2021 yangi yil kashfiyoti: siz salomatsiz
Sizni oʻzgartiruvchi narsalarni qidirish bu 2020-yil. Buning oʻrniga, allaqachon qoʻlga kiritganlaringizni ikki baravarga oshiring.
2020-yil kitobini yopar ekanmiz, barchamiz shunga aminmizki, bu yilni salomat yashab oʻtishning oʻzi, butun boshli muvaffaqiyatdir. 2021-yilni xatolarimizni qidirshdan boshlash oʻrniga, keling, muammolarni yechish ssenariysini orqaga qaytaramiz, diqqatimizni kuchli tomonlarimizga qaratamiz va yangi yilda ularning darajalarini oshirish yoʻllarini topamiz.
Qarorlar qabul qilishni unuting va kashfiyotlar qilishni boshlang
Eng muhimi, Yangi yil qarorlari hulq-atvorni oʻzgartirish haqida boʻlib, ularning uzoq muddatga va sezilarli darajada oʻzgarishi yarim tundagi soat bong urishida sodir boʻlmaydi. Qarorlar bu maqsadlardir, ularning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va koʻzdan gʻoyib boʻlishi oson. Qaroringizga yetisha olmagan lahzangiz muvaffaqiyatsizligingizdir.
Bu yil Yangi yil qarorlarini Yangi yil kashfiyotlariga almashtiramiz. “Bajarishim kerak boʻlgan biror ishni qilmayman” deyish oʻrniga, “Mana bu narsa oʻtgan yilda men uchun yaxshi boʻldi va men buni mana qanday yanada koʻproq qilmoqchiman” deyishimiz mumkin.
Yangiliklar bu siz kundan-kunga qilib boradigan odatlaringizdir. Ularga amal qilish oson, lekin agar bir kun oʻtkazib yuborsangiz, osongina ortqa qaytib qolasiz.
Keling, ayrim umumiy Yangi yil qarorlarini va ularni qanday qilib Yangi yil kashfiyotlariga aylantirish mumkinligini koʻrib chiqamiz.
Shaklga kirish
Kim “shaklga kirish” qarorini yangi yilda bajarmadi? Fitnes eng ommaviy qarorlardan biriva shu bilan birga eng qaygʻulilaridan ham biridir. Birinchi marta koʻngilchanlik qilib bejel yesangiz yoki yugurish kunini oʻtkazib yuborsangiz, 12 oydan keyin qandaydir vaqtda buni qilmoqchi boʻlasiz – siz qaroringizni bajara olmadingiz.
Yangi yil kashfiyotining “shaklga kirish” versiyasi siz 2020-yilda boshlagan va 2021-yilda bu odatni rivojlantirish usullarini topish salomatlik odatlari sifatida koʻriladi. Masalan, “Men 2020-yilda yugurishni boshladim va 2021-yilda Galaxy Watch3 va Samsung Health qurilmalarimdan yugurishimni nazorat qilishda foydalanaman, shu orqali bu odatimni ushlab turish va rivojlantirishim mumkin.”
Farq: Siz hali boshlanmagan faoliyatni topib, uni nega oʻzlashtirmaganingiz uchun oʻzingizni koyish oʻrniga, allaqachon boshlagan odatingizni topdingiz va uni rivojlantirish usulini oʻzlashtirdingiz.
Aqlli sarflang
Jismoniy shaklga kirish kabi deyarli juda keng tarqalgan qaror sizning moliyaviy holatingizni ham yaxshilaydi. Masalan, “Men qanday qilib budjet jamgʻarishni va yangi yilda uni qanday ushlab turishni bilishni xohlayman.” Bu maqsad osongina sinishi mumkin. Hamma vaqti-vaqti bilan biroz koʻp pul sarflaydi, ishga ketishda kofe oladi yoki ogʻir haftadan keyin terapevtik muolaja va bu yaxshi. Tejamkorlikka hech qanday tayyorgarliksiz rioya qilishni kutish haqiqatga mos emas va bu sizni umidsizlikka tushiradi.
