Sizni yuksalish sari ilhomlantiradi
Yangi sinovlarni qabul qilish va yuksalish sari intilish vaqti keldi.
Bu sizning vaqtingiz. Yanada ko'prog'iga, yanada yuksaklikka intilish, o'zgarishlarni va yangi sinovlarni qabul qilish vaqti.
Yuksak inson bo'lib uyg'oning
Yaxshi salomatlik o'zingizni anglashingizdan boshlanadi. Galaxy Watch Ultra kabi aqlli soatdan foydalanib, siz o'z energiya ko'rsatkichingizni1 bilib olishingiz va tungi uyquingiz holati2 va jismoniy salomatligingiz haqida bilib olishingiz mumkin. Bu sizga kunlik jismoniy salomatlik maqsadlaringizni belgilashga yordam beradi. Agarda past ko'rsatkich bo'lsa, u holda trenajyordagi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborish, yuqori ko'rsatkich bilan esa trenajyordagi mashqlaringizni biroz murakkablashtirishni ham o'ylab ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
O'z yutuqlaringizdan xabardor bo'lib turib, motivatsiyaga ega bo'lish yanada oson. Galaxy Watch Ultra soatingizni Galaxy Z Flip6 yoki Galaxy Z Fold6 smartfonidagi Samsung Health ilovasiga ulang va yugurish natijalaringizni real vaqtda kuzatib boring. Kun yakunida esa uyqu natijalaringiz asosidagi uyqu nazorati, uyqu paytidagi yurak urish variativligi va boshqalar yordamida sog'lom uyqu uchun kerakli tavsiyalar bilan tanishib chiqing. O'z salomatligingizni tinglagan holda siz yanada sog'lom qarorlar qilishingiz va yanada faol hayot kechirishingiz mumkin.
Bilim olishda katta qadam tashlang
O'z qiziqishlaringizga quloq soling va yangi imkoniyatlaringiz ustida ishlang — o'zingiz istagan shaxs bo'lish uchun harakatni boshlash vaqti keldi. Kerakli muhitni yaratish esa sizga o'z ishingizga to'liq e'tiborni qaratishga yordam beradi, shuning uchun xonangizni bilim olishga mos muhitga keltirishga nima deysiz? Ko'plab onlayn darslar va manbalar bilan siz o'z tajribangizni talablaringizga moslashtirishingiz mumkin. Balki sevimli musiqa asbobida o'ynashni davom ettirishni istaysiz? Neo QLED 8K televizorida sevimli musiqa asari sahifasini oching va ustozingiz Q Series immersiv saundbari yordamida ijro etayotgan har bir notani tinglang. O'z atrofingizga nazar boqish sizga e'tibordan chalg'imaslikka hamda sizning yuksakligingizni ifodalovchi hayot sari intilishingizga yordam beradi.
Rivojlanish uchun ovqatlanish
Sog'lom ovqatlanish uchun oshxonada ko'p vaqt o'tkazish shart emas. Ko'plab fikrlardan farqli ravishda sog'lom ovqatlanish tez va qulay bo'lishi mumkin. SmartThings Food kabi ilovalar bilan esa siz o'zingiz uchun zarur moddalarga boy sodda retseptlarni izlashingiz mumkin. Bundan tashqari, Samsung oshxona texnikasiga ulanib, siz o'z Galaxy qurilmangizdan taom tayyorlashni rejalashtirishingiz va oldindan isitish paramterlarini sozlashingiz mumkin. Ixtiyoringizdagi turli raqamli qurilmalar yordamida ovqatlanishdagi maqsadlarni belgilash oson va yoqimli vazifaga aylanishi mumkin.
Qayta tiklanish uchun eng mos vaqt. Yangi hunar o'rganish, salomatlikni tiklash yoki avvaliga unitilgan qiziqishlarni yanada yangilash bo'lsin, hozir o'zingiz istagan shaxs bo'lish uchun ayni vaqt.
Endi bu hikoyalarni oʻqing
- Energiya ko'rsatkichi Android telefonlarida (Android 11 yoki undan yangi versiya) mavjud bo'lib Samsung Health ilovasini (6.27 yoki undan yangi versiya) talab etadi. Samsung hisob qaydnomasi talab etiladi. Xizmatning mavjudligi mamlakat va mintaqaga qarab farq qilishi mumkin. Energiya ko'rsatkichini hisoblash uchun Samsung Galaxy Watch (Galaxy Watch4 yoki undan yangi Galaxy Watch Series, Galaxy Fit Series bundan mustasno) yoki Samsung Galaxy Ring yordamida o'lchangan ma'lumotlar Samsung Health ilovasi bilan sinxronlashgan bo'lishi talab etiladi. Kamida avvalgi kun faollik ko'rsatkichlari, avvalgi tun uyqu ko'rsatkichlari va uyqu davomidagi yurak urish tezligi ma'lumotlari talab etiladi. Hech qanday kasallikni aniqlash, diagnostika qilish yoki davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Iltimos, tibbiyot xodimi bilan maslahatlashing.
- Uyquni kuzatish qilish funksiyasi faqat umumiy salomatlik maqsadlari uchun mo'ljallangan. Hech qanday kasallik yoki uyqu buzilishi holatlarini aniqlash, diagnostika qilish yoki davolashda foydalanish uchun mo'ljallanmagan. O'lchovlar faqat sizga shaxsiy ma'lumot taqdim etish uchun taqdim etilgan. Iltimos, tibbiyot xodimi bilan maslahatlashing. Uyqu nazorati uchun kamida 7 kunlik, jumladan 2 dam olish kuni uyqu ma'lumotlari talab etiladi.