Samsung Find


Samsung Find ilovasidan foydalanib qurilmalaringiz va qadrli buyumlaringiz joylashuvini osonlik bilan toping.


Samsung Find sizga va oilangizga yo'qolgan Galaxy smartfonlaringiz, planshetlaringiz, smart soatlaringiz, quloqchinlaringiz, S Pen stiluslari va boshqa qurilmalaringizni osonlik bilan topish imkoniyatini beradi. Shuningdek, u qimmatbaho buyumlaringizga biriktirilgan teglarni kuzatishni osonlashtiradi hamda o'z joylashuvingizni ulashish imkonini yaratadi.

Galaxy Book, Galaxy Tab va Galaxy smartfonlarida Samsung Find oynasi namoyish etilgan. Yo'qotilgan Galaxy S23 qurilmasining so'nngi joylashuvi ko'rsatilgan. Samsung Find ilovasi uchun foydalanish mumkinligini namoyish etish uchun SmartTag, Galaxy Buds va Galaxy Wach qurilmalari ham ko'rsatilgan. Galaxy Watch ekranida "Telefonimni topish" matni, markazdagi qo'ng'iroq belgisi va quyidagi "Boshlash" tugmasi ko'rsatilgan.

Agarda qurilmani yo'qotganimda nima qilishim kerak?

Samsung Find orqali qurilmangiz joylashuvini aniqlang va qulflang yoki ma'lumotlaringizni o'chirib tashlang.

Joylashuv ma'lumotlaringizni ulashing va aloqada bo'ling


Joylashuv ma'lumotlaringizni oilangiz va do'stlaringiz bilan belgilangan vaqtga, jumladan, bir soat yoki bir kunga ulashing. O'z navbatida siz boshqalardan joylashuv ma'lumotini so'rashingiz va bir-biringizni joylashuvingizni tekshirish uchun o'zaro ma'lumotlarni almashishingiz mumkin.

Qurilmani oflayn rejimida ham toping


Samsung Galaxy qurilmalaringizda oflayn topishni faollashtirish orqali siz ularni unutib qoldirish holatlarida aslo xavotir olmaysiz. Internetga ulanmagan taqdirda ham u yoqilgan va oflayn topish faollashtirilgan bo'lsa, uning atrofidagi Samsung Galaxy qurilmalari serverga signal yuborib, izlashni osonlashtirish uchun yo'qolgan qurilmaning joylashuvi haqidagi ma'lumotni taqdim etishi mumkin.3

Qimmatbaho buyumlaringiz joylashuvini belgi va trekerlar yordamida kuzating


Smart Tag yoki buyumlaringizga biriktirilgan boshqa mos trekerlarning joylashuvini bilib olish uchun Samsung Find ilovasini ishga tushiring. Atrofdagi qurilmalar SmartTag ni Bluetooth orqali aniqlashga yordam beradi va ularning taxminiy joylashuvi va haftalik harakatlari tarxini ko'rsatib, buyumlaringizni topish jarayonini osonlashtiradi.4

Foydalanish qoidalari

Samsung Find imkoniyatlaridan to'liq foydalanish usullarini bilib oling

Smartfoningiz yoki planshetingizda Find My Mobile funksiyasini quyidagi usullardan biridan foydalanib faollashtiring.

1-Usul

1-Qadam

Sozlamalarga kiring

2-Qadam

Yuqori menyuda Samsung hisob qaydnomangizni bosing

3-Qadam

"Qurilmalar" bo'limiga kiring

4-Qadam

"Yo'qotilgan qurilmani himoya qilish" ni tanlang

5-Qadam

"Qurilmani topishga ruxsat berish" ni faollashtiring

Smartfoningiz yoki planshetingizda Find My Mobile funksiyasini quyidagi usullardan biridan foydalanib faollashtiring.

2-Usul

1-Qadam

Sozlamalarga kiring

2-Qadam

"Xavfsizlik va maxfiylik" ni bosing

3-Qadam

"Yo'qotilgan qurilmani himoya qilish" ni tanlang

4-Qadam

"Qurilmani topishga ruxsat berish" ni faollashtiring

Samsung hisob qaydnomangizda oflayn qidirishni faollashtirilganingizdan so'ng u foydalanish uchun tayyor.5

 