Bu maqsadning kashfiyot versiyasi quyidagicha: “2020-yilda pullarimni qanday sarflashim haqida ancha yaxshi tasavvurga ega boʻldim, endi 2021-yilda sarf-xarajatlarimni kuzatib borishni xohlayman.” Oʻtgan yilda tabiiy ravishda ishlab chiqqan moliyaviy sogʻlom odatingizni aniqlab, uni kuzatib borish orqali siz muvaffaqiyatlar rekordini (kuzatib borilgan xarajatlar) yaratasiz va uni davom ettirish istagi odatingizni ijobiy ravishda kuchaytiradi. Bundan tashqari, oldin sarf-xarajatlaringizni (yaxshiroq yoki yomon) bilmasdan, budjet tashkil qilishni boshlay olmaysiz.
Bu odatni qanday qilib saqlash mumkin? Samsung Notes qurilmalaringizni sinxronlaydi va hatto kompyuteringizdagi unumdorlikka oid ilovalar ham. Xarajatlaringizni ilovada kuzatib boring, keyin uyga kelganingizda ularning hammasini budjet jadvalingizga kiriting.
Doʻstlaringiz bilan bogʻlaning
“Men koʻproq vaqtimni doʻstlarim va oilam bilan oʻtkazishni xohlayman” bu odatiy qabul qilinadigan munosabatlar qarori boʻlib, lekin har safar sizga doʻstingiz bilan chuqur va muhim emasdek (barchasida ham emas va bu normal) tuyuladigan munosabatlaringizda siz “yutkazasiz”. Bu sizga va doʻstlaringiz uchun juda koʻp bosim oʻtkazishdir!
Doʻstlar guruhingizni ishlar roʻyxatiga kiritish oʻrniga, quyidagini sinab koʻring: “2020-yilda doʻstlarim bilan koʻplab videomuloqot qildik va men endi uyda qolishimiz shart boʻlmasada, buni davom ettirishni xohlayman.” Siz doʻstlaringiz bilan doimiy yoki takrorlanuvchi video chat rejalashtirishingiz yoki bir-biringiz bilan onlayn oʻynash mumkin boʻlgan ijtimoiy oʻyinlar yordamida virtual oʻyin kechalarini rejalashtirishingiz mumkin.
Doʻstlikni ishlar roʻyxatidagi belgilanadigan bir ish sifatida koʻrish oʻrniga, doʻstlar bilan oson va quvnoq uchrashuvga diqqatingizni qarating va bu kashfiyotni bajarish uchun ketadigan vaqtni intizor kuting.
Xobbi ustida ishlash
Vanihoyat, koʻplab insonlar “Men fotografiyada yaxshiroq boʻlishni xohlayman” kabi yangi xobbi bilan shugʻullanmoqchi. Qaytanga, bu qoʻrqinchli koʻrinishi mumkin boʻlgan munosib, ambitsiyali maqsad. Buni oʻriga, uni boshqariladigan kashfiyotga aylantiring: “2020-yilda uyim atrofida aylanib, bir nechta ajoyib suratlar oldim va men shaharshunoslik fotografiyasida yaxshilardan boʻlishni xohlayman.” Endi siz mutlaqo yangi xobbini bilishga harakat qilmayapsiz, balki qilishni yoqtirgan narsalaringizniolyapsiz va buning yangi usulini oʻrganyapsiz.
Siz faqatgina arxitektura fotografiyasiga oid Instagram sahifasi ochish va doʻstlaringizga namoyish etish orqali bu odatingizni ushlab turishingiz mumkin. Yangi xobbini oʻzlashtirishga urunishdan koʻra, allaqachon sizga qiziq boʻlgan ishni yaxshilayapsiz va buni sizga ijtimoiy mavqe olib keladigan narsaga aylantiryapsiz.