SmartThings. Ilovani o'rganing

SmartThings yordamida hayotni oson va sifatli qiling

Har bir kunni mazmunli qiluvchi maslahatlar

Uy haqida insaytlar sizga tavsiyalar beradi, buyumlaringizni kuzatib boradi va qurilmalarni 24/7 rejimida boshqaradi.1,2

Oson bogʻlaning

Sovitkich oldida odam qoʻli SmartThings ilovasi aks ettirilgan Galaxy smartfonini ushlab turibdi. Ilova sovitkich bilan bogʻlanishni taklif qiluvchi kartani koʻrsatyapti. Ilova interfeysi sovitkich ichida ham koʻrinadi. Sovitkich oldida odam qoʻli SmartThings ilovasi aks ettirilgan Galaxy smartfonini ushlab turibdi. Ilova sovitkich bilan bogʻlanishni taklif qiluvchi kartani koʻrsatyapti. Ilova interfeysi sovitkich ichida ham koʻrinadi.

1. Oson va yengil bogʻlaning

Mahsulotga yaqinlashganingizda, roʻyxatdan oʻtishni osonlashtiradigan
qalqib chiquvchi oyna paydo boʻladi.3

Galaxy smartfonida QR kodni skanerlashni taklif qiluvchi SmartThings ilovasi interfeysi koʻrsatilgan. Galaxy smartfonida QR kodni skanerlashni taklif qiluvchi SmartThings ilovasi interfeysi koʻrsatilgan.

2. Bir deganda oila va doʻstlaringizni taklif qiling

SmartThings'ga qoʻshilish uchun shunchaki QR kodni skanerlang.

SmartThings qurilmasiga yaqinlashing. Tezkor pult oynasi qalqib chiqadi va sizga boshqaruv imkonini beradi. SmartThings qurilmasiga yaqinlashing. Tezkor pult oynasi qalqib chiqadi va sizga boshqaruv imkonini beradi.

3. Uyingizni 3D koʻrinishda nazorat qiling

Uyingizni istalgan joydan 3D koʻrinishda kuzating va boshqaring.4

Odam qoʻli televizor oldida Galaxy smartfonini ushlab turibdi. Smartfon SmartThings ilovasining masofadan boshqarish interfeysini aks ettiradi, televizor ekranida esa turli xil kontentlar tanlovi koʻrsatilgan. Odam qoʻli televizor oldida Galaxy smartfonini ushlab turibdi. Smartfon SmartThings ilovasining masofadan boshqarish interfeysini aks ettiradi, televizor ekranida esa turli xil kontentlar tanlovi koʻrsatilgan.

4. Yengillik bilan boshqaring

SmartThings qurilmasiga yaqinlashing. Tezkor pult oynasi qalqib chiqadi
va sizga boshqaruv imkonini beradi.5,6,7

Kundalik yumushlaringizni soddalashtiring

Yangi yumushlarni avtomatlashtiring

SmartThings siz egalik qilgan jihozlar asosida mos yumushlarni avtomatlashtirishni taklif qiladi.9

Foydali yumushlarni ulashing

Mehmonlaringizni oʻylantirib qoʻymang, ularga bir tugma orqali ularga kundalik yumushlaringizni ulashing.10

Endi yanada keng ulanuvchanlikdan zavqlaning

Ichiga oʻrnatilgan SmartThings Hub

Alohida hub kerak emas. Samsung mahsulotlari bilan aqlli uyingizda hammasi boshidanoq sozlangan.11

Maxfiyligingiz. Himoyalangan

Xavotirga oʻrin yoʻq, maʼlumotlaringiz Knox bilan maxfiy va xavfsizdir.

SmartThings'dan ilhom oling

* SmartThings'dan foydalanish uchun ilovani Galaxy Store, Google Play Store yoki Apple App Store'dan yuklab oling. SmartThings ilovasi uchun kamida 3 GB tezkor xotiraga ega Android OS 10↑ yoki iOS 15↑ talab qilinadi. Qoʻllab-quvvatlanadigan OS tafsilotlari va ilova ekrani konfiguratsiyasi ilova yangilanishi bilan oʻzgarishi mumkin.

* Texnologiya, funksiyalar, xususiyatlar va xizmatlarning mavjudligi mamlakat, xizmat koʻrsatuvchi, tarmoq muhiti yoki mahsulotga qarab farq qilishi mumkin va ular ogohlantirilmasdan oʻzgarishi mumkin.

* Barcha qurilmalar Wi-Fi yoki boshqa simsiz tarmoqqa ulangan boʻlishi va yagona Samsung akkauntiga login qilgan boʻlishi kerak.

* SmartThings xususiyatlari va tafsilotlari mahsulot va mintaqaga/mamlakatga qarab farq qilishi mumkin.

* Tasvirlar va ekrandagi kontent namoyish maqsadida simulyatsiya qilingan. Amaldagi foydalanuvchi interfeysi (UI) dastur versiyasiga, modelga, mintaqaga va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin.

