Uydan turib samarali ishlash uchun
muhim tavsiyalar
Uy idorangizni tashkillashtirish uchun tavsiyalar va maslahatlar.
Aql bilan joylashtirilgan ish joyi sizning uy idorangizni tashkillashtirishda yordam beradi.
Uydan turib samarali ishlash uchun qanday qilib uzoq vaqt davomida diqqatingizni jamlash haqida o‘ylab ko‘rishingiz juda muhim hisoblanadi.
Ish joyi dizayni ham uy idorasining muhim qismidir.
Uy idorasiga doir tavsiya: ish joyi dizayni
Yaxshi ish joyini tashkillashtirish borasida ko‘p fikr yuritish kerak. U juda cheklangan bo‘lishi mumkin emas, ishlashingiz uchun ko‘p miqdorda yorug‘lik bo‘lishini ta’minlashingiz zarur. Ko‘zingizni himoya qilishda yorug‘lik aks etishining oldini olish uchun ekranni derazaga 90° burchak ostida joylashtirganingiz yaxshiroq. The Space Monitor kabi monitor modeli kichik joylar uchun juda mos keladi.
Uning o‘zgartiriladigan tagligi tufayli, monitorni xohlaganingizcha yuqori yoki pastroq o‘rnatishingiz mumkin. Agar siz ikkita monitorda ikkita hujjat bilan ishlashga odatlangan bo‘lsangiz, siz 32:9 nisbatli egilgan monitor juda mos keladi. Uning ushbu jihati bir vaqtning o‘zida ikkita hujjatning to‘liq ko‘rinishini saqlash qolishga imkon beradi.
Balandligi sozlanadigan yaxshi ish kursisi qomatni to‘g‘ri ushlab turish va bo‘yin va bel og‘rig‘idan saqlanish uchun muhimdir.
Agar sizning uyingizda baland panel mavjud bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan noutbukingizni u yerga qo‘ying va tik turib ishlashga harakat qiling.
Ish joyingizni sizga ijobiy ta’sir ko'rsatadigan va sizni rag’batlantiradigan narsalar bilan bezashga harakat qiling. Bu sizning bolalaringiz, qiz/yigit do‘stingiz yoki mushuk/kuchukingizning fotosuratlari bo‘lishi mumkin.
Ertasi kuni ertalab toza va ozoda joyda ish boshlashingiz uchun kun oxirida ish joyingizni tozalashingiz muhim hisoblanadi.
Uy idorasiga doir tavsiya: chalg‘itadigan narsalarni kamaytiring
Uydan ishlayotganda, chalg‘itadigan narsalar juda oson ta’sir qiladi. Bularni imkon boricha kamaytirish juda muhim hisoblanadi. Bu stolingizga tegishli bo‘lmagan barcha narsani olib tashlash kerakligini anglatadi.
Ishingizga xalaqit beruvchi tashqi shovqinlardan saqlanishning eng yaxshi yo‘li bu sevimli qo‘shiqlaringizning pleylistidir. Siz texno yoki boshqa turdagi musiqalarni tinglaysizmi, bu muhim emas, asosiysi sizning musiqangiz diqqatingizni jamlashga yordam berishidir. Mukammla kontsentratsiyaga erishishingiz uchun sizga katta hajmli quloqchinlar kerak emas. Galaxy Buds va Galaxy Buds+ aniq va kuchli ovozni taklif qiladi. Shuningdek, ular ish joyingizning katta qismini egallamaydi. Ushbu lichkina quloqchinlarda o‘rnatilgan mikrofon tufayli siz qo‘llarni ishlatmasdan qo‘ng‘iroq qilishingiz va muhim eslatmalarni yozib olishni davom ettirishingiz mumkin.
Uy idorasiga doir tavsiya: belgilangan ish vaqtiga amal qiling
Uydan ishlash juda mashaqqatli. Siz birdaniga millionta narsaga qilishingiz kerak bo‘ladi yoki yaxshi ish ritmiga kirasiz va vaqt tezda o‘tib ketadi. Bunday hollarda muhim narsalarni unutish juda oson. Sayr qilish, o‘zingiz va oilangiz uchun vaqt ajratish sizning ruhiy salomatligingiz uchun juda muhimdir. Shuning uchun ko‘plab tanaffuslarni rejalashtirganingizga ishonch hosil qiling. O‘zingiz uchun vaqt ajrating va oilangiz yoki yaqinlaringiz uchun (shu jumladan uy hayvonlaringiz uchun) belgilangan vaqt oraliqlari mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Galaxy Watch yoki Galaxy Watch Active2 kabi aqlli soatlar sizni uzoq vaqt harakatsizlikdan keyin cho‘zilish yoki mashq qilish vaqti kelganini eslatib, doimiy harakatlanishingizga yordam beradi.
Uy idorasiga doir tavsiya: pijamangizni yig‘ishtiring
Kuningizni tashkillashtiring. O‘zingiz uchun jadval yarating va agar siz ishlamoqchi bo‘lsangiz, xuddi shu jadvalni bajarishga harakat qiling. Albatta, to‘g‘ri nonushta qilish ham muhim. Ammo siz ishga ketayotganday tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak. Shunday qilib, pijamangizni yig‘ishitiring va hech bo‘lmaganda qulay jinsi-shim kiyib oling.
Agar siz post-eslatmalar yoki qilinadigan ishlar ro‘yxati bilan ishlamoqchi bo‘lsangiz, sizning vazifalaringiz haqida aniq tasavvur berishga yordam beradigan turli xil raqamli yordamchilar mavjud. Bixby ilovasi shularning biri.
Ijtimoiy aloqani saqlab qoling. Video konferensiyalar o‘zaro aloqalarni davom ettirish uchun juda mos keladi.
Uy idorasiga doir tavsiya: muntazam tanaffus qiling
Barcha ham uydan ishlashga odatlanmagan. Ko‘pgina odamlar uchun do‘stlar va hamkasblar bilan ijtimoiy aloqaning yo‘qligi jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Muntazam aloqalar nafaqat sizning loyihalaringiz o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun, balki sizning ijtimoiy me’yorda bo‘lishingizni ta’minlash uchun ham muhimdir. Shunday qilib, buni rejalashtirganingizga ishonch hosil qiling. Go‘yalar almashing, uyda ishlash tajribangizni o‘rtoqlashing yoki virtual qahvaxonaga tashrif buyuring. Buning uchun sizdan hamkasblaringiz minnatdor bo‘lishadi va bu siz yaxshi ta’sir qiladi.