Smartfonlar

Galaxy S24 | S24+ | S24 Ultra
 

Ilovalar va Xizmatlar


  • Qurilma hamda ekrandagi tasvirlar namuna maqsadida modellashtirilgan
  • Qo'llab-quvvatlash xizmat mamlakat/mintaqa/sotuvchiga qarab farq qilishi mumkin
  • Qo'llab-quvvatlanadigan qurilmalar: Galaxy qurilmalari (Galaxy mobil telefonlari, planshetlari, Tizen OS 5.5 yoki undan yangi versiya yoki Wear OS operatsion tizimiga ega Galaxy Watch soatlari , Galaxy Buds+ va undan yangi quloqchinlar, Galaxy SmartTag/SmartTag+, tanlangan Galaxy Book modellari, S Pen Pro) hamda SmartThings ga ulanishi mumkin bo'lgan boshqa mos SmartTag lar.
  • Samsung Find imkoniyatlari, qo'llab-quvvatlanadigan muhit va xususiyatlari mahsulotga qarab farq qilishi mumkin
  • Samsung Find ilovasini Galaxy Store do'konidan yuklab olish mumkin.
  • Qurilma yoqilgan va Samsung hisob qaydnomasiga kirgan holatda bo'lishi kerak .
  • Oflayn qidirish hozirda kamida Android 8 operatsion tizimiga ega Galaxy smartfonlari va planshetlari, Galaxy Watch3, Galaxy Watch4, Galaxy Watch5 hamda Galaxy Buds Live, Galaxy Buds Pro, Galaxy Buds2 va Galaxy Buds2 Pro hamda Galaxy SmartTag seriyasining barcha turlari tomonidan qo'llab-quvvatlanadi. Qo'shimcha qurilmalar kelajakda qo'shib boriladi.
  • Galaxy Watch va Buds qurilmalaringiz uchun oflayn qidirish funksiyasi Galaxy Wearable ilovasi orqali faollashtirilishi mumkin. Ulangan Galaxy smartfoni yoki planshetining oflayn qidirish sozlamalari sizning Galaxy Watch va Buds qurilmalaringizga ham amal qiladi.
  • Shuningdek, siz qurilmalaringiz joylashuvini topish uchun SmartThings ilovasidagi SmartThings Find funksiyasidan ham foydalanishingiz mumkin. SmartThings Find funksiyasidan foydalanish uchun, Telefonimni qidirish sozlamalaridagi "Ushbu telefonni qidirishga ruxsat berish" sharti faollashtirilgan bo'lishi kerak.
  • Qurilmani Izlash Bo'g'ini sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun siz o'z jolashuv amnzilingizdan foydalanishga hamda Maxfiyli bildirishnomasiga rozilik bildirishingiz kerak
  • Izlash Bo'ginidagi qurilmalar yo'qotilgan qurilmaning aniq joylashuvini ko'rsatmaydi.
  • Soat va quloqchinlar kabi taqiladigan qurilmalarning joylashuvini aniqlash uchun ular Galaxy Wearable ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak
  • Samsung Find ilovasida ro'yxatdan o'tkazilgan qurilmalarning joylashuvini Xitoydan tashqari barcha mamlakatlarda aniqlash mumkin. (Gongkong va Tayvan qo'llab-quvvatlanadi).
  • Telefonimni qidirish funksiyasining mavjudligi qurilma modeli va operatsion tizimga qarab farq qilishi mumkin
  1. "So'nggi joylashuvni yuborish" shartini faollashtirish tartibi : Sozlamalar > Samsung hisob qaydnomasi > Qurilmalar > Yo'qotilgan qurilma xavfsizligi > "So'nggi joylashuvni yuborish" shartini faollashtirish.
  2. Mazkur funksiya Samsung Finf veb sahifasida qo'llab-quvvatlanadi.
  3. Samsung Galaxy smartfoningiz yoki planshetingizda oflayn qidirish funksiyasini faollashtirganingizda, u avtomatik tarzda sizning ulangan Galaxy Watch soatingiz va quloqchinlaringizga amal qilishi mumkin.
  4. SmartTaf va boshqa mos trekerlarda joylashuvni qidirish funksiyasidan foydalanish uchun, ular SmartThings ilovasida ro'yxatdan o'tkazilganligiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, siz ularni Samsung Find ilovasidan foydalangan holda SmartThings ilovasida qulay tarzda ro'yxatdan o'tkazishingiz mumkin.
  5. Faqat Sozlamalar > Samsung hisob qaydnomasi > Qurilmalar > Yo'qotilgan qurilma xavfsizligi > Mazkur qurilmani qidirishga ruxsat berish bo'limidagi "Mazkur telefonni qidirishga ruxsat berish" sharti yoqilgan holdagina oflayn qidirish funksiyasini faollashtirish mumkin.