan provintsial Namxe shahriga ko‘chib o‘tdilar, u erda ular Les Baguettes Hotel ijodiy studiyasini yaratdilar. Katta shaharning taraddudi va xiraligidan uzoqlashib, ular o‘zlarining g‘oyalariga sho‘ng‘idilar va studiya devorlarini o‘zlarining asarlari bilan bezatadilar. Keling, ularning ijodiy hayotining parda ortini ko‘rib chiqamiz va qanday qilib ular g‘oyalarni amalga oshirganlarini va mukammallikka qanday erishganliklariga nazar solamiz.
@kimi_and_12 va ularning rasmlari
Muvaffaqiyatli birlashuv
G‘ayrioddiy juftlik bosiq retro rasmlarga yorqin kontrastlar qo‘shganda o‘z uslubini topdi. Rassomlik asarini kompyuterda ishlov berish bilan to‘ldirgan holda, korgazmachilar Les Baguettes Hotel studiyasining g‘aroyib dunyosini yaratadilar.
“Bizga ijoddagi metamorfozalar yoqadi. Bizning uslubimiz doimiy ravishda rivojlanib bormoqda”
— Kimi
Yangi sahifadan
Juftlik o‘z studiyalarida bo‘sh joyni quvnoq rasmlar bilan to‘ldirib, o‘zlarining parallel realliklarini yaratadilar.
Qog‘ozda boshlaymiz...
Yangi g‘oyalardan ilhomlanib, yoshlar o‘zlarini aqliy hujumga chorlaydilar. Hamkorlikdagi o‘nlab timsollar va xayolotlardan realistik syujetlarga ega yorqin multfilm tasvirlari tug‘iladi. Kimi ravshan akril bo‘yoqlardan foydalanishni yaxshi ko‘radi.
@Kimi_and_12 chizgan rasm
“Uchrashuvimizdan oldin biz retro uslubda ishlardik. Va yaratuvchan tandemga shunga erishdik!”
— Iri
Iri S Pen qalami bilan ishlashga sho‘ng‘igan
Raqamli variantda davom ettiramiz
Kimi o‘zining shoh asarlarini eski uslubda yaratadi va Iri ularni texnologiya yordamida takomillashtiradi. Uning ish bo‘yicha yordamchilari - Notebook 9 Pen va S Pen.