* SmartThings'ga ulanishi mumkin boʻlgan maksimal qurilmalar soni har bir joylashuv uchun 300 taga teng. Biroq ulanishi mumkin boʻlgan qurilmalarning maksimal soni foydalanuvchining tarmoq muhitiga qarab cheklangan boʻlishi mumkin. Har bir akkaunt uchun 10 tagacha joylashuvdan, har bir joylashuvdan 20 tagacha xonadan foydalanish mumkin va joylashuvni roʻyxatdan oʻtkazgan administrator har bir akkaunt uchun 20 tagacha aʼzoni taklif qilishi mumkin.

1. Home Insight'ning ayrim funksiyalari hozircha faqat Koreya va AQShda mavjud.

2. Home insight xizmatining obyekt mavjudligiga asoslangan tavsiyalar xususiyati AI modelining qurilmalar va datchiklardan toʻplangan maʼlumotlariga asoslanib, sizning hozir uyda yoki uyda emasligingizni aniqlaydi. Bu funksiya notoʻgʻri natija berishi va model, qurilmalar va versiyalarga qarab farq qilishi mumkin.

3. Bosh ekranda payti yoki SmartThings ilovasi ochiq holatida Samsung Galaxy smartfonlarida ishlaydi va boshqa Android/iOS smartfonlarida SmartThings ilovasi ochiq holatida ishlaydi.

4. Android va iOS qurilmalarida mavjud. Wi-Fi tarmogʻi va Samsung akkauntida login statusi talab qilinadi.

5. Android va iOS qurilmalarida mavjud, ammo Samsung Galaxy smartfonlari sinovdan oʻtgan imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu funksiya boshqa smartfonlarda turli yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlangan boʻlishi mumkin.

6. Yagona qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar 2020-yil yoki undan keyin ishlab chiqarilgan televizorlarning maʼlum modellari va 2024-yil yoki undan keyin ishlab chiqarilgan konditsionerlar, havo tozalagichlar va robot changyutkichlarning ayrim modellari.

7. Avtomatik faollashtirish vaqti foydalanuvchi muhitiga qarab farq qiladi. Tezkor pultning amaldagi foydalanuvchi interfeysi (UI) mintaqa, model va dasturiy ta'minot versiyasiga qarab farq qilishi mumkin.

8. Oldindan belgilangan yumush talab qilinadi va mos qurilmalar SmartThings ilovasida yagona Samsung akkauntida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

9. Mos qurilmalar talab qilinadi va ular SmartThings ilovasida yagona Samsung akkauntida roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

10. Agar ulashilgan yumush qabul qiluvchida mavjud boʻlmagan qurilmani oʻz ichiga olsa, “qoʻllab-quvvatlanadigan qurilmalar mavjud emas” xabari koʻrsatiladi, ammo ular yumushni saqlashi va tahrirlashi mumkin.

11. Ichiga oʻrnatilgan SmartThings Hub'ga ega qurilmalarga quyidagilar kiradi: Samsung televizorlari (2022-yildan keyin chiqarilgan modellar: QN900*/ QN800*/ QN700*/ QN95*/ S95*/ QN90*/ QN85*/ Q80*/ Q70*/ Q60*/ *U8/ The Serif / The Frame / The Sero), Smart monitorlar (2022-yildan keyin chiqarilgan M50* yoki undan keyingi modellar), Soundbar'lar (2022-yildan keyin chiqarilgan HW-Q990* va HW-LS60* modellari), Family Hub sovitkichlari (AQShda 2017-yildan keyingi modellar va Koreyada ishlab chiqarilgan modellar, RH9000 dan tashqari), SmartThings Stations va SmartThings Hubs v2/v3. 2022-yil yoki undan oldingi modellarida Thread va Zigbee qurilmalarini ulash uchun SmartThings Dongle deb nomlangan alohida aksessuar talab qilinadi. 2023-yildan keyingi koʻplab modellarda SmartThings Dongle ichiga oʻrnatilgan boʻlib, alohida aksessuar talab qilmaydi. Iltimos, har bir mahsulot haqida batafsil ma'lumotni tekshiring.

12. Samsungʻning “SmartThings bilan ishlaydi” dasturi tomonidan ulanuvchanligi va mosligi uchun sertifikatlangan.

13. SmartThings Hub maʼlum qurilmalar uchun talab qilinadi.

14. Matter – aqlli uy va IoT (Internet of Things) qurilmalari uchun ochiq ulanuvchanlik standarti boʻlib, u Amazon, Apple, Google va Samsung Electronics kabi yuzlab qurilma ishlab chiqaruvchilarining qurilmalari oʻrtasida oʻzaro muvofiqlikni va moslikni yaxshilash uchun moʻljallangan.

15. HCA: Home Connectivity Alliance global ittifoq boʻlib, aqlli qurilma brendlari uchun umumiy standartlarni yaratib, ularni SmartThings'ga ulash va aqlli uy ekotizimini yaratishni osonlashtiradi. Uning aʼzolari orasida Samsung Electronics, GE Appliances, Haier, Electrolux va LG Electronics kabi 15 ta global maishiy texnika kompaniyalari bor.

16. Qoʻllab-quvvatlanadigan mahsulotlar va funksiyalar brendga qarab farq qilishi mumkin va kengayishda davom etadi. Tafsilotlar uchun SmartThings ilovasidagi “Eslatmalar” boʻlimiga qarang.