Samsung kir yuvish mashinasidagi 4E, 4C, E1 xatolar
Nima yuz berdi
Kir yuvish mashinasi ekranida xato xabari paydo bo'ldi
«4E»,
«4C»,
yoki «E1».
Displeysiz modellarda barcha yuvish rejimlari yonib qoladi + pastki harorat ko'rsatkichi ko'rsatiladi.
Bu xato nima degani
Suv mashinaga quyilmayabdi.
Nima uchun xatolik yuz berdi
Xato paydo bo'lishining sabablari bir nechta bo'lishi mumkin:
- Mashinaga kelgan suv krani yopiq;
- Uyda sovuq suv yo'q, yoki bosim juda past;
- Suv otadigan shlang egilgan, yoki siqilgan — shlang orqali mashina suv oladi;
- Suv filtri ahlatga tolgan;
- Suv mashinadan mustaqil ravishda oqib ketyabdi.
Nima qilish kerak
Kir yuvish mashinasini yana bir marta ohirgi ishlatgan regimda ishga tushiring va mashinani ishga tushirgandan so'ng, suv tushayotganini ovozi eshitiladimi-yo'qmi tekshiring.
Suv oqimining ovozi eshitildi
Agar siz suv ovozini eshitsangiz, lekin mashina hali ham xato qilsa:
-
tanlangan yuvish rejimi uchun mashinada juda ko'p kir solgansiz,
Har bir yuvish rejimi uchun maksimal kir yuvish haqida ma'lumot foydalanuvchi yo'riqnomasida, "Foydalanish" bo'limida yoki "Kir yuvish bo'yicha ko'rsatmalar"da keltirilgan.
-
barabanga yuklangan narsalar juda ko'p suvni shimadi. Yostiq, adyol va boshqalar.
Mashinani yuvish uchun ma'lum miqdorda suv quyiladi. Agar narsalar rejalashtirilgan suvdan ko'proq so'rasa, kir yuvish mashinasida uning darajasi kamayadi. Sensor buni aniqlaydi va mashina xato ko'rsatadi.
Agar kirlar oz yuklangan bo'lsa va ko'p suvni emiradigan narsalar bo'lmasa, suv bosimini shlangidan tekshiring. Agar bosim zaif bo'lsa, xato paydo bo'ladi. Bunday holda, santehnikka murojaat qiling.
MAVZU BO'YICHA:
Suv tortish ovozi yo'q
Agar yuvish boshlangandan keyin suv tortish ovozi kelmasdan moshina xato ko'rsatsa, demak:
-
Kir yuvish moshinasining suv berish krani ochiqligiga amin bo'ling.
-
Uyda sovuq suv borligiga amin bo'ling. Buning uchun sovuq kranini ochib ko'ring. Agar suv yo'q bo'lsa yoki suv bosimi sust bo'lsa - santexnikga murojaat qiling. Kir moshina suvsiz kir yuvishni boshlay olmaydi.
-
Agar kran ochiq va uyda suv bor bo'lsa, suv tortish ichagi orqali suv bosimini tekshiring.
MAVZU BO'YICHA:
-
Agar bosim kuchli bo'lsa:
A. To'r-suzgichni chiqaring va tozalang.
B. To'kish ichagi to'g'ri ulanganligiga amin bo'ling: moshinadan chiqib hamon pastga tushishi kerak. Agar ichak noto'g'ri joylashgan bo'lsa suv moshinadan to'kilishni boshlaydi va moshina xatoni ko'rsatadi.
MAVZU BO'YICHA:
C. Boshqaruv bo'limini qayta ishga tushirish uchun moshinani taksimchadan 15 daqiqaga uzing.
D. Moshinani taksimgacha ulang va o'sha yuvish usulida yurgizing.
E. Agar xato chiqmasa - moshinani ishlatishingiz mumkin, moshina joyida. Agar xato paydo bo'lsa - qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Agar bosim sust bo'lsa:
Santexnikga murojaat qiling. Moshina sust bosim bilan kir yuvishni boshlay olmaydi.
Agar bosim yo'q bo'lsa:
A. Ichakni ikkinchi tumshug'ini vodoprovod quvuridan burab chiqaring va unga suv quyib ko'ring.
B. Agar suv ichakdan o'tsa, suv berish krani va vodoprovod quvurini tekshirtirish uchun santexnikga murojaat qiling.
Aga ichakdan suv o'tmasa - u ifloslangan. Yangi ichak sotib oling yoki eskini kuchli suv oqimi tagida yuvoring.